9-ma’ruza: Turkistonda boshqaruv tizimining shakllanishi va ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi o’zgarishlar va madaniy hayot Reja



Download 77,5 Kb.
bet2/3
Sana18.02.2022
Hajmi77,5 Kb.
#450283
1   2   3
Bog'liq
9-ma\'ruza

Birinchidan, respublikaning nomini o‘zgartirish, uni Turkiston Muxtor Sho‘ro Respublikasi emas, balki «Turk Respublikasi» deb atash;
Ikkinchidan, Turkiston Kompartiyasini «Turk kompartiyasi» nomi bilan yuritish;
Uchinchidan, «Turkiston Respublikasining Konstitutsiyasi»ni qaytadan ko‘rib chiqish, milliy harbiy qo‘shin tuzish.
Turkkomissiya a’zolari Turor Risqulov takliflarini bekor qildira olmadilar. Konferensiya Turkiston Kompartiyasini «Turk kommunistik partiyasi» deb atash to‘g‘risidagi qaror qabul qildi. Ammo V.I.Lenin boshchiligida Kompartiya Markaziy Qo‘mitasi va Sho‘ro hukumati konferensiya qarorlarini e’tiborga olmadi, konferensiyada Turkiston mustaqilligi masalasini ko‘tarib chiqqan T.Risqulov va uning maslakdoshlariga qarshi kurashni tashkiliy jihatdan boshlab yubordi. Bu ishda Turkiston Kompartiyasining V 0‘lka konferensiyasida qatnasha olmagan Turkkomissiya a’zosi M.V. Frunze alohida rol o‘ynadi. T. Risqulov V.I.Leninga bir necha bor konferensiya qarorlarini tasdiqlashni so‘rab radiogramma qilgan bo‘lsa-da, bu ishdan foyda chiqmadi. 1920-yil 22-fevralda Moskvadan yaxshigina «nazariy maslahatlar» olib Toshkentga yetib kelgan M.V.Frunze Konferensiya ishida qatnasha olmaganini ro‘kach qilib, konferensiya qaroriga ochiqdan-ochiq qarshi chiqdi.

  1. yil 8-martda RKP (b) MQ Turkiston Kompartiyasi to‘g‘- risidagi qaromi imzolaydi. Ammo Turk Kompartiyasi va Turk Respublikasi haqidagi qaromi tasdiqlamaydi. Markazning tutgan bu yo‘lidan norozi boigan T.Risqulov va N.Xo‘jayev boshliq Turkiston MIQ vakillari 1920-yil 17-mayda Moskvaga keladilar va Turkiston­ning mustaqilligini ta’minlashga qaratilgan dastumi imzolash uchun RXP (b) MQga topshiradilar. Unda Turk Respublikasini va Turk Kompartiyasini tan olish, Turkkomissiyani bekor qilish, Turkiston fronti harbiy inqilobiy Kengashi huquqlarini cheklash, Turkistondan qizil askarlar qo‘shinlarini olib chiqib ketish yoki uning mslardan iborat qismini milliy ixtiloflami kuchaytirayotganligi uchun qurol- sizlantirish, musulmonlardan milliy qo‘shin tuzish kabi talablar qo‘yilgan edi. Shuningdek dasturda tashqi aloqalar, tashqi savdo va harbiy masalalami RSFSR ixtiyoridan olib Turkiston MIQga berish ilgari surilgan edi. RKP (b), MQ va Sho‘ro hukumati bu talablaming barchasini rad etdi. Faqat rad etdigina emas, mustaqillik va istiqlol uchun kurashuvchilarga qarshi keskin choralar ko‘rdi, ulami qonundan tashqari deb e’lon qildi. Istiqlolchilar bilan, ularning boshliqlari va yalovbardorlari bilan har qanday muzokaralar va murosayu madoralar, ularning qarindosh-urug‘larini garovga olish bekor qilinib, uning o‘miga yoppasiga qirib tashlash usuli qo‘llanildi. T.Risqulov V.I.Lenin bilan bir qator suhbatlardan so‘ng o‘z xatti-harakatlarining quruq sarob ekanligini angladi. 0‘zining to‘g‘ri takliflari va g‘oyalari uchun «millatchilik sari og‘ish»da ayblandi. T.Risqulov va uning maslakdoshlari rahbarlik lavozimlaridan chetlashtirildilar.0‘shanda Lenin bilan suhbatlashganlardan yana biri Nizomid- din Xo‘jayev (Turkiston MIQ raisi o‘rinbosari) ham uning nomiga yozib qoldirgan ma’ruzanomasida Farg‘onada Sho‘ro tomonidan mahalliy xalqqa qarshi olib borilayotgan vahshiyona siyosatni qoralagandi. U ma’ruzanomada Farg‘onada 35 qo‘rboshi ikki yil- dan beri jang harakatlari olib borayotganlari, «bosmachilik» fronti tugashi o‘miga, aksincha avj olib borayotgani, dashnoqlar, Jaloloboddagi rus quloqlarining yordami va qo‘llab-quwatlashuvi hamda Turkiston mustamlakachilari «kommunist»laming noto‘g’ri siyosat olib borganligi oqibatida «bosmachilar» bir necha ming pivoda askarga ko‘payganini yozgan edi. «Rasmiy xabarlarga ko‘ra, - deb yozadi N.Xo'jayev, - Farg‘ona fronti tugatilgan, ammo dushman qizil ordenlar bilan yana bizga qarshi va o'sha mash’um Farg‘ona partizanlik fronti va bu dushman mahalliy kommunistlar hamda Sho'ro xodimlarim so‘ydilar va so‘ymoqdalarki, bunga sabab qizil askarlar va dashnoqlaming bosmachilarga qarshi kurash niqobida tinch aholini qirib tashlaganida, ayollar nomusiga tegiiayotganida, 26 qishloqni qirganlarida, O'zganda 1500 kishi qirib tashlanganida, urushning ikki yilida Farg‘onada harbiy o‘ljaning pulemyot, miltiq va boshqalaming umumiy jami yo‘qli- gidadir. Sizga ta’riflash uchun Farg'onadagi dashnoqlar to'g'risida ma’lumot beraman. Abram degan bir kishi (armani, qizil askar) Quva qishlog‘ida qurolsiz musulmonlardan 87 kishini, o‘rtoq Martin 47 kishini qilich bilan chopib tashladi, Farg‘onada shunday holat yuzaga kelgan bir paytda Farg‘ona diviziya harbiy komissari qilib (Turk MIQ Raisi o‘rinbosarining noroziligiga qaramasdan) kommunist, armani Saakov tayinlandi. Bu shuni isbotlamoqdaki, birinchidan, Turkkomissiya mahalliy mas’ul xodimlarga nisbatan faqat tilmoch sifatida munosabatda bo‘lmoqda. Ikkinchidan, butun Turkiston voqeasida mahalliy xodimlar ahvolini tasavvur qilish mumkin bo‘ladi»!.

