9-mavzu. Mehnat resurslari bilan ta’minlanganlik va mehnat unumdorligi tahlili



Download 19,62 Kb.
Sana04.11.2022
Hajmi19,62 Kb.
#860525
Bog'liq
9.1.Xo’jalik yurituvchi sub’ektda mehnat resurslaridan foydalanish va mehnat unumdorligi tahlilining maqsadi, vazifalari va axborot manbalari


9-MAVZU. MEHNAT RESURSLARI BILAN TA’MINLANGANLIK VA MEHNAT UNUMDORLIGI TAHLILI

    1. Xo’jalik yurituvchi sub’ektda mehnat resurslaridan foydalanish va mehnat unumdorligi tahlilining maqsadi, vazifalari va axborot manbalari

    2. Xo’jalik yurituvchi sub’ektning mehnat resurslari bilan ta’minlanishini tahlili

    3. Mehnat resurslarining harakati va qo’nimsizligini tahlili

    4. Mehnat resurslarining ish vaqtidan foydalanishini tahlili

    5. Mehnat resurslaridan samarali foydalanish ko’rsatkichlari va ularning mahsulot(ish, xizmat)lar hajmiga ta’sirini omilli tahlili



    1. Xo’jalik yurituvchi sub’ektda mehnat resurslaridan foydalanish va mehnat unumdorligi tahlilining maqsadi, vazifalari va axborot manbalari.

“Yangi ish o‘rinlari tashkil etish, bandlikni ta’minlash va aholi daromadlarini oshirish masalalari doimo e’tiborimiz markazida bo‘lib qolmoqda.
Ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha mintaqaviy dasturlarning amalga oshirilishi natijasida 2013-yilda qariyb 970 ming kishi ish bilan ta’minlandi. Bu ish o‘rinlarining 60,3 foizdan ortig‘i qishloq joylarda yaratildi. Bu borada kichik korxonalar, mikrofirmalar va yakka tartibdagi tadbirkorlikni rivojlantirish evaziga 480 mingdan ortiq, kasanachilikni kengaytirish hisobidan esa 210 mingdan ziyod ish o‘rni tashkil etildi”.1
Mehnat resurslari mahsulot(ish, xizmat)lar ishlab chiqarishning muhim omili sanaladi. Hatto fan texnikasi rivojlangan mamlakatlarning ishlab chiqarishida ham inson omilining ishtiroki zarur. Shu boisdan, xo’jalik yurituvchi sub’ektda mehnat resurslarining tahlili olib borilib, ular yuzasidan samarali boshqaruv qarorlari qabul qilinadi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning xodimlar bilan ta’minlanishi va ulardan samarali foydalanish ko’rsatkichlarini omilli o’rganish, mutlaq va nisbiy ko’rsatkichlarining dinamik o’zgarishiga baho berish hamda boy berilgan imkoniyatlar yuzasidan tavsiyalar tayyorlash tahlilning maqsadi hisoblanadi.
Yuqorida bildirilgan fikrlarga binoan, xo’jalik yurituvchi sub’ektda mehnat resurslaridan foydalanish va mehnat unumdorligi tahlilining vazifalari bo’lib quyidagilar sanaladi:
- mehnat resurslari bilan ta’minlanganligiga baho berish;
- ish vaqtidan foydalanish jarayonini tahlil etish;
- mehnat resurslaridan samarali foydalanish ko’rsatkichlarini omilli o’rganish;
- xodimlar qo’nimsizligiga baho berish;
- mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarish hajmiga mehnat omillarining ta’sirini aniqlash;
- mehnat resurslari tahlili bo’yicha mavjud va boy berilgan imkoniyatlarni aniqlab, takliflar tayyorlash...
Xo’jalik yurituvchi sub’ektning mehnat resurslarini tahlilida axborot manbalari bo’lib, biznes reja ma’lumotlari, “Mehnat hisoboti” (1-T statistik hisobot shakli) va boshqalar hisoblanadi.


1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2013-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2014-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi. 18.01.2014.



Download 19,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish