9 mavzu. Karboksilli birikmalar va ularning funksional hosilalari. Reja



Download 1,17 Mb.
bet3/7
Sana27.06.2022
Hajmi1,17 Mb.
#708433
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
9 - ma'ruza (1)

Chumoli kislota H – COOH to ‘yingan bir asosli kislotalarning eng oddiy vakili. U birinchi marta qizil chumolilardan ajratib olingan, shuningdek ko‘pgina o‘simliklar (qichitqi o‘t, archa), qon va muskul tarkibida ham bo‘ladi.
Laboratoriya sharoitida xloroformga suyultirilgan ishqor ta’sir ettirib chumoli kislota olinadi:
HCCl3 + 3 NaOH HC(OH)3 + 3NaCl  HCOOH + H2O

Sianid kislota gidrolizlanganda ham chumoli kislota hosil bo‘ladi:


HCN + 2 HOH  HCOOH + NH3

Hozirgi vaqtda texnikada chumoli kislota olishning birdan bir usuli yuqori temperaturada o‘yuvchi natriyga uglerod (II) - oksid ta ’sir ettirishdir:


NaOH + CO  HCOONa




Sirka kislota CH3COOH uzoq vaqtlardan beri ma’lum, chunki u vinoning achishi natijasida hosil bo‘ladi. U ko‘p o‘simlikalrda, hayvon chiqindilarida sof holda, shuningdek tuz va murakkab efirlar holida uchraydi.
Sanoatda sirka kislota bir necha usullar bilan olinadi:
Yog‘och quruq haydalganda sirka suv qatlamida yig‘ilib, qo‘shimcha mahsulot sifatida metil spirt va aseton hosil bo‘ladi. Sirka kislotani ajratib olish uchun aralashma ohak bilan neytral-
lanadi, bunda hosil bo’lgan kalsiy asetat sulfat kislota bilan qizdirilganda parchalanib, sirka kislota sof holda ajralib chiqadi:
2 CH3COOH + Ca(OH)2  (CH3COO)2Ca + 2 H2O

(CH3COO)2Ca + H2SO4  CaSO4 + 2 CH3COOH


Spirtli suyuqliklarni bijg‘itish bilan sirka kislota hosil qilishda «sirka zamburug‘i» deb ataladigan maxsus mikrorganizmlar etil spirtni sirka kislotagacha oksidlaydi.


Sirka kislota olishning asosiy texnik usuli M.G.Kucherov reaksiyasi bo‘lib, unda hosil bo‘lgan aldegid katalizatorlar ishtirokida oksidlanadi:

CH  CH + HOH + (kat. HgSO4 + H2SO4)  CH2 = CH – O – H 


2 CH3C – OH + O2  2 CH3COOH


So‘nggi yillarda uglevodorodlar, masalan, butan, pentan va hokazolarni yuqori temperaturada havo kislorodi ta’sirida oksidlab, sirka kislota olishning sanoat usullari ishlab chiqildi (N.A.Emmanuel va boshqalar):


2 C H3 – CH2 – CH2 – CH3 + 5 O2 + (kat. V2O5, W, 7500C, p)  4 CH3COOH


Kimyoviy o‘zgarishlari, karboksil guruhining reaksiyalari. Atsil guruhidagi nukleofil almashinish reaksiyalari. Sirka, benzoy, akril va metakril kislotalar asosidagi materiallar.


Karbon kislotalarning qaynash haroratlari spirtlarnikidan yuqori. Buning sababi, kislotalar vodorod bog‘ining hisobiga dimer hosil qiladi:

Karbon kislotalar ishqorning suvli eritmasi bilan reaksiyaga kirishib tuz hosil qiladi:

Karbon kislotalar SOCl2, PCl3 yokiPCl5 bilan reaksiyaga kirishib xlorangidridlarni hosil qiladi:

Bu reaksiyada eng qulayi tionilxlorid bo‘lib, reaksiya mahsuloti toza chiqadi, sababi SO2 gaz holida uchib ketadi.
Karbon kislotalardan murakkab efirlar olishda uning OH-guruhi hisobiga reaksiya boradi. Murakkab efir olish reaksiyasi eterifikatsiya reaksiyasi deyiladi:

Eterifikasiya reaksiyasida spirtlarning va kislotalarning reaksion qobiliyati quyidagi tartibda pasayadi:
CH3OH > RCH2OH > R2CHOH > R3COH
HCOOH > CH3COOH > RCH2COOH > R2CHCOOH > R3CCOOH

Karbon kislotalarning funksional hosilalaridan biri bo‘lgan murakkab efirlar karbon kislotalarga spirtlar ta’sir ettirib olinadi:

Reaksiya mineral kislota ishtirokida boradi. Murakkab efirlar karbon kislota angidridlariga spirtlar ta’sir ettirib ham olinadi:

Murakkab efirlar galoidangidridlarga spirtlarni ta’sir ettirish bilan ham olinadi:

Murakkab efirlar qayta efirlash usuli bilan ham olinadi. Reaksiya kislotali yoki ishqoriy muhitda boradi:

Kislota amidlari atsilxloridlarga ammiak yoki aminlarni ta’sir ettirib olinadi:

Kislota amidlarini karbon kislotalarga ammiak ta’sir ettirib ham olinadi. Bunda kislotaning ammoniyli tuzi ham bo‘ladi va u qizdirilsa kislota amidi va suv hosil bo‘ladi:




Chumoli kislota tuzilishi jihatidan bir asosli to’yingan kislotalardan farq qiladi. Molekulasi tarkibida aldegid guruhning borligi sababli, u o’ziga xos xususiyatlarni namoyon qiladi:
a) chumoli kislota kumush oksidning ammiakdagi eritmasi ta’sirida oson oksidlanib, karbonat
angidrid va suv hosil qiladi:

H - COOH + [ Ag(NH3)2] OH  H2CO3  CO2 + H2O


b) chumoli kislota yaxshi qaytaruvchidir, u sulema eritmasi bilan qizdirilganda simob metali-


gacha qaytariladi:
HCOOH + 2 HgCl2 2 HgCl + 2HCl + CO2
HCOOH + 2 HgCl  2Hg + 2HC1 + CO2

d ) chumoli kislota konsentrlangan sulfat kislota ta’sirida uglerod (II)-oksid va suvga parcha-


lanadi:
HCOOH  CO + H2O

e) chumoli kislotaning natriyli tuzi 400 °C gacha tez qizdirilganda, vodorod ajralib chiqadi va


natriy oksalat hosil b o ‘ladi:

2 HCOONa  NaOOC – COONa + 2HC1 + H2  HOOC – CO O H + 2 NaCl


Chumoli kislota kuchli qaytaruvchi sifatida to‘qimachilik sanoatida gazlamalarni bo‘yash-da, tibbiyotda va boshqa sohalarda ishlatiladi. Chumoli kislotadan oksalat kislota, etilformiat va xushbo‘y moddalar (amilformiat) olinadi.


Sirka kislota va uning tuzlari – asetatlar sanoatda keng ishlatiladi. U to’qimachilik, ko‘n va kimyo sanoatida, oziq-ovqat mahsulotlarini konservalashda va boshqa sohalarda ishlatiladi. Sirka kislotaning temir, aluminiy va xromli tuzlari ayniqsa, katta ahamiyatga ega; chunki to'qimachilik sanoatida xurush sifatida ishlatiladi.



Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish