9-mavzu. Korxonada xodimlar va mehnatga haq to’lash



Download 302 Kb.
bet1/13
Sana05.06.2022
Hajmi302 Kb.
#637432
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
9-MAVZU. KORXONADA XODIMLAR VA MEHNATGA HAQ TO’LASH — копия

9-MAVZU. KORXONADA XODIMLAR VA MEHNATGA HAQ TO’LASH




9.1. Корхонaнинг ходимлaр сaлоҳияти

Zamonaviy korxonalar faoliyatida mehnat qurollari va mehnat predmetlaridan tashqari xodimlar ham katta ahamiyatiga ega. Aynan xodimlar ishlab chiqarishni boshqarib, joriy va istiqboldagi rejalashtirishni amalga oshiradilar hamda ishlab chiqarish vositalarini foydalanishga kiritadilar. Xodimlarning kasbiy malakasi qanchalik yuqori bo’lsa, korxonalarning iqtisodiy va ishlab chiqarish ko’rsatkichlari shunchalik yaxshi bo’ladi.

Korxonaning “mehnat resurslari”, “xodimlar”, “personal” tushunchalarini, garchi, ular o’rtasida majoziy ma’noda aytganda “xitoy devori” yo’q bo’lsa hamda ular xodimlar salohiyatini shakllantirish va ulardan foydalanishda bir xilda qo’llansa-da, bir-biridan farqlash lozim.

Salohiyat (potentsial) tushunchasining o’zi lotin tilidan olingan bo’lib (potentia), imkoniyat, kuch-quvvat, yashirish, imkoniyat ma’nosini anglatadi. Lug’at va qo’llanmalarda u mavjud va harakatga keltirilishi, ma’lum bir maqsadlarga erishish uchun foydalanish mumkin bo’lgan vosita, zaxira, manba deb ko’rsatilgan.

Xodimlar salohiyati – mehnat resurslarining umumiy soni va jinsi, yoshi, ma’lumoti, kasbiy ko’nikmalari, korxonaning u yoki bu bo’g’inlarida va jamoatchilik ishlab chiqarishida qatnashishi bilan ifodalanuvchi mehnat resurslari yoki imkoniyatlarini ifodalaydi. Xodimlar salohiyati jamiyat mehnat salohiyatining tarkibiy qismidir (6-ilova).


Korxona mehnat salohiyati biror ko’zda tutilgan ishni (faoliyatni) ma’lum bir vaqtda bajarishga qodir bo’lgan turli malakaga ega barcha ishchi va xizmatchilar majmuasidir. Tahlil qilish uchun uni natural va qiymat ko’rsatkichlarida ifodalash lozim. Bu uning tarkibida namoyon bo’ladi.
Xodimlar korxonada mehnat bilan band bo’lgan hamda korxona shaxsiy tarkibiga kiruvchi turli kasbiymalakaviy guruhlardagi xodimlar majmuasidir. Korxonaning mehnat resurslari uning ishchi kuchini tavsiflaydi. Korxona personali doimiy va yollanib ishlovchi, malakali va malakasiz barcha xodimlardan iborat bo’lgan shaxsiy tarkibni izohlaydi.
Ishlab chiqarishdagi asosiy “shaxs”, iqtisodiyot nazariyasida talqin qilinishicha, ishchi kuchi - insonning mehnat qilishga jismoniy va aqliy qobiliyatlari hisoblanadi. Bozor munosabatlari sharoitlarida mehnat qobiliyati, ishchi kuchini tovar holiga keltiradi. Biroq bu oddiy tovar emas. Uning boshqa tovarlardan farqi shundaki, birinchidan, u o’z qiymatidan ortiq bo’lgan qiymat yaratadi, ikkinchidan, uni jalb qilmasdan biron-bir ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish mumkin emas, uchinchidan, asosiy fondlar va aylanma mablag’lardan samarali foydalanish darajasi, xo’jalik yuritish iqtisodiyoti ko’p jihatdan unga bog’liq bo’ladi.
Korxonalarda ishchi kuchi va umuman xodimlar salohiyatidan samarali foydalanishga quyidagi omillar ta’sir ko’rsatadi: xodimlarning moddiy manfaatdorligi, atrof-muhit, aqliy, jismoniy va asablar kuchlanishi, boshqarish usullari va hokazolar. Ayniqsa, mehnat uchun ijtimoiy sharoitlar yaratish muhim ahamiyat kasb etadi.
Korxona personali yoki xodimlar tarkibi va uning o’zgarishi ma’lum bir sifat, miqdor va tuzilmaviy tavsiflarga ega bo’lib, ulardan faoliyatni rejalashtirish va hisobga olishda foydalaniladi. Korxona xodimlarining ro’yxat bo’yicha tarkibi zamonaviy tasnifi bo’yicha quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- sanoat-ishlab chiqarish personali (S.ICh.P) – asosiy va yordamchi tsexlar, zavod boshqaruvi, laboratoriya, ilmiy-tadqiqot va tajriba-loyihalashtirish bo’limlari (IT va TL.I), hisoblash markazi xodimlari;
- noishlab chiqarish personali – uy-joy, kommunal va yordamchi xo’jaliklarda, sog’liqni saqlash, profilaktika va ta’lim muassasalarida faoliyat yurituvchi xodimlar;
- rahbarlardirektor, direktor o’rinbosarlari, bosh mutaxassislar, bo’lim va xizmat boshliqlari, ya’ni muhandis-texnik personal (MTP);
- xizmatchilar – hujjatlarni tayyorlash, hisob-kitob va nazorat qilish, xo’jalik xizmati xodimlari (agentlar, g’aznachilar, ish yurituvchilar, kotiblar, statistlar va hokazo).
Korxona S.ICh.Pning asosiy va ko’p sonli qismini ishchilar tashkil qilib, ular mahsulot ishlab chiqarish (xizmat ko’rsatish, ish bajarish), ta’mirlash va uskunalarga xizmat ko’rsatishda (ta’mirlovchi ishchilar) qatnashadilar, mehnat predmetlarini tashish va mahsulot tayyorlashni amalga oshiradilar (transport ishchilari), qurilish-ta’mirlash ishlarini bajaradilar (quruvchi-ishchilar).
Xodimlar soni deganda korxonada band bo’lgan barcha ishchi va xizmatchilarning umumiy soni tushuniladi1. Bu ikki ko’rinishda bo’ladi:
1. Ro’yxatdagi xodimlar soni.
2. Ishga kelgan xodimlar soni.
Ro’yxatdagi xodimlar soni deganda korxona ro’yxatiga kiritilgan doimiy, mavsumiy va vaqtinchalik ishlaydigan hamda shu korxonadan maosh oladigan barcha xodimlar tushuniladi. Bularning tarkibiga quyidagilar kiradi:
1) haqiqatda ishlayotganlar;
2) vaqtincha xizmat safarida, navbatdagi mehnat ta’tilida, dekret ta’tilida yurganlar;
3) kasalligi tufayli ishga kelmaganlar, davlat va ijtimoiy tashkilotlar topshiriqlarini bajarish maqsadida boshqa ishni qilayotganlar; ma’muriyat ruxsati bilan kelmaganlar, bayram va dam olish kunlari ishlaganligi uchun ta’tilda yurganlar, sababsiz ishga kelmaganlar.
Bulardan tashqari qishloq xo’jalik ishlariga vaqtincha jalb qilinganlar, malaka oshirishda o’qiyotganlar, o’qish uchun ta’tilga chiqib, navbatdagi sessiyasini topshirayotganlar ham shu korxonada vaqtincha ishlamasa-da, uning ro’yxatdagi xodimlar soniga kiradi.
Shunday xodimlar borki, ular shu korxonada ma’lum darajada faoliyat ko’rsatadi, ammo ro’yxatdagi xodimlar soniga kirmaydi. Bular jumlasiga shu korxonada ishlab chiqarish amaliyotini o’tayotgan, lekin ishga qabul qilinmagan oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlari talabalarini, korxonaning asosiy faoliyati bilan bog’liq bo’lmagan ishni bajarishga 5 kungacha qabul qilingan xodimlarni, shu korxonada o’rindoshlikda ishlayotganlarni va boshqa shunga o’xshash toifadagi xodimlarni kiritish mumkin.
Amaliyotda, ayniqsa, tahlil qilishda o’rtacha ro’yxatdagi xodimlar soni degan ko’rsatkich ham ishlatiladi. Bu bir oyga, bir chorakka, yarim yilga, to’qqiz oyga va bir yilga hisoblanishi mumkin. Ushbu ko’rsatkichni aniqlash uchun korxonadagi ro’yxatdagi xodimlar sonining har bir kunligini qo’shib, hisoblanayotgan davrdagi taqvim kunlari soniga bo’lamiz. Masalan, bir oylik o’rtacha ro’yxatdagi xodimlar sonini topmoqchi bo’lsak, shu oy mobaynida dam olish va bayram kunlarini ham qo’shgan holda ro’yxatdagi xodimlarning har kunligini jamlab chiqamiz va chiqqan natijani shu oydagi taqvim kunlari soniga bo’lamiz.
O’rtacha ro’yxatdagi xodimlar sonini bir chorak muddatga aniqlash uchun uch oylik o’rtacha ro’yxatdagi xodimlar sonini qo’shib, uchga bo’lish kifoya. Olti oylikni topish uchun olti oylik o’rtachani qo’shib, oltiga bo’linadi va h.k.
Ushbu ko’rsatkich korxonada tahlil qilinayotgan davrda mehnat unumdorligining darajasini va boshqa samaradorlik bilan bog’liq ko’rsatkichlarni aniqlash uchun qo’llaniladi.
Ishga kelgan xodimlar soni bir taqvim kunida faqat ishga kelgan xodimlardan iboratdir. Agar shu korxonaning ro’yxatida bo’lsa-da, u yoki bu sabab bilan ishga kelmasa, ishga kelgan xodimlar soniga qo’shilmaydi. Bu ko’rsatkichlar ham o’rtacha bir oy, bir chorak, yarim yil, to’qqiz oy va bir yilga hisoblanishi mumkin.
Bir oylik o’rtacha ishga kelgan xodimlar sonini topish uchun har ish kunida ishga kelgan xodimlar sonini qo’shib, shu oydagi ish kunlariga bo’lish kifoya. Agar ushbu ko’rsatkichni bir chorakka topish lozim bo’lsa, o’rtacha arifmetik usuldan foydalanib, uch oylik o’rtacha ishga kelgan xodimlar soni qo’shib uchga bo’linadi. Shu tariqa boshqa davrlarga ham aniqlash mumkin.
Ushbu ko’rsatkich ham korxonaning mehnat unumdorligini aniqlash uchun qo’llaniladi. Lekin shu ko’rsatkich bilan aniqlangan mehnat unumdorligi mehnat samaradorligining haqiqiy miqdorini ifodalaydi. Bozor munosabatlari sharoitida korxona ishining haqiqiy natijasini aniqlash uchun ushbu ko’rsatkich muhim ahamiyat kasb etadi. Shu tufayli har bir tadbirkor, ishbilarmon yoki menejer keltirilgan ko’rsatkichlarni aniqlash yo’llari, ularning hisoblanish usullari, qo’llanilish doirasini, asl mohiyatini bilishi lozim. Shundagina u korxonada band bo’lgan xodimlar soni, ularning o’zgarishi va ulardan samarali foydalanish yo’llarini to’g’ri tahlil qilishi mumkin.
Xodimlar salohiyati miqdoriy tavsif berishdan tashqari korxona personalining sifat tavsifi ham muhim ahamiyatga ega bo’lib, u korxona xodimlarining mazkur ishlab chiqarishga kasbiy va malakaviy jihatdan yaroqlilik darajasi bilan aniqlanadi. Bu erda birinchi o’ringa “mutaxassislik”, “kasb”, “malaka ” kabi tushunchalar chiqadi.

Download 302 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish