Optatsiya (fuqarolikni tanlash) har doim ham fuqarolikka ega bo‘lish yo‘li sifatida ko‘rilmaydi. Masalan, ikki fuqarolik to‘g‘risidagi konvensiyalarda optatsiya imkoniyatlari ko‘zda tutiladi. Agar biron-bir milliy davlatning fuqarosi bir vaqtning o‘zida xorijiy davlat fuqaroligiga ham ega bo‘lsa, unga ikkisidan birini optatsiya qilish, shu bilan ikkinchisidan voz kechish huquqi beriladi. Bu holatda fuqarolikka ega bo‘linmaydi, chunki optatsiyada fuqarolikning biridan mahrum qilishga olib keladi.
Xalqaro huquqda aholi tushunchasi «Aholi» atamasi xalqaro huquqda u yoki bu muayyan davlat hududida o‘sha vaqtda yashab turgan shaxslar majmui tushuniladi. Har qanday davlatning aholisi quyidagi uch kategoriyadan: birinchidan, ushbu davlat fuqarolaridan;
ikkinchidan, chet elliklardan;
uchinchidan, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslardan tashkil topadi. Bundan tashqari ayrim o‘rta kategoriyalar (masalan, ikki fuqarolikka ega bo‘lgan shaxslar) ham mavjud.Aholiga bevosita va bilvosita taallukli bo‘lgan, xususan, fuqarolik, jinoyatchini ushlab berish, inson huquqlari, chet ellik fuqarolarning rejimi masalalari bo‘yicha qator xalqaro huquq normalari, shartnomaviy va odat normalari mavjud.
Xalqaro huquqda fuqarolik
Fuqarolik — jismoniy shaxsni davlat bilan, ularni o‘zaro huquq va majburiyatlari majmuida aks ettiriladigan barqaror huquqiy aloqalaridir.Fuqarolik masalalari asosan davlatning ichki qonunchiligi bilan tartibga solinadi.
Fuqarolik — davlatchilik bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan tushuncha. Fuqarolik to‘g‘risidagi qonunning yo‘qligi fuqarolikning o‘zi yo‘qligini anglatmaydi. Binobarin, har bir davlat bu borada mustaqil ish ko‘radi, shu bois turli davlatlarning fuqarolik to‘g‘risidagi qonunlarining to‘qnashuvi (kolliziyasi) muqarrardir.
Bunday kolliziyalarni bartaraf qilish yoki oldini olish uchun davlatlar ko‘proq xalqaro shartnomalar tuzadi, ya’ni xalqaro huquqning tegishli normalarini ishlab chiqadi.
Fuqarolikka ega bo‘lish va uni yo‘qotish usullari.
Fuqarolikka ega bo‘lish yo‘li ikki katta guruhga bo‘linadi:
birinchi guruh — umumiy tartibda fuqarolikka ega bo‘lish usulini qamrab oladi;
ikkinchisi — istisno tariqasida fuqarolikka ega bo‘lishdir.
Umumiy tartibda fuqarolikka ega bo‘lish usuli milliy davlatlar qonunchiligi uchun ozmi-ko‘pmi odatiy va barqaror qoida hisoblanadi. Ularga fuqarolikka ega bo‘lishning quyidagi usullari kiradi: 1.birinchidan, tug‘ilish natijasida; 2.ikkinchidan, naturalizatsiya (fuqarolikni qabul qilish) natijasida; 3.uchinchidan, in’om etish natijasida.
Do'stlaringiz bilan baham: |