Internet paydo bulgandan beri iqtisodiy-moliya jarayonlari global miqyosda ortib bormoqda. SHu vaqtning o’zida moliyaviy muxitning dinamikasi kuchayishi uning barqarorligini susaytirmoqda, bu esa o’z navbatida inkirozga uchrash darajasini oshirada.
Moliyaviy muxit o’z ma’nosiga ko’ra maksimal axborotlashgan va virtuallashgandir. Shu sababdan Internet texnologiyalari bank ishiga hamda brokirlik xizmatlariga singdirilmoqda.
Yangi telekommunikatsiya qurilmalari moliyaviy operatsiyalarni tez va kam xarajatlar evaziga amalga oshirishni ta’minlaydi.
Bank ishiga Internetni singdirish uch xil yo’ldan bormoqda:
Bankning va boshqa xujjatlarni elektron qayta ishlash;
Tulov tizimini kompyuterlashtirish, yaьni tulov operatsiyalarini kompyuterlar orqali amalga oshirish;
Bankning ishchi stantsiyalari o’rtasida aloqani o’rnatish uchun telekommunikatsiya tizimlaridan foydalanish.
Ixtiyoriy tadbirkor o’ziga xizmat ko’rsatish uchun bank tanlayotganda “Qulay, Ishonchli, Foydali” degan qoidaga rioya qiladi. Bu esa uning eьtiborini beixtiyor banklarning kompyuterlashtirilganiga va Internet-bank ishiga tushadi.
Internet-bank ishi bu ma’lumotlar bazasi, dasturlar va boshqa qurollarning yig’indisidan iborat bo’lib, ma’lumotlarni bir joyga to’plash hamda ulardan Internetga ulangan kompyuterlardan foydalanish imkonini berish.
Internet- bank ishini O’zbekiston Respublikasida tashkil qilish yo’nalishi va ular uchun ishlatiladigan dasturlar tijorat banklarining ravnaqiga va davlatning moliyaviy siyosatida muxim o’rin tutishi lozim. SHu maqsadda bank ishi sohasida katta yutuqlarga erishgan davlatlar tajribasini o’rganishimiz lozim
Elektron tijorat va elektron to’lov tizimi
Elektron savdo- sotiqning yaratilishiga 1970 yilda AQSH da ma’lumotlarni kompyuter tarmoqlarida elektron ko’rinishda - EDI(Electronic Data Exchange) va banklar orasida pullarni elektron almashishning paydo bo’lishi asos bo’ldi.
Internetni rivojlanishi xamma savdo- sotiq bilan shug’ullanadigan firmalarning hamda mijozlarning bu texnologiyaga bulgan qiziqishi tezda ortdi. Internet sub’ekt darajasida elektron savdo-sotiqni rivojlanishiga olib keldi. Kichik korxonalar va shaxslar, o’zlarining tijorat kelishuvlari va boshqa turdagi operatsiyalarini elektron rejimda, yaьni aniq vaqt (on-line) rejimida – pul almashtirish bankomatining ishlash rejimida olib borishadi. Bankomat bilan prossing markaz o’rtasida bo’ladigan hamma operatsiyalar va xisob raqamlar bo’yicha tranzaktsiyalar real vaqt birligida amalga oshiriladi.
Elektron savdo- sotiq asosida yangi savdo- sotiq korxonalarini –elektron dukonlarni yaratmoqda, rakobatning kattaligi sababli ularda yangi turdagi xizmatlar va tovarlar paydo bo’lmoqda.
Elektron savdo- sotiq asosiy momenti bo’lib tovarlarni Internetda aylanishi xisoblanadi.
Tovarning aylanishi, uni sotishga muljallangan tuliq kompleks tadbirlar asosida amalga oshirilishi lozim. Ular axborotni ishlab chiqish va ishlatish, reklama tadbirlari va shunga o’xshash tadbirlardir.
Tovarning Internetda aylanishining quyidagi usullari bor
Bannerlar orqali reklama
Offlayn reklama
Qidiruv tizimlariga va kataloglarga ro’yxatga o’tish orqali reklama Bannerlar orqali reklama. Banner (inglizcha banner – katta xarflar bilan yozilgan sarlavxa) reklama beruvchining WEB-saxifasi bilan giperssilka orqali bog’langan aniq ko’rinishga ega rasmdir. Bannerlarning qo’yidagi o’lchovlari keng tarqalgan: 468x60, 400x50, 88x31.