Ekskursiya hikoyasining aniqligi. Aniqlik degani bu nafaqat mavzudagi balki, keltirilgan faktlardagi aniqlik hamdir. Hikoya qilishda aniqlik materiallarni umumiy tarzda havola etish emas, aksincha mavzuni ochib berishda, tushuntirishda aniq materiallardan foydalanish tushuniladi. Hikoya qilishda aniqlik materiallarning rangbarangligi (dalillar, misollar, sanalar, raqamlar, familiyalar) bilan belgilanadi, deyish noo‘rin. Ekskursiya xizmatida materialning aniqligi – fikrning aniqligi, ma’lum bir narsani aniq va konkret shaklda berishdan iborat. Ekskursiya hikoyasining aniqligi. Aniqlik degani bu nafaqat mavzudagi balki, keltirilgan faktlardagi aniqlik hamdir. Hikoya qilishda aniqlik materiallarni umumiy tarzda havola etish emas, aksincha mavzuni ochib berishda, tushuntirishda aniq materiallardan foydalanish tushuniladi. Hikoya qilishda aniqlik materiallarning rangbarangligi (dalillar, misollar, sanalar, raqamlar, familiyalar) bilan belgilanadi, deyish noo‘rin. Ekskursiya xizmatida materialning aniqligi – fikrning aniqligi, ma’lum bir narsani aniq va konkret shaklda berishdan iborat. Hikoya qilishning ta’kidlovchi xususiyati. Gid tarixiy voqea-hodisalarni hikoya qilishda u xuddi shu tarzda, aynan shu joyda, sanab o‘tilgan shaxslar unda ishtirok etganligini ishonch bilan ta’kidlaydi. Aniq bir voqeani ta’riflashda hozirgi zamon (o‘tmish yoki kelajakka) bilan bog‘laydi, uni ob’ektiv isbot sifatida, ma’lum bir shaxs tomonidan amalga oshirilganligiga urg‘u berib o‘tadi. Puxta tayyorlangan va o‘tkazilgan ekskursiya xizmati ekskursant xayolida ko‘rib turgan ob’ektdan ham ziyoda narsalarni ilg‘ab olish imkonini berishi mumkin. Hikoya qilishning ta’kidlovchi xususiyati. Gid tarixiy voqea-hodisalarni hikoya qilishda u xuddi shu tarzda, aynan shu joyda, sanab o‘tilgan shaxslar unda ishtirok etganligini ishonch bilan ta’kidlaydi. Aniq bir voqeani ta’riflashda hozirgi zamon (o‘tmish yoki kelajakka) bilan bog‘laydi, uni ob’ektiv isbot sifatida, ma’lum bir shaxs tomonidan amalga oshirilganligiga urg‘u berib o‘tadi. Puxta tayyorlangan va o‘tkazilgan ekskursiya xizmati ekskursant xayolida ko‘rib turgan ob’ektdan ham ziyoda narsalarni ilg‘ab olish imkonini berishi mumkin. 3. Ob’ektlarni hikoya qilishning usullari Ekskursiya xizmati jarayonida hikoya qilish usullari ekskursantlarning tomoshaviy taasurotini uyg‘otuvchi, ob’ektning ichki ko‘rinishini tasvirlash, kuzatilayotgan ob’ektda ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni tushuntirishga asoslangan usullardir. Shu yo‘l orqali o‘rganilayotgan ob’ekt, hamda unda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarni o‘rganishga keng yo‘l ochadi. Ob’ektlarni hikoya qilish usullarining vazifasi faktlar, misollar, voqea-hodisalar shunday taqdim etish kerakki, ekskursantlar ko‘z oldida voqea-hodisalar gavdalansin.
Do'stlaringiz bilan baham: |