9-mavzu. Ekspert tizimlar



Download 32 Kb.
Sana12.06.2022
Hajmi32 Kb.
#656878
Bog'liq
AIT 09-mavzu


9-mavzu. Ekspert tizimlar

Ekspert tizimlar sun’iy intellektning amaliy jihatdan bitta mustaqil yo‘nalishi sifatida 1970-yilning oxirlarida shakl­landi va 1980-yillarda tijorat yo‘lidagi dasturiy ta’minot sifa­tida alohida-alohida sohalarda ishlatila boshlandi.


Ekspert tizimlar aniq bir predmet sohadagi muammoli vaziyatlarni bartaraf etishda ekspert-mutaxassislar o‘rnini qisman bosa oladigan kompyuter dasturi bo‘lib, bunday intellektual maqomdagi dasturiy ta’minotni yaratish g‘oyasi dastlab 1832-yilda S.N.Korsakov1 tomonidan ilgari surilgan edi.
Muayyan predmet sohasidagi masalalarni amaliy yechishga mo‘ljallangan intellektual tizimlar ekspert tizimlar deb ataladi.
Yetakchi olimlar tomonidan sun’iy intellekt, shu jumladan, kompyuter lingvistikasi sohasida olib borilgan ilmiy tadqiqot­lar natijasi oxir-oqibatda ekspert tizimlarda o‘zining amaliy tatbiqini topdi.
Ekspert tizimlar tayinli bir sohaga ixtisoslashgan bo‘ladi va aynan shu sohadagi amaliy masalalarni yechish bilan shug‘ullanadi.
Darhaqiqat, ekspert tizimlarning amaliy tatbiqini bugungi kunda juda ko‘plab sohalarda ko‘rish mumkin:

  • tibbiy tashxis va davolash;

  • kimyoviy analiz va sintez;

  • molekulyar biologiya va gen muhandisligi;

  • qishloq xo‘jaligi;

  • sanoatda rejalashtirish va ishlab chiqarish;

  • qurilmalar nosozligini tekshirish va tashxis qo‘yish;

  • elektronika va hisoblash texnikalari;

  • matematika va fizika;

  • metereologiya;

  • geologiya va razvedka;

  • yurisprudensiya;

  • kosmik texnikalar va hk.

Ekspert tizimlarning boshqa an’anaviy dasturlardan ajralib turuvchi alohida belgilari quyi­dagilarda ko‘rinadi:
1) kompetentligi (chuqur bilimga asoslanganligi);
2) simvolik mushohadaga asoslanganligi;
3) teran “fikrlay” olishi;
4) o‘zini o‘zi “anglashi”, mohiyatan tushunishi.
Ekspert tizimlarning boshqa an’anaviy dasturlashdan yana bir asosiy farqi shundaki, an’anaviy dasturlashda aniq qonuniyatga asoslangan algoritmlarga, boshqacha aytganda, formallashtirilgan ma’lumotlarga tayaniladi. Ekspert tizimlar esa formallashtiril­magan bilimlarga tayangan holda murakkab hayotiy masalalarni yechishga mo‘ljallanganligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi.
Tuzilishi jihatidan ekspert tizimlar quyidagi komponent­larni o‘z ichiga oladi:
1) foydalanuvchi interfeysi;
2) foydalanuvchi;
3) bilimlar bazasining intellektual muharriri;
4) ekspert;
5) bilimlar muhandisi;
6) ishchi (tezkor) xotira;
7) bilimlar bazasi;
8) masalani yechuvchi qism (xulosalash mexanizmi);
9) tushuncha beruvchi qism.
Quyida eng ko‘p tarqalgan ekspert tizimlar ro‘yxatini kelti­ramiz:
1. CLIPS – ekspert tizimlarni yaratish (qurish) uchun mo‘ljal­langan dasturiy vosita.
2. MYCIN – bakterial infeksiyalarni aniqlash, kuzatish va tashxis qo‘yish bilan shug‘ullanadi.
3. Wolfram Alpha – bilimlar bazasi va intellektual hisoblash algoritmlari to‘plami.
4. IBM Watson – tabiiy tilda berilgan savollarni tushunadigan va ma’lumotlar bazasidan bu savollarga mos javobni topib bera oladigan superkompyuterlar (IBM firmasiga qarashli).
5. Акинатор – интернет-ўйин дастури.
Ekspert tizimlarni yaratishda quyidagi uch soha vakillari faol ishtirok etishadi:
1) ekspertlar;
2) bilimlar bo‘yicha muhandislar;
3) dasturchilar.



1 Семён Никола́евич Корса́ков (1787-1853) – Rossiyalik olim, mexanik quril­malar ixtirochisi, axborot qidiruv tizimlari bo‘yicha ish olib borgan mashhur kibernetik.

Download 32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish