Nizoning turlari va ularning urni
Jamoa a'zolari orasida nizolarning ko’pchiligi quyidagi sabablar tufayli sodir bo’ladi:
Resurslarni taqsimlashdagi adolatsizlik.
Vazifalarning o’zaro bog’liqligi.
Maqsadlardagi har hillik.
Erkinlik, mustaqillik va o’zaro qadrni bilishdagi har hillik.
Manmanlik, qaysarlik.
Kommunikatsiya - o’zaro aloqaning qoniqarsizligi.
Nizolarning asosan turt hili ko’p uchrab turadi
Nizolar turlari
Ichki shaxsiy nizo
Shaxslararo nizo
Shaxs va guruh o’rtasidagi nizo
Guruhlararo nizо
ochik nizolar
yopik nizolar
obеktiv nizolar
subеktiv nizolar
konstruktiv nizolar
dеstruktiv nizolar
simmеtrik nizolar
assimmеtrik nizolar
Ichki shaxsiy nizo bir kishining o’ziga bir-biriga zid topshiriqlar berilib, rahbarning pirovard talabi bir-biriga mos kelmay, bajaruvchi bunday holda nima qilishini bilmay xunob bo’lgan hollarda vujudga keladi.
Shaxslar o’rtasidagi nizo ko’p hollarda ularning u yoki bu masalaga bo’lgan nuqtai nazarining mos tushmasligi, rahbarlar o’rtasida resurslarni taqsimlash, xodimlar bilan rahbar o’rtasida ish sharoitini qoniqarsizligi kabilar yuzasidan vujudga kelishi mumkin.
Ochiq nizolar odatda qarama-qarshi tomonlarning kuz oldida, Tug’ridan-Tug’ri vujudga keladi. Ular tuqnashish sodir bulgunga kadar tulik yetilgan bo’ladi. Bunday nizolar rahbariyat nazorati ostida turganlingi sababli korxona uchun unchalik xavf tugdirmaydi va ularni boshqarish oson kechadi.
Yopik nizolar uta xavflidir. Bunday nizolarni asta-sekin, belgilangan fursatda portlaydigan minaga uxshatsa bo’ladi. Agar nizo hali «yetilmagan» yoki ularni odamlar nigoxidan yashirilsa, boshqacha qilib aytganda nizo kishilar «ichida» bo’lsa, bilingki, bu nixoyat xavfli va uni boshqarish juda kiyin.
Obektiv nizolarga korxonaning rivojlanish jarayonida yuzaga chiqadigan real kamchiliklar va muammolar bilan bog’liq nizolar kiradi. Bu nizolar amaliy nizolar bo’lib ishlab chiqarishni rivojlantirish, rahbarlik uslubini takomilashtirish, korxonada normal «ruxiy iklim» ni yaratish uchun xizmat qiladi.
Subektiv nizolarga kishilarning u yoki bu vokelikka bo’lgan shaxsiy fikrlarining turlichaligi oqibatida vujudga keladigan nizolar kiradi. Bu nizolar tabiati boyicha xis-tuyguga, xissiyotga berilish, kizikkonlik oqibatida yuzaga chiqadi.
Konstruktiv nizolar korxona maqsadiga muvofiq uzgarishlar qilinishi, oqibatda esa nizo chiqadigan obekt (sabab)ni bartaraf etishni nazarda tutadi. Agar nizo hech qanday asosga ega bulmasa, unda bu nizo destruktiv nizo deb yuritiladi. Bunday nizolar xodimlar o’rtasidagi munosabatlarni barbot etadi, sungra ishlab chiqarish jarayonini, boshqaruvchilarni izdan chiqarish payida bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |