9-mavzu banklarning vujudga kelishi va rivojlanishi reja banklarning vujudga kelishi va mohiyati Banklarning funksiyalari



Download 294,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/13
Sana28.06.2022
Hajmi294,01 Kb.
#713905
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
1. Banklarning vujudga kelishi va mohiyati Banklarning funksiyal




9-MAVZU BANKLARNING VUJUDGA KELISHI VA RIVOJLANISHI 
REJA
1.
 
Banklarning vujudga kelishi va mohiyati 
2.
 
Banklarning funksiyalari 
3.
 
Banklarning turlari 
4.
 
Banklarning iqtisodiyotdagi roli 
1.
 
Banklarning vujudga kelishi va mohiyati 
Banklarning vujudga kelishi tovar – pul munosabatlarining asosiy elementlari 
sifatida, pulning qiymat shakli paydo bo‘lishi bilan bir davrga to‘g‘ri kelgan. 
Iqtisodiy adabiyotlarda dastlabki banklarning vujudga kelishi haqida aniq 
ma’lumotlar mavjud emas. Ayrim iqtisodchi olimlar banklarni feodalizm davrida 
vujudga kelganligini ta’kidlashsa, ularning ayrimlari esa kapitalistik tuzumning 
dastlabki davrlarida paydo bo‘lganligini ta’kidlaydi. Uchinchi guruh olimlar, banklar 
faoliyatiga xos bo‘lgan operatsiyalar miloddan ilgarigi davrlarda paydo bo‘lganligini 
qayd etadilar. 
Manbalarga ko‘ra, dastlabki bankirlar kichik – kichik do‘konlarda mahalliy pullarni 
xorijiy pul birliklariga ma’lum darajadagi to‘lov evaziga almashtirib berishgan. 
SHuningdek, yirik pul egalarining pullari va tijorat veksellarini tegishli haq evaziga 
saqlash bilan shug‘ullangan. Keyinchalik banklar vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larni 
tegishli shartlar asosida jalb etib, ushbu mablag‘larga ehtiyoji bo‘lgan shaxslarga 
ma’lum to‘lov evaziga bera boshlagan. 
Tarixiy manbalarga ko‘ra, dastlabki banklar Gretsiyada paydo bo‘lgan, keyinchalik 
xalqaro savdo munosabatlarining rivojlanishi natijasida evropa mamlakatlarida 
banklar vujudga kelgan. SHuningdek, natural xo‘jalikning barham topishi, tovar – pul 
munosabatlarining rivojlanishi natijasida hisob – kitoblar va kreditlarning roli shiddat 
bilan ortib bordi. Bular o‘z navbatida bir maromdagi hisob – kitob va pul 



