9-mavzu: din madaniyat fenomeni


-§. Dinshunoslik va uning tushunchalari. Dinning asosiy elementlari



Download 101,87 Kb.
bet6/13
Sana26.05.2023
Hajmi101,87 Kb.
#944211
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
11-Din madaniyat fenomeni

2-§. Dinshunoslik va uning tushunchalari. Dinning asosiy elementlari.

Dinshunoslikda din, diniylik, dindorlik, diniy ong, diniy dunyoqarash, diniy ruhiyat, diniy his-tuyg‘u, diniy kayfiyat, diniy g‘oya, diniy mafkura, diniy faoliyat, diniy munosabat kabi bir qator tushunchalar mavjud bo‘lib, ular o‘zaro bog‘lik holda jamiyat hayotida mavjud bo‘ladi. Ushbu tushunchalar strukturaning elementlari sifatida tizimli ravishda ko‘rib o‘tilganda quyidagi bog‘liqlik va aloqadorlik jarayoni vujudga keladi.


Din murakkab tarkibiy tuzilishga ega bo‘lib, dinning tarkibiga diniy ong, diniy marosim va diniy tashkilotlar kiradi.
1. Diniy ong diniy dunyoqarash tarkibida muhim o‘rin tutib, diniy ong diniy tasavvurlar, g‘oyalar, his-tuyg‘u va kayfiyatlarni ifodalaydigan qarashlar tizimidan iboratdir. Diniy ongning o‘zaro bog‘liq va nisbatan mustaqil bo‘lgan ikki darajasi diniy ruhiyat va diniy mafkura mavjud. Diniy ruhiyat kishilarning diniy his-tuyg‘ulari, odatlari, an’analari va kayfiyatlari majmuidan iborat bo‘lsa, diniy mafkura diniy tashkilotlar orqali targ‘ib etiladigan turli diniy g‘oyalarning muayyan tizimidir. Diniy ruhiyat taraqqiy etgan sayin diniy tasavvurlar ham takomillashib, diniy tasavvurlardan diniy g‘oyalar shakllangan. Diniy mafkura muayyan tushuncha va qarashlarning, g‘oyalarning tartibli tizimi bo‘lib, u insoniyat taraqqiyotining nisbatan yuqori bosqichiga to‘g‘ri kelib, uni ruhoniylar, kohinlar, dinni o‘rganuvchi faylasuflar ishlab chiqib targ‘ib etib kelganlar.
2. Dinning tarkibiy qismlaridan diniy marosim ham muhim ahamiyatga ega bo‘lib, diniy marosim individ, gurux yoki tabaqalarning manfaatlari, g‘oyalari va orzu istaklarini o‘zida aks etdiradigan munosabatlar va harakatlar tizimini o‘zida ifodalaydi. Diniy g‘oyalar, qarashlar, his-tuyg‘ular va harakatlar tizimi diniy ta’limotni vujudga keltiradi. Diniy marosimlar ilohiy kuchga sig‘inish, qurbonliklar qilish kabi usullar bilan amalga oshiriladi. Sig‘inish tarkibiga turli udumlar, an’analar, duolar, ro‘za tutish va qurbonlik qilish kabilar kiradi. Sig‘inish u yoki bu buyumni ilohiylashtirib (muqaddas qoratosh, qadamjolar, tumor, tasbeh, diniy libos va boshqalar) vositasida ham amalga oshirilishi mumkin.
Din tarkibida e’tiqod ham muhim o‘rin egallab, e’tiqod insonning muayyan hodisa, uning xossa va xususiyatlari xaqqoniy ekanligiga bo‘lgan ishonchidir. E’tiqodning asosini ishonch tashkil etadi. Diniy e’tiqod ilohiy kuchlar va hodisalarga ishonish, sig‘inish orqali shakllanadi. Insonda e’tiqod dunyoviy ko‘rinishda bo‘lishi ham mumkin. E’tiqodning dunyoviy ko‘rinishi insonni o‘rab turgan ob’ektiv olamdagi narsa va hodisalarni hissiy tajriba va ilmiy bilish asosida shakllanadi.
3. Diniy tashkilot diniy qarashlarga ega maslakdoshlarning muayyan birligi bo‘lib, u umumiy e’tiqod va sig‘inishlar zaminida vujudga keladi. Masjidlar, cherkovlar, boshqa dinlarning turlicha nomlanadigan ibodatxonalari, diniy faoliyat bilan shug‘ullanadigan boshqa faoliyat sub’ektlari ham diniy tashkilot bo‘lib hisoblanadi.
Jamiyat hayotida diniy tushuncha , tasavvur va kayfiyatlarga moslashib, bularning bevosita ta’siri natijasida vujudga keladigan dindorlar, diniy jamoa, uyushma va tashkilotlar o‘rtasidagi munosabatlar diniy munosabatlar deyiladi. Dindorlar diniy e’tiqod, maqsad va vazifalar birligi, diniy marosimlar va undan tashqaridagi faoliyatlar birligi asosida diniy jamoalarga birlashib, bu jamoalar uyushma, tashkilotlar orasida diniy munosabatlarga kirishadilar.
Mustaqil O‘zbekistonda diniy tashkilotlar davlatdan ajratilgan holda, asosan diniy ishlar bilan shug‘ullanmoqdalar. Ular jamiyatimiz hayotida faol ishtirok etib, ko‘proq axloqiy-tarbiyaviy sohada faoliyat olib bormoqdalar. O‘zbekistonning olib borayotgan siyosatida milliy o‘zlikni anglash, kelajakda buyuk davlat qurish, mamlakatni eng rivojlangan davlatlar darajasiga olib chiqish, horijiy davlatlar bilan teng xuquqli va foydali aloqalar olib borish, qo‘shma korxonalar qurish, ilm-fan, texnika, san’at, adabiyot, kadrlar va mutaxassislar tayyorlash, sport sohasidagi aloqalarni kuchaytirish, mamlakatimiz ichida esa tinch-totuvlikni saqlab turish, fuqarolar hamkorligini mustahkamlash, yoshlarning ta’lim-tarbiyasini yangi, zamonaviy talablar asosida olib borish, milliy qadriyatlarni tiklash kabi ishlar olib borilmoqda. Milliy o‘zlikni anglash, tarixiy xotirani tiklash, fuqarolarda milliy g‘urur va iftihor tuyg‘ularini shakllantirishda, milliy urf-odat, an’ana, udumlar, marosimlar va qadriyatlarni qayta tiklashda, fuqarolarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasida diniy tashkilotlar muhim o‘rin tutmoqda.
Diniy e’tiqod insonning intuitiv ya’ni hissiy faoliyati bilan bevosita bog‘liq bo‘lsada, din to‘g‘risidagi ilmiy bilimlarning rivojlanishi diniy e’tiqodni ratsionallik asosida ya’ni insonning aqliy faoliyati bilan dialektik aloqadorlikda ko‘rib o‘tishni talab qiladi. Jamiyatning taraqqiyoti va insonning kamolotida e’tiqod bilan aqlning nisbati bir-biriga muvofiq bo‘lib, insonning har bir qobiliyati (e’tiqodi ham, aqli ham) ijtimoiy faoliyat va munosabatlardagi qandaydir maqsad uchun muhim ahamiyatga egadir. E’tiqod bilish ob’ektini ochib beradi, insonning e’tiqodi ratsionallikka asoslangan holda diniy va dunyoviy bilimlar asosida shakllantiriladi. Jamiyat hayotida barcha insonlar o‘zining e’tiqodiga ega bo‘lgan holda ijtimoiy munosabatlarda ishtirok etadilar, turli sohalarda faoliyat yuritadilar. Inson bilim olib o‘zining bilimi va dunyoqarashini kengaytirar ekan, bilimda hamma vaqt e’tiqod unsuri ishtirok etadi. Insonning kundalik faoliyatida e’tiqod va aql bir-birini istisno etmaydi balki biri ikkinchisini to‘ldiradi.
Inson dinning mazmuni, mohiyati va diniy ta’limotlar haqidagi ilmiy bilimlarga ega bo‘lar ekan, u din shakllanishiga ta’sir ko‘rsatgan psixologik omillar, ob’ektiv va sub’ektiv sharoitlarni o‘rganadi, tahlil qiladi va shu asosda ma’lum ilmiy xulosalarga keladi. Dinlarning kelib chiqishi, rivojlanishi va evolyusiyasi o‘zining psixologik, ijtimoiy-iqtisodiy sabab va omillariga ega bo‘lib, tarixiy taraqqiyotda diniy ta’limotlar jamiyatning talab-ehtiyoji asosida paydo bo‘ladi, bir-biriga ta’sir ko‘rsatgan holda rivojlanadi, jamiyat hayotini barqarorlashtirishga o‘zining hissasini qo‘shadi. Insoniyat jamiyatining tarixiy taraqqiyotida shakllangan milliy va jahon dinlarida diniy tasavvurlar, diniy harakatlar, diniy psixologiya va diniy tashkilotlardan iborat bo‘lgan to‘rtta uzviy bog‘langan elementlar mavjud bo‘lib, ular yaxlit holda diniy ibodatlarni bajaradilar va umumiy bo‘lgan diniy his-tuyg‘ular asosida faoliyat yuritadilar. Dinlar tarixi g‘oyat murakkab va uzoq tarixiy jaraѐnlardan iborat bo‘lib, hozirgi davrda mavjud bo‘lib turgan dinlarning barchasi o‘zining kelib chiqishi, rivojlanishi va takomillashib borishi tarixiga egadir.

Download 101,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish