Vintli birikma (4.33-shakl, a) tarkibiga biriktiriladigan detallar, vint va shayba kiradi.YAshirin kallakli (4.33-shakl, b) va o‘rnatish vintlari (4.33-shakl, d) bilan biriktirilgan birikmalarda shayba qo‘yilmaydi. YAshirin kallak ustki detalda bajarilgan maxsus zenkovkada joylashadi.
4.33-shakl. Vintli birikmalarning tasvirlanishi:
a) - silindrik kallakli, shaybali; b) - yashirin kallakli; d) - o‘rnatish vintli
birikma
Vintli birikmalarning tasvirlari shpilkali birikmalar tasvirlari kabi bajariladi. Ulardagi asosiy farq shundan iborat-ki, vintli birikmada rezbaning uzunligi buralib kiritiladigan chuqurlikdan birmuncha uzunroq bo‘ladi, vint rezbasining oxiri qismlarga ajralish chizig‘i bilan ustma-ust tushmaydi. Rezbaning qismlarga ajralish chizig‘igacha bo‘lgan zapasi 2P dan kam bo‘lmasligi kerak. Vintning burab kiritilish chuqurligi u burab kiritiladigan detalning materialiga bog‘liq bo‘ladi.
Rezbaning tashqi diametri d bo‘lganda burab kiritilish chuqurligi:
po‘lat, jez (latun), bronza uchun - d dan kam emas;
cho‘yan uchun - (1,5...2) d;
engil qotishmalar uchun - (2...2,5) d.
Vint rezbasining uzunligi I0 = 2d + 6 mm ga teng qilib olinadi. Berk rezba teshigining chuqurligi shpilkali birikma kabi hisoblab topiladi.
Vintning uzunligi I biriktiriladigan detallarning qalinligi, shayba qalinligi va burab kiritiladigan chuqurlikning yig‘indilari kabi aniqlanadi.
Vint kallagida bajarilgan shlitsa vint o‘qiga parallel tekislikka proeksiyalanib olingan ko‘rinishlarda hamma vaqt vint o‘qi bo‘yicha tasvirlanadi. Vint o‘qiga perpendikulyar proeksiyalar tekisligida shlitsa shartli ravishda 450 ga burab tasvirlanadi.
Bolt, vint va shpilkalarning shakli va uchlarining o‘lchamlari DST 12414-66 da belgilangan.
QUVURLARNING REZBALI BIRIKMALARI.
UMUMIY MA’LUMOTLAR
Zamonaviy sanoatda quvurlarning o‘lchamlari, materiali,
qoplamalari, tayyorlanish usullari bilan bir-biridan farqlanadigan keng assortimentini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Ommaviy
qo‘llaniladigan quvurlar standartlashtirilgan bo‘lib, buyurtmachi talablari bo‘yicha standartlarda ko‘zda tutilmagan quvurlarni ishlab chiqarish ham yo‘lga qo‘yilgan. Quvurlarni keng qo‘llanilishi turli xil zamonaviy konstruksiyalarni va ularni biriktirish usullarini yaratilishiga sababchi bo‘ldi. Ushbu mavzu doirasida quvurlarni rezbali biriktirishning o‘ziga xos tomonlari va ularni tasvirlashdagi shartliliklarni ko‘rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |