1. ATmega 8 Mikrokontrollerining ташқи кўриниши 1-расм.ATmega 8 Mikrokontrollerining ташқи кўриниши MK AVR : tezkor RISK-protsessor 2 ta energiya talab qilmaganda xotira (Flash-programma xotirasi va ma’lumotlar xotirasi EEPROM), operativ xotira RAM, kirish / chiqish portlari va turli xil preferik interfeys sxemalar.
2-rasm. Mikrokontrollerining arxitekturasining ichki ko’rinishi.
3-rasm. ATmega 8 Mikrokontrollerining ichki strukturali sxemasi.
3.Blo’klarning vazifalari
Protsessor CISC va RISC Buyruqlar soniga ko’ra protsessorlar 2 ga bo’linadi:
CISC (Complex Instruction Set Computer )
RISC (Reduced Instruction Set Computer)
CISC – murakkab buyruqlar, RISC – qisqartirilgan buyruqlar sistemasini bildiradi.
RISC da 1 taktda bajarilishi mumkin bo’lgan, saralab olingan buyruqlar to’plami. Bundan ko’rinib turibdiki CISC – buyruqlar to’plamining biror bir buyrug’iga RISC – buyruqlar to’plamining bir nechtasi to’g’ri keladi.Hattoki eng tez bajariladigan y 8051 buyrug’i ham 12 taktdan iborat.
Agarda har 1 CISC – buyruqlari uchun 3 ta RISC buyrug’i to’g’ri kelganda ham, natijada RISC – arxitekturasi 4 barobar unumliroq bo’lar edi.
Hozirgi vaqtda RISC va CISC o’rtasidagi chegara borgan sari kamayib bormoqda. Misol uchun AVR da 133 ta buyruqlar va bu buyruqlar CISC ga tegishli, ammo ularning ko’pchiligi bir taktda bajariladigan buyruqlar hisoblanadi, bu esa RISC buyruqlarining belgisi hisoblanadi.
AVR MK ning yuragi deb, RISC – arxitekturasida tuzilgan , 8 – bitli MPli yadro yoki markaziy protsessorli qurilma (ЦПУ) hisoblanadi.
ALQ bu – blokning asosi hisoblanadi.Sistemaning taktli signaliga ko’ra xotiradagi programmadan mavjud bo’lgan buyruqlar sanagichiga mos holda keyingi buyruqlar tanlanadi va arifmetik logic amal bajariladi.Programma xotirasidan buyruqlarni tanlash vaqtida, oldingi tanlangan buyruqlarning bajarilishi sodir bo’ladi.Bu esa o’z navbatida 1 MGs da 1MIPS tezkorlikga erishish imkonini beradi.
ALQ umumiy tayinlangan 32 ta registrlar POH (General Purpose Registers - GPR) ga ulangan. Ular baytli ko’rinishda va har biri 8 bitdan shuning uchun ularga 2 xil usulda murojat qilsa bo’ladi: registr sifatida va xotira sifatida.
Bunday yechim AVR ning afzalligi bo’lib bu shning samaradorligini va kontrollerning unumdorligini oshiradi.
Registrlar va Operativ xotiraning farqi shundan iboratki, registrlar ustida arifmetik – logic amallarni bajarish mumkin.
Operativ xotiraga esa faqatgina operativ xotiradan olingan ma’lumotlarni yozish mumkin.