Siqilgan havoda ishlovchi bolg‘alarning tuzilishi va ishlashi. 9.3-
rasmda bu bolg‘aning umumiy ko‘rinishi va ishlash sxemasi keltirilgan.
Bu rasmdan ko‘rinadiki, uning ikkita silindri bo‘lib, bulardan biri kompressor silindri 9 bo‘lsa, ikkinchisi ish silindri 12, ular siqilgan havoni taqsimlovchi mexanizmlari 6, 7 orqali bog‘langan. Kompressor silindridagi porshen 13 ga ilgarilanma-qaytma harakat elektr dvigatel 11 , reduktor 9 va krivoship-shatun mexanizmi 14 orqali uzatiladi. Kompressor porsheni 13 pastga harakatlanganda uning tagidagi siqilgan havo taqsimlovchi mexanizmi 6 orqali ish silindri porsheni 12 tagiga o‘tib, uni yuqoriga ko‘taradi va aksincha porshen 13 yuqoriga harakatlanganda siqilgan havo taqsim lovchi mexanizm 7 orqali ish silindridagi porshen 12 ning yuqorisiga o‘tib, uni pastga yurgizadi. Bunda u bilan bog‘langan baba 15 boyoq pastga xarakatlanib, pastki boyoq 4 ustidagi zagotovkani zarblaydi. Zarur bo‘lsa, ustki boyoqniq havo taqsimlovchi mexanizm yordamida ko‘tarilgan yoki tushirilgan holda saqlash mumkin. Bu bolg‘alarda tushuvchi qismlar massasi 75—1000 kg gacha bo‘lib, minutiga 95 -225 marta zarb bera oladi. Shu boisdan bu bolg‘alardan mayda pokovkalar olishdagina foydalaniladi .
9.3-rasm. Pnevmatik bolg‘a:
a - umumiy ko‘rinishi; b - ishlash sxemasi; 1- pedal; 2- shabot; 3- yostiqcha;
4- pastki boyoq; 5 -ustki boyoq; 6, 7 - havo taqsimlovchi mexanizm; 8 - ish silindri; 9 - kompressor silindri; 10 - reduktor; 11- elsktr dvigatel;
12 -ish silindri porsheni; 13 –kompressor porsheni; M - krivoship-shatunli mexanizm; 15 — baba.
9.3. Bolg‘alash yo‘li bilan pokovka olish texnologiyasining xususiyatlari.
Buning uchun avvalo olinuvchi detal chizmasi asosida pokovkaning
chizmasi chiziladi. Bunda soddalashtirish bilan mexanik ishlovga belgilangan qo‘yim, nominal o‘lchamlar, dopusk qiymatlari hisobga olinadi.
Unga ko‘ra tegishli o‘lchamli zagotovka tanlanadi. 9.4-rasmda misol sifatida pokovka chizmasi asosida (tegishli nominal o‘lchamlar dopusklar, qo‘yim qiymatlari va qoldirmalar ko‘rsatilgan). Pokovka uchun quymalar olinsa, unda zagotovka massasini quyidagi formula bo‘yicha aniqlasa bo‘ladi. Bu yerda Gnok - pokovka massasi, kg; Gkes- quymaning yuqori va tag qismida kesib tashlanadigan nuqsonli joylar massasi, kg. Odatda, po‘lat quymalarda nuqsonli joyi quyma massasining 14-30 foizini, tag qism 4-7 foizini ishg‘ol etadi; Gkuy -metallni qizdirishda kuyindiga o‘tadigan massasi, kg (alangali pechlarda qizdirish da massasining 2-3 foiz miqdorda olinadi);
Gtk - texnologik kesindilar. Odatda, oddiy shaklli pokovkalar uchun 5-10
foiz murakkab shaklli pokovkalar olishda quyma massasining 10-30
foizigacha belgilanadi. Agar pokovka mayda va o‘rtacha bo‘lsa, yuqorida qayd etilganidek, zagotovka sifatida tegishli o‘lchamli sortament olish uchun uning o‘lchamlari belgilanadi. Pokovkani olish uchun zagotovkani ishlov
operatsiyalar ketma-ketligi, ishlov rejimlari belgilanib, ular texnologik
kartada qayd etiladi. 118-rasmda texnologik iuqtai nazardan ma’qul va noma’qul pokovka shakllariga misollar keltirilgan.
Bu pokovkani olish uchun yuqorida qayd etilganidek, avvalo pokovka
hajmini topamiz. Buning uchun uni V1, V2, V3 va V4 elementar hajmlarga
ajratib, hajmlarini alohida-alohida aniqlab, so‘ngra ularni qo‘shib, pokovkaning to‘la hajmini topamiz. Bizning misolimizda to‘la hajm VT= 15150 sm3 bo‘ladi deylik, keyin pokovka massasini topamiz:
Gnok = VT u =15150-7,8 =118,2 kg.
Bu yerda u — po‘lat zichligi, g/sm3.
9.4-rasm. Tirsakli val pokovkasini olish sxemasi:
a — p o k o v k a ch i zm a s i ; b — i sh l o v b ye r i sh d a gi t i sh l a r
9.5 rasm. Pokovkalar shakllariiing to‘g‘ri va noto‘g‘ri tanlanishiga misollar:
a — m a’ qu l ; b — n o m a’ qu l
Do'stlaringiz bilan baham: |