9-mavzu. Kimyo va oziq-ovqat sanoati korxonalari moliya ko‘rsatkichlari. Reja



Download 71,89 Kb.
bet1/8
Sana15.04.2022
Hajmi71,89 Kb.
#552909
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
9-mavzu. Kimyo va oziq-ovqat sanoati korxonalari moliya ko‘rsatkichlari. (2)
PHONETICS and PHONOLOGY, ККС БУЙИЧА МАЪЛУМОТЛАР 2019 Й, 2 5463409124492444538, 9-ma'ruza, 10-ma'ruza, 9-ma'ruza, 9-ma'ruza, 7-SINF ZOOLOGIYA QUSHLAR, Makroiqtisodiyot 15-mavzu mustaqil ish.docx, Опорный конспект по литературе, Опорный конспект по литературе, Опорный конспект по литературе, 2 5352710409772075235, gibbsning kanonik tenglamalarini organish, 2 5190428317487992361

9-mavzu. Kimyo va oziq-ovqat sanoati korxonalari moliya ko‘rsatkichlari.
Reja:
1. Korxonaning moliyaviy resurslari
2. Korxona daromadlari
3. Korxonaning foydasi va uni taqsimlash
4. Optimal ishlab chiqarish hajmlarini aniqlash va daromadni maksimal darajasini aniqlash
5. Korxona rentabelligi

  1. Korxonaning moliyaviy resurslari

Bozor iqtisodiyotidagi xar qanday faoliyat mablag‘, pul talab qiladi, moliyani yuzaga keltiradi. Umuman, moliya xalq xo‘jaligida pul resurslari bilan bog‘langan bo‘lib, bunday resurslarni xosil qilish, taqsimlash va ishlatish jarayonlarining shakllanishi tushunchasidan iboratdir. Ma’lumki, ishlab chiqarish iste’moldan oldin taqsimotni talab etadi. Avvalo qiymat shaklidagi taqsimot amalga oshib, maxsulot ana shu qiymatlar xissasiga qarab taqsimlanadi.
Qiymat taqsimoti turli pul resurslarini, fondlarini yuzaga keltiradi. Bular tovarlarga almashinilib, iste’molni shakllantiradi. Umumjamiyat iste’moli davlat tomonidan ta’minlanadi. Buning uchun avvalo resurslar, bir necha xil pul fondlari yuzaga keltiriladi. Axoli ijtimoiy ximoyasi, atrof-muxitni saqlash, mudofa, davlat boshqaruvi, nomoddiy soxalarni ta’minlash kabilar shular jumlasidandir. Buning uchun avvalo qiymatlar taqsimoti tufayli zarur pul resurslari tashkil etilib, maxsus pul fondlari yuzaga keladi. SHu pul resurs va fondlarning ishlatilishi tufayli eslatib o‘tilgan tarmoq va soxalarning extiyoji qondiriladi. Bular davlat tomonidan amalga oshirilib, davlat moliyasining shakllanishi va davlatning moliyaviy faoliyatidan kelib chiqadi. Demak, pul shaklidagi moliyaviy fondlar xosil bo‘lib, ular moliyaviy resursni tashkil etadi. Moliya maxsulot qiymatining taqsimlanishidir. Qiymat taqsimoti maxsulotni ishlatishdan oldingi jarayon bo‘lib, u iste’molga atalgandir.
Davlat va nodavlat moliyasi mavjud bo‘lib, birinchisi asosan umumjamiyat moxitini kasb etsa, ikkinchisi tadbirkor, oila, jamoa moliyasidan iboratdir. Moliyaviy munosabatlar va aloqalarning sub’ektlari bo‘lib, bularga moliyaviy resurslarni tashkil etishda, taqsimlashda va ishlatishda ishtiroq etuvchi kabilar kiradi. xar bir sub’ekt o‘ziga qaratilgan maxsulotlarga teng bo‘lgan pul fondlarini tashkil etadi. Bu fondlar turlicha bo‘lib, xar biri ma’lum maqsadni ko‘zlaydi. Masalan, davlat moliyasi davlatni boshqarish, mudofani ta’minlash, axolini ijtimoiy ximoyalash, rezervlar tashkil etish kabilaga sarf etiladi.
Moliyaning vazifalari
Jamiyatning o‘ziga xos vazifalari mavjud bo‘lib, bulardan asosiy to‘rt xilini ko‘rsatish mumkin: taqsimlash, rag‘batlashtirish, ijtimoiy ximoyalash, iqtisodiy axborot vazifalari. Moliyaning vazifalari (funksiyalari) deganimizda uning xo‘jalik faoliyatida mazmunlashuvini, aniq ifodalashini tushunamiz.
Taqsimlash vazifasi milliy maxsulot, milliy daromadning pul fondlari shakllanishi asosida taqsimlanishidan iborat. Birlamchi va qayta taqsimlash mavjud. Bevosita ishlab chiqarishdagi taqsimlash qayta taqsimlanishdan iboratdir. Aytaylik, ish xaki, foyda, ijtimoiy sug‘urta, amortizatsiya kabi fondlarga bo‘linish birlamchi taqsimotga kiradi.
Soliqlar, turli to‘lovlar, maishiy xizmat kabilar ikkilamchi yoki qayta taqsimlashga kiradi. YAlpi milliy maxsulotni 100% deb olsak, shundan 60% ishlab chiqarishni tiklash, 20% ish xaki, 15% foyda, 5% ijtimoiy sug‘urta fondlari uchun taqsimlanishi mumkin.
Moliyaviy axborotlarning iqtisodiy boshqarishda, iqtisodiy faoliyatni baxolashdagi o‘rni katta. Bu moliyaviy yakunlari xususida o‘z vaqtida xabarlar berib turish orqali amalga oshadi. Aytaylik, moliyaviy fondlar xolati bo‘yicha xalk xo‘jaligi soxalarining muvozanati, bir-birlariga lonandligi kabilari aniqlash mumkin.
Moliviy axborotda auditorlik xizmati ma’lum o‘rin egallab, axborotdan foydalanishni yaxshilaydi. Va tezlashtiradi. CHunki auditorlik xizmati korxonalar, kompaniyalarning xo‘jalik-moliyaviy faoliyatini taxlil qiladi, ekspertizasini bajaradi, xolisona xulosalar chiqaradi va ularni o‘z vaqtida etkazib beradi.
Moliya vazifalaridan unumli foydalanish iqtisodiy o‘sish uchun xizmat qiladi.
Moliyaviy resurslar ikki turga, ya’ni mikroresurslar va makroresurslarga bikroresurslar markazlashmagan bo‘lib, korxona, firma, kompaniya, tashkilot, jamoa uyushmalari, shaxslarning pul resurslaridan iboratdir. bUnga qarzga olingan pullar xam kiradi.
Makroresurslar asosan davlat ixtiyoridagi pul resurslaridan iborat bo‘lib, umumdavlat miqyosida tashkil etiladi. Bular umuman byudjetda majg‘ariladi. Bozor iqtisodiyotida, albatta mikroresurslar asosiy o‘rinni egallaydi. Bozorda erkin iqtisodiy faoliyat sharoitida albatta firma, konsern, korporatsiya, birlashma, korxona kabilarning moliyasi asos bo‘lib xisoblanadi. Lekin bozor iqtisodiyotini tartibga solishda davlat moliyasi etakchi o‘rinda bo‘ladi.
Moliya resurslarining tashkil topishi asosan uch usulda amalga oshadi:

  1. o‘zini-o‘zi moliyalashtirish;

  2. qarz olish (kredit);

  3. zaruriy xolatlarda davlat ajratgan moliyadan foydalanish.

Birinchi usulda pul mablag‘lari, resurslari xar bir iqtisodiy sub’ekt tomonidan o‘z xisobiga shakllanadi. Ikkinchi usulda qarz olish xisobiga moliya resurslari tashkil topadi. Uchinchi usulda davlat byudjeti yoki boshqa umumiy fondlar xisobiga moliyalashtirish zaruriyati tug‘ilishi bilan moliya resursi paydo bo‘ladi va shu asosda sarmoyalar ishga solinadi.
Moliya tizimi. Moliya tizimi yuzaga kelib bu bozor iqtisodiyotning tarkibiy qismiga aylanib ketadi. Moliya tizimi deganda jamiyatdagi moliya munosabatlari yig‘indisini, ularni ifodalovchi moliya mexanizmlari, vositalari xamda moliya siyosatini tushunish kerak. Moliya tizimida mikromoliya va makromoliya mavjuddir.
Mikromoliya birlamchi bo‘lib, u korxona, firma, jamoa, oila moliyalarini bildiradi. Buning asosida ichki va tashki moliyaviy, pul bilan bog‘langan munosabat aloqalari yotadi. Bunda o‘zlari taqsimlab, o‘zlari ishlatadilar. Mikromoliyadagi ichki aloqalar shu jamoa ichidagi pul taqsimoti va uni ishlatish jarayonini o‘z ichiga olsa, tashki aloqalar pul sarmolari bilan aloqador boshqa korxona, firmalar, birjalar, banklar va davlat moliya idoralari bilan bo‘lgan munosabatlarni o‘z moliyalarini shakllantiradilar va tashki moliyaviy majburiyatlarini bajaradilar. Bunday moliya amortizatsiya ajratmasi, iqtisodiy faoliyatidan olingan foyda, korxona sotib olingan bo‘lsa, o‘z ishchi va xodimlaridan tushgan pul, shuningdek, firma yoki korxona sotgan aksiya va obligatsiyalardan tushumlar, qarzga olingan pul mablag‘lari, davlat subsidiyasi kabilardan tarkib topadi.
Korxona, firma moliya albatta o‘z faoliyati natijasi bo‘lib, avvalo u foyda darajasi, bu xo‘jaliklarning iqtisodiy samaradorligining asosidir. CHunki korxonaning yaxshi ish natijalari o‘z xissasining ortib borishi, o‘zi ishlab topgan sarmoyalar xisobiga pul resurslarini ko‘paytirib o‘z ishini o‘zi moliyalashtirish darajasida bo‘lishi mustaqil ish olib borish, tez rivojlanish imkonini tug‘diradi. Moliyaviy qarashlik xar bir firma uchun doimo qiyinchilik tug‘diradi. Mikromoliyadagi tashki majburiyatlarni olsak, bular soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar, sug‘urta pulini to‘lash, qarz xajmiga qarab qarz qismi xamda protsentini to‘lash kabilarni o‘z ichiga oladi. Moliyalashtirishda korxonani rivojlantirish xamda asosiy kapital qismini yangilab borish oborot kapitaliga qo‘shilish bilan bog‘liq xarajatlar amalga oshiriladi. Korxonani kuchaytirish maqsadida imkoni boriga boshqa firma yoki korxona aksiyalari va obligatsiyalarini rag‘batlantirish uchun, sarmoyalarni ko‘paytirish uchun xarakat qilinadi. Mikromoliyada aksiya va obligatsiyalarning ta’siri katta bo‘lishi mumkin. Aksiya qimmat baxo qog‘oz bo‘lib, u korxona kapitalida ishtiroklikni bildiruvchi xujjatdir. Aksiya daromad keltiradi. Buni dividend deyiladi. Obligatsiya esa qarzdorlikni bildiruvchi qimmat baxo qog‘oz bo‘lib, bu xam protsent turida daromad keltiradi.
Keyingi vaqtlarda aksioner xamiyatlari ko‘payib, aksiyalarning korxonalar iqtisodiy faoliyatiga ta’siri ortib bormoqda. Aksiyalar oddiy va imtiyozli bo‘ladi. Oddiy aksiyada dividend foyda darajasiga qarab turli bo‘ladi va aksioner ovoz berish xuquqiga ega bo‘ladi. Imtiyozli aksiyada esa daromad oldindan belgilanib, kafolotlanadi, lekin aksioner ovoz berish xuquqiga ega emas.
Imtiyozli aksiyalar xaridorgir bo‘lib, bozorda uning xaridorlari ko‘p, baxosi oldi-sotdida belgilanadi. Ankiyalarning bozor baxosi ularning sotish kursini yuzaga keltiradi. Bozor kursi kotirovka deyilib, u fond birjasida amalga oshiriladi. Aksiya kursi iqtisodiy, siyosiy va ruxiyat omillariga ega.
Makromoliya davlat moliyadan iborat. Lekin bunga mavjud ijtimoiy fondlar xam kiradi. Davlat moliyasi uning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy faoliyatini ta’minlash uchun xizmat qiladi. Bu milliy boylik va milliy daromadning bir qismi. Davlat moliyasi tarkibi muraqqab bo‘lib, davlat byudjeti uyushtirilgan fondlar, davlat, kredit va korxonalar moliyasi kabilarni o‘z ichiga oladi.
Davlat moliyasi daromadlari avvalo milliy daromad va milliy boylik qiymatining taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi jarayonida paydo bo‘ladi. Aniq xolda davlat ixtiyoriga topgan qismi xisobiga shakllanadi. Buning chiki manbalari soliqlar, zaemlar, emissiyadan iboratdir.



Download 71,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
O’zbekiston respublikasi
guruh talabasi
nomidagi toshkent
o’rta maxsus
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
таълим вазирлиги
махсус таълим
haqida tushuncha
O'zbekiston respublikasi
tashkil etish
toshkent davlat
vazirligi muhammad
saqlash vazirligi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
respublikasi axborot
vazirligi toshkent
bilan ishlash
Toshkent davlat
uzbekistan coronavirus
sog'liqni saqlash
respublikasi sog'liqni
vazirligi koronavirus
koronavirus covid
coronavirus covid
risida sertifikat
qarshi emlanganlik
vaccination certificate
sertifikat ministry
covid vaccination
Ishdan maqsad
fanidan tayyorlagan
o’rta ta’lim
matematika fakulteti
haqida umumiy
fanidan mustaqil
moliya instituti
fanining predmeti
pedagogika universiteti
fanlar fakulteti
ta’limi vazirligi