1. Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi muammosi
Balog’at yoshiga yetmaganlar va yoshlar o’rtasidagi jinoyatchilik butun dunyoda eng dolzarb ijtimoiy muammolardan biri hisoblanadi. Bunday jinoyatchilikning o’sishi eng avval rivojlangan kapitalistik mamlakatlar uchun xosdir. Balog’at yoshiga yetmaganlar va yoshlar o’rtasida jinoyatchilikning asosiy sabablari deb g’arb mutaxassislari yoshlar o’rtasidagi ishsizlikni, yoshlarning kelajaklariga ishonmasliklari, jamiyatni boshqarish hozirgi zamon usullaridan qoniqmasliklarini ko’rsatadilar.
Masalan, Germaniya politsiyasi ma’lumotlari bo’yicha 1996 yili hibsga olingan hamma huquqbuzarlardan 14 % doimiy ish joyiga ega emas edi. Aniq harakatlar bilan o’g’rilik qilgan jinoyatchilar orasida ishsizlar to’rtdan bir qismini tashkil etdilar, ular tomonidan shaxslarga nisbatan jinoyatlar 28 %, 34 % bosqinchiliklar amalga oshirilgan.
G’arb mutaxassislari balog’at yoshiga yetmaganlar orasida jinoyatchilikning o’sib borishi sabablari haqida boshqa fikrlarni ham aytadilar. Masalan, balog’at yoshiga yetmaganlar uchun odil sud va huquqbuzarlikni olidini olish AQSH federal byurosi rahbari A.Regneri o’smirlar orasida jinoyatchilikning asosiy sabablari oilalarning buzilishi, bolalar bilan beraxm munosabatlarda bo’lish, bolalarning ta’lim olish va tarbiyalanish huquqlarining buzilishi, yashash uchun qulay sharoitlarining bo’lmasligi va natijada bolalarning uydan ketib qolishlari deb hisoblaydi. Konnektikut shtatida balog’at yoshiga yetmaganlarni tekshirish juda jiddiy zulm o’tkazgan jinoyatchilar orasida 75 % o’zlariga ham ota-onalari va boshqa shaxslar tomonidan shavqatsiz munosabat ko’rsatilganini aniqlab berdi. Ular kuch ishlatib jinoyat sodir etishlarning umumiy sonidan 33 % ni sodir etganlar.
Yaponiyalik mutaxassislar o’z mamlakatlarida balog’at yoshiga yetmaganlar jinoyatlari hozircha o’sib borishi sabablarini o’ziga xos baholaydilar. Ular jinoyatchilik o’sishi turmush sharoitlaring, farovonlikning o’sishi va o’qish bilan, oilada tarbiyaning yetarli bo’lmasligi, oilaning an’anaviy qadriyatlari buzilishi, individualizmning namoyon bo’lishi bilan bog’liq oqibatlar-stresslar sababli deb hisoblaydilar. Yaponiyada o’tkazilgan tekshirishlar balog’atga yetmagan huquqbuzarlar ko’pincha ota-onasiz o’sgarlar, hamda kam ta’minlangan oilalardan chiqqan bolalar bo’lib chiqishini ko’rsatdi.
Rossiyalik mutaxassislar ham jinoyatchilikning o’sishini ko’rsatadilar. Hozirgi davrda o’smirlar Rossiyada aholining eng kriminogen zararlangan qismi hisoblanadilar.
O’zbekiston Respublikasi jinoyat Kodeksiga binoan balog’at yoshiga yetmagan huquqbuzar deb jinoyat sodir etish paytiga kelib 14 yoshga to’lgan, lekin hali 18 yoshga to’lmagan shaxslar hisoblanadilar. Balog’at yoshiga yetmaganligi javobgarlikni yumshatuvchi holat sifatida qaraladi. Masalan, balog’at yoshiga yetmaganlarga nisbatan ba’i bir jazolar ko’zda tutilmagan, xususan, o’lim jazosi.
O’zbekiston Respublikasi sud amaliyotida xukmni ijro etishni kechiktirishdan keng foydalanishni alohida ta’kidlash kerak, bundan hozirgi kunda ozodlikdan mahkum etiladigan hamma balog’at yoshiga yetmaganlarning taxminan yarmiga nisbatan qo’llanilmoqda.
Bundan tashqari, huquqbuzarlarning ma’lum qismi (20 % dan ortig’i) jazo berilishdagi yoki jinoiy javobgarlikdan ozod etilmoqda. Bu ishlar bo’yicha materiallar yoki balog’atga yetmaganlar ishlari bo’yicha komissiyalarga yuboriladi yoki ularga nisbatan majburiy tarbiyalash choralari qo’llaniladi, masalan, quyidagilar:
1) ogohlantirish;
2) ularni ota-onalari yoki ularni o’rnini bosuvchi shaxslar, yoki maxsus
davlat organlari nazoratiga topshiriladi.
3) keltirgan zararini qoplash majburiyati yuklatiladi.
4) bo’sh vaqti cheklanadi va boshqalar.
Tarbiyaviy ta’sir choralarini muntazam bajarmay kelgan holatida sud jinoiy javobgarlikka tortishi mumkin.
Shunday qilib, haqiqatda jinoiy jazolar jinoiy jazonadigan harakatlar amalga oshirgan o’smirlarning yarmidan kamiga nisbatan qo’llanilmoqda. Alohida balog’at yoshiga yetmaganlar uchun mumkin bo’lgan jazo (amalga oshirish) asosiy turi ozodlikdan mahrum etish hisoblanadi, bu jazoni ular tarbiyalash koloniyalarida o’taydilar. Agarda huquqbuzarlik sodir etgan o’smir 14 yoshga to’lmagan bo’lsa (ya’ni jinoiy javobgarlikka tortish yoshiga to’lmagan bo’lsa) uni maxsus o’quv-tarbiyaviy tashkilotga yuboradilar.
Ijtimoiy-pedagogikada delikvent hulqi deb o’rnatilgan huquqiy qoidalarni buzish va xuquqbuzarlikka olib keladigan hulqi tushuniladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |