Qisqa xulosalar
Bozor xo`jaligining asosiy elementlaridan biri firma hisoblanadi. Firma esa,
egaligida alohida mol-mulki bo`lgan va o`ziga qarashli bo`lgan korxonada
(korxonalarda) mustaqil xo`jalik faoliyatini amalga oshiradigan yuridik tashkilotdir.
Firma maksimal foyda olish va iqtisodiy ne'matlarni ishlab chiqarish maqsadida
resurslarni birlashtiradi. Firma tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradi.
Mulk shakli bo`yicha firmalar quyidagicha guruhlanadi: yakka mulk egaligi
(yakka tartibdagi tadbirkorlar, dehqon xo`jaliklari, fermer xo`jaliklari, xususiy
firmalar); hamkorlikdagi mulk egaligi (xo`jalik shirkatlari (to`liq va kommandit),
mas'uliyati cheklangan va qo`shimcha mas'uliyatli jamiyatlar, qishloq xo`jaligi
shirkatlari, kooperativlar boshq.); korporasiya (aksiyadorlik jamiyati).
Do'stlaringiz bilan baham: |