RKP (b) MQning Siyosiy Byurosi 1920-yil 29-iyunda «RKP (b)ning Turkistondagi asosiy vazifalari to‘g‘risida» degan nomda birlashtirilgan bir necha qarorlar qabul qildi. Jumladan, «Turkistonda hokimiyatni tashkil etish to'g'risida» degan qarorda Turkistonda Butun Rossiya Markaziy Ijroiya Qo'mitasi, RSFSR Xalq Komissarlari Kengashi va RKP (b) MQning doimiy vakolatxonasi (amalda nazoratchisi) boiishi zarurligi ko‘rsatildi. Bu bilan hatto Turkiston Kompartiyasi Sho‘rolar 0‘lka Markaziy Ijroiya Qo‘mitasining harakat doirasi ham cheklanib nazoratga olindi.
T.Risqulov va uning tarafdorlari izini Turkiston Kompartiyasi va Turkiston Sho‘rolari muassasalaridan batamom quritish maqsadini ko‘zlab Turkkomissiya 1920-yil 19-iyulda o‘lka qo‘mitasini tar- qatib yuborish va Turkiston Kompartiyasining muvaqqat Mar­kaziy Qo‘mitasini tuzish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Uning tarkibiga K.S.Otaboyev, S.Asfandiyorov, V.P.Bilik, X.Ibrohimov, N.T.To‘raqulov, K.Hakimov, D.Ustaboyev va boshqalar kiradilar. N.T.To‘raqulov muvaqqat Markaziy Qo‘mita Ijroiya byurosining mas’ul kotibi etib saylandi. Ayni vaqtda qarorda Turkiston MIQning tarkibini yangilashga qaror qilindi. Uning raisi etib Abdulla Rahimboyev tayinlandi. Ana shu davrdan Turkistonda partiyani va sho‘ro idoralarini «yot elementlar» va «kontrinqilobchi kuchlar»dan tozalash boshlandi. Natijada Turkiston Kompartiyasida 1920-yil oxirida 58 ming a’zo bo‘lgan bo‘lsa. 1924-yilda ulaming soni 26 ming kishiga tushib qoladi9.
Xullas, 1920-yillarga kelib mustaqillik uchun oshkora kurash olib borish mumkin bo‘lmay qoldi. Bunday kurash yo‘lini tanlaganlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri bosmachilar deb e’lon qilindi. Mafkura sohasida g‘oyaviy kurash olib borganlarga esa «millatchilar» tamg‘asi bosildi. Huddi ana shu davrdan e’tiboran mahalliy milliy ziyolilar va istiqlolchilaming kattagina qismi о ‘ z kurash taktikalarini о ‘ zgartirdilar. ular Kompartiya saflarida bo‘lib, sho‘ro idoralarida turli mas’ul lavozimlarda ishlab milliy istiqlol uchun Sho‘ro hukumatiga qarshi zimdan ish olib borishga o'tdilar. «Biz yashirin ish olib borayotgan bo‘lsak-da, bu kurashni Sho'ro muassasalarida va kommunistlar partiyasida rasmiy vaziyatda ishlayotgan do'stlarimiz bilan toia ravishda maslahatlashib, bir yo‘nalishda olib borardik»10, - degan edi Zaki Validiy To‘g‘on.
Shunday qilib, bolsheviklar Turkiston o‘lkasida o‘zlarining yakka hukmronlik mavqelarini o‘matish yo‘lida hech narsadan qaytmadilar. Ular bu maqsadni ro‘yobga chiqarish uchun xalq ommasining ongini zaharlashga qaratilgan tashviqot, targ‘ibot va ayg‘oqchilikdan tortib to dahshatli qirg‘in, talon-toroj qilish va o‘tdayondirishgacha bo‘lgan barcha vositalardan foydalandilar. Bu hoi Sho‘rolarga qarshi xalq ommasi qahr-g‘azabi va nafratini borgan sari kuchaytirdi.



Download 77,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish