Songai davlati. Gana va Malining shimoli-sharqidagi songai qabilalari yirik savdo markazlaridan biri Gao atroflarida yashaganlar. I ming yillik boshlarida songailar tuzgan davlat birlashmasi dastlab Mali ta’sirida bo‘ladi. Malining zaiflashuvi esa islomni qabul qilgan songailar hukmdori Almiga XIV asr oxirida ularni yengib, poytaxti Gao bo‘lgan mustaqil davlat tuzish imkonini beradi. Songai davlati XIV–XV asrlarda yuksalgan. U Niger daryosi havzasida o‘z hukmronligini to‘liq o‘rnatadi. Mamlakat viloyatlarga bo‘linib, ularni hukmdorning yaqin kishilari boshqargan.
Do'stlaringiz bilan baham: |