muomalasini tashkil etish zaruriyatini keltirib chiqardi. Bu jarayon o‘z – o‘zidan 
banklarning tashkil topishi va rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. 
Ayrim iqtisodiy adabiyotlarda, dastlabki banklar ibodatxona (butxona)larda tashkil 
topganligi ta’kidlanadi 
59
. Ibodatxonalar hukumatning va diniy tashkilotlarning 
zaxira fondlari sifatida xizmat qilgan. Ularda oziq – ovqat zaxiralari va boshqa 
qimmatbaho buyumlar saqlangan. Keyinchalik ibodatxonalar to‘lov vositalarini 
bajaradigan oltin, kumush va boshqa qimmatbaho metallarni saqlash bilan birga, pul 
muomalasini tashkil etish jarayonlarida ham bevosita ishtirok etishgan. Bunga 2011 
yil iyulida Hindistonning ibodatxonalaridan birida yirik miqdorda oltin va boshqa 
boyliklarni topilganligini misol sifatida keltirish mumkin. Topilma juda katta 
miqdorga teng bo‘lib, qachon va kim tomonidan qo‘yilganligi ma’lum emas. 
Ibodatxonalar qadimda banklar vazifasini bajarganligining va ularni barqarorligining 
asosiy sabablaridan biri, davlat va dindorlarning asrlar davomida ibodatxonalarda 
xizmat qiluvchilarga nisbatan yuqori darajada ishonchning shakllanganligi 
hisoblanadi. Bu o‘z navbatida boshqalarda ham ibodatxonalarda pul mablag‘larni 
saqlashga bo‘lgan ishonchini qozongan. Dastlab ushbu an’ana qadimiy SHarqda 
vujudga kelgan bo‘lsa, keyinchalik qadimgi Gretsiya va Rim hamda Evropaga 
tarqalgan. 
Qadimgi Gretsiyada davlat va uning rasmiy xodimlari, zargarlar, savdogarlar va 
boshqa zodagonlar ibodatxonalarning (Delfiy, Deloss, Samoss, Efess kabi 
ibodotxonalar) alohida shaxslariga pul mablag‘larini saqlash va tegishli 
operatsiyalarni amalga oshirishga ishonch bildirib, ularga pul mablag‘lari va 
qimmatbaho metallarni saqlash, shuningdek, ularning topshiriqlariga binoan hisob 
– kitoblarni amalga oshirishga ruxsat bergan. Buning barobarida, mamlakatda mehnat 
taqsimoti va iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishi, o‘zaro moliyaviy ayirboshlash 
hajmining ortishi natijasida ushbu ibodotxonalarda pul ishlari bilan 
shug‘ullangan shaxslar moliyaviy vositachilar sifatida maydonga chiqa boshladi. 
Taxminan eramizdan oldingi VII asrlarda yirik ibodatxonalarning kichik – kichik 
moliyaviy vositachilik do‘konlariga aylanib borishi natijasida, shuningdek, pul 



muomalasini tartibga solishda muammolarning vujudga kelayotganligi sababli metall 
tangalarni muomalaga chiqarish va pul muomalasini tartibga solish huquqini davlat 
o‘z qo‘liga ola boshladi. 
Hozirgi kunda, siz bilan biz bank sifatida biladigan moliyaviy muassasalarning 
dastlabki ko‘rinishlari XVI asrda Angliyada vujudga kelgan. E’tiborli jihati shundaki, 
dastlabki bankirlar oltin metallardan turli zebu – ziynatlar yasaydigan zargarlar yoki 
yirik savdo bilan shug‘ullanadigan savdogarlar ichidan chiqqan. SHuningdek, 
Florensiya va Venetsiyada XVI asrda jirobanklar vujudga keldi. Keyinchalik banklar 
Amsterdam, Gamburg, Miland, Nyurenberg kabi yirik shaharlarda tashkil topa 
boshlagan. Ushbu banklar asosan yirik savdogarlarning oltin tangalarini saqlash va 
ularning to‘lov hisob – kitoblarini amalga oshirish bilan shug‘ullangan. 
Hozirgi paytda faoliyat yuritayotgan Markaziy bankka o‘xshagan bank birinchi marta 
Stokgolmda 1650 yilda, keyinchalik 1694 yilda Angliyada tashkil topgan bo‘lib, bu 
bank pul emissiyasini amalga oshirish, mamlakatda tijorat banklari faoliyatini 
tartibga solish kabi ishlarni bajargan. 
Banklar yirik savdogarlar, zargarlar va boshqa shaxslarning hisob – kitoblarini 
bajarish bilan birga, jamiyatdagi vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larini jalb qilish 
asosida juda yirik miqdorda ssuda kapitalini jamg‘aradilar, ushbu mablag‘ kredit 
sifatida iqtisodiyotning turli bo‘g‘inlariga yo‘naltiriladi. SHu tariqa, kapitalistik 
jamiyatda “bank” deb yuritiladigan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 
“korxona”lar tashkil topdi. 
Banklarning mohiyatiga iqtisodiy adabiyotlarda turli yondashuvlar mavjud. “Bank” 
etimologiyasiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, “bank” so‘zi qadimgi fransuzcha 
“banque” va italiyancha “bansa” so‘zlaridan paydo bo‘lib, “almashtirish stoli” 
ma’nosini anglatishining guvohi bo‘lamiz. 

Download 294,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish