Fluktuatsiya (lot. fluctuatio tebranish) — fizik kattaliklarning o`z o`rtacha qiymatlaridan tasodifiy og`ishi. Tasodifiy omillarga bog`liq bo`lgan har qanday kattaliklarda fluktuatsiya sodir bo`ladi. Statistik fizikada fluktuatsiya tizim zarralarining issiklik harakati tufayli vujudga keladi. Broun harakati mayda zarralarga muhit molekulalari ko`rsatayotgan bosimning fluktuatsiyalari natijasida sodir bo`ladi. Fluktuatsiya fizik o`lchashlar aniqligini chegaralab qo`yadi, radiopriyomniklarda shovqin hosil qiladi. Shuning uchun statistik fizika, radiotexnika va h.k. larda fluktuatsiyalar hisobga olinadi. Fluktuatsiya har qanday tasodifiy jarayonlarga tegishli.
Do'stlaringiz bilan baham: |