3.SPORT MAKTABLARI FAOLIYATINI HAMDA SPORT MAKTABLARI tRENYERLARI VA MUTAXASSISLARI MEHNATINI MODDIY RAG‘BATLANTIRISH TIZIMINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH TO‘G‘RISIDA - 3.SPORT MAKTABLARI FAOLIYATINI HAMDA SPORT MAKTABLARI tRENYERLARI VA MUTAXASSISLARI MEHNATINI MODDIY RAG‘BATLANTIRISH TIZIMINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH TO‘G‘RISIDA
- Bolalar va yoshlarning maktabdan tashqari sport ta’limi tizimini yanada takomillashtirish, sport zaxirasi va yuksak mahoratli sportchilar tayyorlash, trenyerlar va mutaxassislar mehnatini ularning tarbiyalanuvchilari yuqori sport natijalarga erishganligi uchun rag‘batlantirishni kuchaytirish maqsadida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 27-yanvardagi PQ-1271-son qarori bilan tasdiqlangan “Barkamol avlod yili” Davlat dasturiga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bolalar sporti obyektlaridan foydalanish samaradorligini oshirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2010-yil 5-maydagi PQ-1332-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
- 1. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasidagi sport maktablari asosiy faoliyati bolalar, o‘smirlar va yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishga keng jalb etishga, sport zaxirasi va yuqori mahoratli sportchilarni tayyorlash bo‘yicha o‘quv-mashq jarayonini samarali tashkil etishga yo‘naltirilgan maktabdan tashqari sport-ta’lim muassasalari hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan sport maktablari to‘g‘risida - O‘zbekiston Respublikasidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan sport maktablari to‘g‘risida
- NIZOM
- I. Umumiy qoidalar
- 1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan sport maktablarini (keyingi o‘rinlarda sport maktablari deb ataladi) tashkil etish va ularning faoliyat ko‘rsatishi tartibini belgilaydi.
- 2. Sport maktablari asosiy faoliyati bolalar, o‘smirlar va yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb etishga, sport zaxirasi va yuqori mahoratli sportchilar tayyorlash bo‘yicha o‘quv-mashq jarayonini tashkil etishga, shuningdek sport turlari bo‘yicha sport tayyorgarligi mutaxassislari o‘rtasida kasbiy tajribani almashishga yo‘naltirilgan maktabdan tashqari sport-ta’lim muassasalari hisoblanadi.
- 3. Sport maktablari o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, ushbu Nizomga, shuningdek o‘z ustavlariga amal qiladi.
- 4. Sport maktablari yuridik shaxs hisoblanadi, o‘z ustaviga, mustaqil balansiga, Moliya vazirligining G‘aznachiligida va uning hududiy bo‘linmalarida shaxsiy hisob raqamlariga, o‘z nomi ko‘rsatilgan muhrga, burchakli shtampga, o‘z nomi yozilgan blankalarga ega bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |