Geologik xarita I-I chiziq (yo’nalishi) bo’yicha geologik kesim
tuzish namunasi
Plakatda geologik xarita keltirilgan. Unda quyidagi maydonni tuzgan tog’
jinslarining modda tarkibi va yoshi shartli belgilar orqali ifodalangan (1-rasm).
Undan tashqari qatlamlarni bir-biriga nisbatdan joylashishi shartli belgilar
orqali ko’rsatilgan:
– gorizontal joylashish;
– antiklinal (yuqoriga qaragan qavariq).
Antiklinal – markazga, yon tomonlarga, qanotlarga ajratiladi. Uning
markazida - qadimiy jinslar, qanotlarida - yosh jinslar joylashgan bo’ladi.
– sinklinal (pastga qarab bukilgan botiqlik).
Sinklinal – markazda yosh qatlamlar yotadi. Odatda sinklinalning qulfi
pastga qaragan, qanotlaridagi qatlamlar o’rtasiga qarab yo’nalgan. Ag’darilgan
yotiq va to’ntarilgan sinklinallarda qanotlari bir tomonga tushadi, bu holda
sinklinallarning qulfi yuqoriga qaragan bo’ladi.
60
o
– qatlamning 60
o
burchak ostida og’ishi.
N – maydonning geologik xaritasi
Berilgan xaritada relefning asosiy elementi bo’lib daryo yon atrofi
(vodiysi) hisoblanadi. Daryo o’zani maydonning past sathlarida belgilanadi.
Daryo vodiysining qiyaliklari tog’ jinslarni qiya yotgan qatlamlaridan tuzilgan.
Daryoning chap tomonidagi tog’ jinslari qatlamlari gorizontga nisbatan 60
0
burchak ostida joylashgan, monoklinal joylashishga mansub; o’ng qirg’oqdagi
4
qatlamlar gorizontga nisbatdan 45
0
va 60
0
burchak ostida joylashgan, antiklinal
tarzda joylashgan.
Daryoning geologik ta'siri natijasida ikkita daryo maydonlari (terrasa)
hosil bo’lgan. Birinchi maydon (terrasa) daryoning o’zanini hosil qilgan;
ikkinchi maydon – lyossimon qumli loydan tuzilgan.
Kesim tuzilishi quyidagi ketma - ketlikda bajariladi:
1) I-I chiziq bo’ylab maydon xarakterli nuqtalarining qiymatlarini hisobga
olgan holda vertikal masshtab 1:5000 (ya'ni 1 sm da 50 m) tanlaymiz.
Gorizontal masshtab xarita masshtabiga teng;
2) bazis chiziq chizilib, bu chiziqqa 350 belgi qo’yamiz. Bazis chiziqqa
perpendikulyar ko’rinishida maksimal sathi 600 ga teng bo’lgan reyka sifat
vertikal chiziqli masshtab tushiriladi;
3) bazis chiziqqa kesim chiziqdan sathlarni proyeksiya qilamiz va
balandligi bo’yicha bosh (no’linchi) chiziqdagi joylashgan nuqtadan
oshadigan perpendikulyarni tiklaymiz;
4) nuqtalarni ravon birlashtirib, topografik profil tuzamiz (2-rasm);
5) topoasosga qatlamlarni chegarasi bilan kesim chizig’i tutashgan
nuqtalarni proyeksiya qilamiz;
6) kelib chiqqan nuqtalardan transportir va chizg’ich (lineyka) yordamida
qatlamlarni chegaralarini og’ish burchagiga mos ravishda o’tkazamiz. Birinchi
terassa (maydonni) tashkil etuvchi mayda tosh va ikkinchi terassani tashkil
etuvchi lyossli soztuproq gorizontal joylashgan;
7) tog’ jinslarining qatlamlarini berilgan shartli belgilar bilan shtrixlab
chiqamiz. Shtrixovka qatlamlarni chegarasiga nisbatan parallel chizib
ko’rsatiladi (3-rasm);
8) relef chiziqdan yuqoriroq (balandroq) qatlamlarni yuvilishdan oldin
bo’lgan holatini punktir chiziq orqali ko’rsatamiz.
5
Do'stlaringiz bilan baham: |