9-ma`ruza: O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar (2-soat)



Download 272,77 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana18.01.2022
Hajmi272,77 Kb.
#387024
  1   2   3
Bog'liq
9-ma`ruza



 

 

9-ma`ruza: O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sohasida amalga 



 oshirilgan islohotlar (2-soat). 

 

Mustaqillik yillarida ilm-fanning rivojlanishi. Yangi jamiyat qurishda ta’lim 

va  tarbiyaning  o‘rni  va  roli.  “Ta’lim  to‘g‘risida”gi  Qonun  va  “Kadrlar 

tayyorlash Milliy dasturi”ning qabul qilinishi. Dasturning maqsad va vazifalari, 

uni  amalga  oshirish  mexanizmi  va  bosqichlari.  Ta’limning  milliy  modelining 

shakllanishi,  rivojlanishi  va  sohadagi  muammolar.  O‘zbekistonda  yangi  avlod 

kadrlar tayyorlash sohasidagi o‘zgarishlar. Oliy ta’lim sohasida qabul qilingan 

Qonunlar  va  ularda  belgilangan  vazifalar.  Ta’lim  sohasida  xalqaro 

hamkorlikning yo‘lga qo‘yilishi: yutuqlar va kamchiliklar.  

 

Ma’naviy-ma’rifiy    sohadagi    yutuqlarimiz    ta’lim  tizimidagi    tub  



o‘zgarishlarda    yaqqol    namayon    bo‘lmoqda.    Xalq    ta’limini  isloh  qilish, 

kadrlar  tayyorlash  tizimini  mustahkamlash  sohasida  muhim  chora-tadbirlar 

amalga  oshirildi.  YAngi  oliy  o‘quv  yurtlari  tashkil  etilib  bilimlarning  yangi 

tarmoqlari bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi Oliy  ta’lim  tizimidagi 16  

universitetning 12  tasi  mustaqillik yillarida tashkil etildi. Mustaqillik yillarida 

eng  zarur  zamonaviy  mutaxassisliklar    bo‘yicha    o‘nlab    yangi    oliy    o‘quv  

yurtlari-    Mudofaa  vazirligi  qoshida  Harbiy  akademiya,  Ichki  ishlar  vazirligi 

qoshida  Ichki  ishlar    akademiyasi,    Bank-moliya    akademiyasi,    Jahon  

iqtisodiyoti  va diplomatiya  universiteti,  Toshkent  aviatsiya  instituti,  Navoiy  

tog‘-konchilik  instituti,  Toshkent  Moliya  instituti  va  boshqalar  tashkil etildi.  

Prezidentimiz    Islom    Karimov    tashabbusi    bilan    ta’limni    tubdan  isloh  

qilish    yo‘llari    ishlab    chiqildi.  1997    yil  27    avgustda    Oliy  Majlisning  IX  

sessiyasida    O‘zbekiston    Respublikasining«Ta’lim  to‘g‘risida»  Qonuni 

va«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul qilindi.  

Milliy  dasturning  maqsadi  ta’lim  sohasini  tubdan  isloh  qilish,  uni 

o‘tmishdan  qolgan  mafkuraviy  qarashlar  va  sarqitlardan  to‘la  xalos  etish, 

rivojlangan    demokratik    davlatlar    darajasida,    yuksak    ma’naviy    va  axloqiy  

talablarga  javob  beruvchi  yuqori  malakali  kadrlar  tayyorlash milliy tizimini 

yaratishdan iboratdir. 

Kadrlar    tayyorlash    milliy    dasturida    belgilangan    vazifalarni  bajarish  

umumxalq,  umummillat  ishiga  aylandi. 2001  yilda  Kadrlar tayyorlash  milliy  

dasturini  amalga  oshirishning  birinchi  bosqichi yakunlandi.  

2001    yilda    Respublikamizda  6742    ta    maktabgacha    ta’lim 

muassasalarida  608500  nafar    o‘g‘il-qizlar    tarbiyalandi.    Ularda  65862  nafar  

pedagog,  tarbiyachi  va  boshqa  xodimlar  xizmat  qildi. 9727  ta umumta’lim  

maktablarida 440762 nafar  o‘qituvchi 6,3 mln.  o‘quvchiga ta’lim  bermoqda.  

Umumiy    o‘rta    ta’lim    bo‘yicha    barcha    o‘quv    fanlaridan  Davlat    ta’lim  

standartlari    ishlab    chiqildi    va    ular  346  ta    maktabda  tajribadan    o‘tkazildi,  

ta’lim    jarayoniga    joriy    etildi.    Davlat      ta’lim  standartlariga  mos  o‘quv 

dasturlari va darsliklari yaratildi.  

Kadrlar    tayyorlash    milliy    dasturini    eng    muhim,    O‘zbekistonga    xos 

xususiyati  yangi  turdagi3  yillik  o‘rta  maxsus,  kasb-hunar    ta’limi  tizimini  




 

 

yaratishdir.  1998-2004    yillar    davomida    zamonaviy    o‘quv-laboratoriya 



uskunalari  bilan  jihozlangan54  ta  akademik  litsey  va  533  ta  kasb-hunar  kolleji 

barpo  etildi.  Bu  maqsadlar  uchun  135  mlrd.  so‘m  mablag‘  sarflandi.  O‘rta 

maxsus  o‘quv  yurtlariga  zarur  bo‘lgan  jihozlar  sotib  olish  uchun  jalb  qilingan 

chet  el  investitsiyalarining  miqdori  150  mln.  AQSH  dollarini    tashkil    etdi.  

Davlat  ta’lim  standartlari,  o‘quv  dasturlari ishlab chiqildi, amaliyotga kiritildi 

va darsliklar yaratildi. 2003-2004 o‘quv  yilida  akademik  litseylarda26,2 ming,  

kasb-hunar  kollejlarida 531,6 ming o‘quvchi ta’lim oldi.  

Oliy ta’lim tizimida katta o‘zgarishlar qilindi. Oliy ta’lim ikki bosqichdan- 

bakalavriat    va    magistraturadan    iborat    etib    qayta    tashkil  etildi.  62  ta  oliy 

o‘quv yurtlarida ta’lim olayotgan bo‘lajak bakalavr va magistrantlar soni 2003-

2004  o‘quv  yilida  254400  nafarni  tashkil  etdi.  18486  nafar  professor-

o‘qituvchilar mehnat qilmoqdalar, ularning 1462 nafari fan doktori, 7201 nafari 

fan nomzodidir. O‘tgan 4 yil davomida barcha  yo‘nalishlar  bo‘yicha  bakalavr  

va  magistrlar  uchun  qo‘yiladigan talablarni o‘zida mujassamlashtirgan Davlat 

ta’lim  standartlari,  o‘quv  dasturlari  yaratildi.  Oliy  ta’lim  uchun  1129  nomdagi 

darslik  va  o‘quv  adabiyotlari    nashr    etildi    va    Oliy    o‘quv    yurtlari  

kutubxonlariga tarqatildi.  

Mamlakatimizda  iqtidorli  yoshlarni  izlab  topish,  ularga ko‘maklashish,  

qo‘llab-quvvatlash    bo‘yicha    davlat    siyosati    sobit    qadamlik  bilan    olib  

borilmoqda.  Iste’dodli  yoshlarni  moddiy  va  ma’naviy rag‘batlantirish,  chet  

elda    o‘qishini    qo‘llab-quvvatlash    maqsadida  “Respublika    bolalar    fondi”, 

“Sog‘lom    avlod    uchun”,  “Iste’dod”  jamg‘armalari  tashkil  topdi.  Ta’lim 

sohasida AKSELS, AYREKS, AQSH kollejlari  konsorsiumi,  SARE,  Tinchlik  

korpusi(AQSH),  Konrad Adenauer fondi, Britaniya kengashi, SAUD Al-Baptin 

fondi(Misr) kabi xalqaro  tashkilotlar  bilan  hamkorlik  yo‘lga  qo‘yildi. 2000  

dan  ortiq talaba va mutaxassislar chet elda o‘qib keldi.   

O‘zbekiston  ta’lim  tizimi  dunyo  miqyosida  kata  qiziqish  uyg‘otmoqda. 

Moskvadagi    Oliy    ta’lim    Xalqaro    Fanlar    akademiyasi    prezidenti 

V.SHukshunov  O‘zbekistonda  ishlab  chiqilgan  bu  Milliy  dasturni  mazmun-

mohiyati    jihatidan    tengi    yo‘q    hujjat,    deb    ta’rifladi.    O‘zbekistonda 

yaratilayotgan  ta’lim  tizimi «Ta’limning  o‘zbek  modeli» deb  e’tirof etildi. 

Jamiyat  ma’naviyatini  yuksaltirish  sohasidagi  eng  asosiy  vazifa  milliy 

istiqlol  g‘oyasini 

shakllantirish  va 

odamlar 

ongiga 


singdirishdan 

iboratdir. 

1993  yil  23  aprel  kuni  Prezident  Islom  Karimov  bir  guruh  adiblar 

bilan  suhbat  qilib,  milliy  istiqlol  g‘oyasini  O‘zbekiston  Respublikasi 

Oliy  Kengashining  XII  sessiyasida  1993  yil  7  may  kuni  nutq  so‘zlab, 

Prezident 

Islom 

Karimov 


qo‘yidagilarni 

ta’kidladi: 

•  milliy  istiqlol  g‘oyasi  xalqimizning  azaliy  an’analariga,  udumlariga, 

tiliga, 


diliga, 

ruhiyatiga 

asoslanib, 

kelajakka 

ishonch, 

mehr-oqibat, 

insof,  sabr-toqat,  adolat,  ma’rifat  tuyg‘ularini  ongimizga  singdirishi 

lozim. 


•  SHu  bilan  birga  bu  g‘oya  xalqimizda  o‘zining  qudrati  va  himoyasiga 

suyangan 

holda, 

umuminsoniy 

qadriyatlarga 

asoslanib, 

jahon 



 

 

hamjamiyatidagi  taraqqiy  topgan  davlatlar  orasida  teng  huquqli  asosda 



munosib  o‘rin  egallashiga  doimiy  intilish  hissini  tarbiyalamog‘i  kerak. 

«Tafakkur»  jurnalining  1998  yil  2-sonida  jurnal  bosh  muxbirining 

savollariga  Prezident  I.Karimovning  javoblari  e’lon  qilindi.  Mazkur 

javoblarda  milliy  g‘oyamizni  nazariy  va  amaliy  jihatlari  yanada  chuqurroq 

yoritildi.  Bugungi  kunda  sobiq  sovetlar  zamonida  hukmronlik  qilgan, 

odamlarni qullik, mute’lik holatiga solgan, manqurtga aylantirgan kommunistik 

mafkurani 

tanqid 


qilish, 

ta’qiq 


qilish, 

ma’muriy 

choralar 

ko‘rish yo‘li bilan engib bo‘lmaydi. «G‘oyaga qarshi faqat g‘oya, fikrga qarshi 

faqat  fikr,  jaholatga  qarshi  faqat  ma’rifat  bilan  bahsga  kirishish, 

olishish mumkin», - degan haq fikrni ilgari surdi.

 


Download 272,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish