9-Mavzu: Ildiz sistemasining shakllanishi, tiplari, tuzilishi va vazifasi
Ma’ruza rejasi:
1.
Ildiz sistemasi va uning vazifalari.
2.
Ildizning uchki qismini morfologik tuzilishi.
3.
Ildiz sistemasining tiplari.
Odatdagi tuzilishi bо„yicha ildizlar yuksak о„simliklarning (moxlardan
tashqari) yer ostki organi hisoblanib, u о„simlikning tadrijiy rivojlanishida
quruqlikka chiqishi tufayli hosil bо„lgan.
Ildiz osimlikni pastki qismi bolib qoydaga binoan u tuproqda rivojlanadi,
lekin shunday ildizlar borki havoda о„sadi. Bir nevah xil poyalar bor tuproqni
tagida rivojlanadi, shunga qaramasdan ikkt organing birlamchi toqimalarining
progressi va joylanishi har doim farqlanadi. Ildiz epidermasini gistogenezi
poyanikidan farqlanadi, ildizning floema va ksilemalari umumiy boylamlarni
xosil qilamaydi, lekin novbat bilan joylashadi. Bu vaqtda poyaga о„xshab nay
tolali boylamlar kollateral, bikollateral va amfifazal joylashgan bо„ladi.
Ildizlarda qо„shimchalar bо„lmaydi, poylarda barglar mavjud. Ildizlarda
ustisalar bо„lmaydi. Ularni shoxlari о„zakdan farqli perisikilning voyaga yetgan
tо„qimalaridan shakilllanadi. Ildizlar ildiz g„ilofiga ega ,poyada uning analogi
yо„q .
Ildizning forma va strukturasida katta о„zgarishlar mavjud, bu
о„zgaruvchanlik kо„p xollarda ildizning funksiyasi bilan bog„liq.
Bir palali osimlik poyalarda xam kutilmaganda ildizlar shakillanadi, ular
bir necha bor yug„olashishi mumkin, xuddi ikki palalilani ildiziga oxshab va ular
shoxlanadi.
Ildiz quyidagi vazifalarni bajaradi:
1)tuproqdan suv va unda erigan moddalarni о„zlashtiradi; 2) ildiz yordamida
о„simlik tuproqqa mustahkam birikadi; 3) ildizda turli moddalar hosil bо„ladi
(aminokislotalar, gormonlar, alkaloidalar va boshqalar); 4) oziq moddalar zapas
holda tо„planadi; 5) ildizlar vegetativ kо„payish uchun xizmat qiladi; 6) ildizlar
tuproqdagi boshqa о„simlik organizmlariga (mikroorganizmlar va zamburug„larga)
ham ta‟sir etadi. Ildizning yuqorida sanab о„tilgan vazifalari normal rivojlangan
ildizlar uchun xosdir.
Ildizning tuproqdan suv va unda erigan mineral moddalarni о„zlashtirishi
uning asosiy va biologik jihatdan muhim vazifasi hisoblanib, bu uning ichki va
tashqi tuzilishini belgilaydi. Ildizning eng uchki qismida apikal meristema
hujayralar tashqi tomonidan ildiz qini bilan о„ralgan. Ildiz qini konussimon qalqon
shaklida bо„lib, bir–birlari bilan kuchsiz bog„langan yupqa pо„stli, bir oz chо„ziq
va nozik hujayralardan tashkil topgan.
Ildiz о„q organ, u shoxlanish xususiyatiga ega bо„lgani uchun nisbatan katta
yuza hosil kiladi. Bu o‟z navbatida ildizni tuproq bilan о„zaro ta‟sirini oshiradi va
suv shimishni yengillashtiradi. Ildizning umumiy yuzasi yer ustki organlarga
nisbatan oriq bо„ladi, tez usishi va shoxlanishi natijasida katta maydonlarni egallab
oladi. Dastlabki ildiz о„simlikning urug„idagi murtakda rivojlanadi. Undagi asosiy
va yon ildizlar shakllanib ular ham о„z navbatida shoxlanib ketadi. Ana shunday
ildiz tizimi ikki pallali о„simliklar uchun xosdir.
Bir pallali о„simliklarda asosiy ildiz uncha о„smaydi va nobud bо„ladi, ildiz
tizimi esa poyaning ostki qismidan rivojlangan qо„shimcha ildizlardan tashkil
topadi. Bunday ildizlar rivojlanish darajasi bо„yicha deyarli bir xil, ular
popuksimon ildiz tizimini hosil qiladi.
Ildizlar odatda silindrsimon shaklda bо„lib, о„q organlar uchun xos bо„lgan
radial simmetriyali tuzilishga ega. Bargsiz ba‟zi bar о„simliklarda ildizlar
qо„shimcha kurtak hosil qiladi va ulardan qо„shimcha novdalar shakllanadi.
Ildizning uchi ildiz qini bilan himoyalangan, uning ostida о„sish nuqtasi
joylashgan.
Ildiz vegetativ organ sifatida ana shunday morfologik belgilar bilan
tavsiflanadi.
Ildiz qini ostida meristematik xarakterdagi hujayralardan iborat
bо‘linish
zonasi
joylashgan. Deyarli barcha bо„linuvchi hujayralar ana shu zonaga
joylashgan va taxmina 1 mm о„lchamga ega. Bо„linish zonasi ildizchaning sariq
rangda bо„lishi, uning hujayralari sitoplazma bilan tо„lib turishi va vakuolalarning
bо„lmasligi bilan ajralib turadi.
Ildizning uchki qismida bо„linish zonasidan keyin о„sish zonasi joylashadi.
Bu zonada hujayralar ildiz о„qiga nisbatan parallel yо„nalishda bо„lib, kuchli
ravishda yiriklashadi, ammo bu zonada hujayralarning bо„lishi deyarli
kuzatilmaydi. Ildiz hajmining ortishi hujayralarning umumiy suv bilan tо„yinishi
va yirik vakuolalar hosil bо„lishi bilan bog„liq. О„sish zonasi uncha katta emas,
birnecha mm dan oshmaydi. О„sish zonasining oxirlarida joylashgan hujayralar
chо„zilish imkoniga ham ega emas va tuproq zarrachalari bilan uncha
ishlashmaydi.
Rizodermadan kо„plab ildiz tuplari paydo bо„ladi. Ular tо„prok zarrachalari
bilan shunday ilashib ketganki, hatto ular bir-biri bilan qо„shilib ketganday
seziladi. Ildizning ildiz tuklariga ega bо„lgan qismiga shimish zonasi deyiladi.
Tajribalarning kо„rsatishicha, suv va mineral moddalarning shimilishi ana shu
joyda kuzatiladi. Shimish zonasi bir necha о„n santimetrga borishi mumkin. Ildiz
tuklari uzoq yashamaydi, tezda nobud bо„ladi.
О„tkazuvchi zona bir necha metrga borishi mumkin. Bu zona orqali suv va
mineral moddalar о„simlikning barcha organlariga yetib boradi.
Ildizning birlamchi ichki tuzilishi. Funksional jihatidan ildizning muhim
qismi shimish zonasi hisoblanib, u suv va mineral moddalarni shimishga
molashgandir. Ildizda tо„qimalar halqa shaklida joylashgan bо„ladi. Uning
kо„ndalang kesimida epiblema, birlamchi pо„stloq va markaziy silindr ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |