9-Ma’ruza. Astrofizik metodlar rеjа



Download 20,4 Kb.
bet1/3
Sana08.01.2022
Hajmi20,4 Kb.
#331501
  1   2   3
Bog'liq
9-ma'ruza2


9-Ma’ruza. Astrofizik metodlar

RЕJА:

  1. Astrofizik tekshirishlarning xususiyatlari.

  2. Hozirgi zamon astrofizik ob’servatoriyalari.

  3. Ilmiy-texnik taraqqiyotda astrofizikaning roli

Tаyanch so’z vа ibоrаlаr: nazariy astrofizika, amaliy astrofizika, rentgen-astronomiya, gamma-astronomiya, observatoriyalar, radioastronomiya

1.Astrofizik tekshirishlarning xususiyatlari.

Astrofizik tekshirishlar fizik tajribalardan ayrim xususiyatlari bilan farq qiladi; birinchidan biz osmon yoritkichlarini va ular yuzida ro’y berayotgan jarayonlarni o’zimiz hohlagancha o’zgartiraolmaymiz, ikkinchidan, kuzatilayotgan harbir kosmik jarayon aynan betakrordir, uchinchidan, ayrim jarayonlar tez kechsa, boshqalari juda sekin kechadi va ularni boshidan oxirigacha kuzatish uchun odamning to’la hayoti tugul, butun odamzot jamiyatining madaniy hayotini o’z ichiga olgan davr ham yetarli emas. Biroq bu qiyinchiliklar osmon yoritkichlarini o’rganib bo’lmas ekan degan xulosaga olib kelmasligi kerak, aksincha, astrofizik tekshirishlar zehn va aqlni o’tkirlaydi.

Odam fikri koinotning shunday olis qismlarini qamrab oldiki u yerlardan yorug’lik nuri sukundiga 300 ming km tezlik bilan bizga millardlab yillardagina etib kelaoladi.

Osmon yoritkichlarining tabiatini o’rganish astrofizik ob’servatoriyalarda olib boriladigan astronomik kuzatishlardan boshlanadi. Astronomik kuzatish deganda biz yoritkichlarni osmon sferasida egallagan o’rnini va ulardan kelayotgan nurlanish oqimini o’lchashni, ularni suratga olishni va shunga o’xshash yoritkichdan kelayotgan nurlanish oqimi ustida olib boriladigan boshqa amallarni nazarda tutamiz. Astrofizik kuzatishlar ko’z bilan emas balki har xil o’lchash va tekshirish asboblari yordamida bajariladi. Kuzatish ashyolari yoki o’lchash natijalari deganda biz yoritkichlarning suratini yoki spektrini, avtomatik o’lchash asboblari yordamida qog’oz yoki magnit tasmaga yozib olingan, yoritkichning nurlanishiga oid yozuvlarni nazarda tutamiz. Kuzatish ashyolari laboratoriya sharoitida, kompyuter yordamida har xil usullar yordamida tahlil qilinadi. Bunday tekshirishlar natijasida yoritkichning fizik ko’rsatkichlari (temperaturasi, modda zichligi, tezligi va boshqalar) topiladi.




Download 20,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish