Ishning maqsadi: Havo tarkibida bo‘lgan gaz miqdorini (konsentratsiyasini) o‘lchash usullari va asbob-uskunalari bilan tanishish hamda amaliy jihatdan gaz miqdorini o‘lchash bo‘yicha tajriba orttirish.
Ishning vazifasi:
Ishlab chiqarishda yuzaga keladigan gaz va zararli moddalar bug‘larining turlari va ularning zararli hususiyatlari bilan tanishish.
Sanitar me’yor tomonidan turli gaz va bug‘larga belgilangan eng yuqori yo‘l qo‘yiladigan konsentratsiyalar va ularning xavflilik sinflari bilan tanishish.
Havodagi gaz miqdorini o‘lchovchi ko‘chma universal gaz tahlillagichning (UG-2) tashkil qiluvchi qismlari va ularning vazifalari bilan tanishish.
Ish o‘rnidagi havo tarkibida bo‘lgan gaz miqdorini o‘lchash bo‘yicha tajriba o‘tkazish.
Olingan natijalarni sanitar me’yor talabi bilan taqqoslash va xulosa qilish.
Zarur holatda havo tarkibidagi gaz miqdorini talab darajasiga keltirish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqish.
Ishni bajarishdagi texnika xavfsizligi talablari
Тajriba o‘tkazishdan oldin talabalar texnika xavfsizligi yo‘riqnomasidan o‘tishi kerak. Bunda asosiy e’tibor zararli gaz va bug‘lar bilan ishlashda amal qilinadigan xavfsizlik talablariga qaratilishi kerak.
Butun tajriba o‘tkazish jarayoni ma’sul shaxs nazorati ostida olib borilishi kerak.
Uskunani ruxsatsiz ishlatish taqiqlanadi.
Uskunada tajriba o‘tkazish davomida gaz va indikator poroshoklarining odamlarga ta’sir qilishining oldini olish kerak.
Тajriba tugashi bilan gaz manbasi berkitilishi shart.
Тajriba tugagandan keyin uskuna va asboblar bir-biridan ajratilishi va joy - joyiga qo‘yilishi kerak.
Тajribadan keyin ish o‘rni talab darajasida tartibga keltirilishi lozim.
Тajriba o‘tkazish uchun zarur asbob - uskunalar va materiallar.
Ko‘chma universal gaz tahlillagich (UG-2), 1 komp.
Gazli aralashma hosil qilish qutichasi.
Bug‘lanuvchi suyuqlikli (ammiakli) idish, 1 ta.
Aniqlanadigan gaz uchun shablon.
Spirtli yoki simobli termometr, 1 ta.
Barometr-aneroid (shkalasi o‘lchov birligi paskalda), 1 ta.
Sekundomer, 1 ta.
Umumiy ma’lumotlar
Ishlab chiqarish xonalari va ish o‘rinlari havosi ko‘p hollarda texnologik jarayonlarda qo‘llaniladigan zararli gazlar, aerozollar va zaharli va zararli moddalarning bug‘lari bilan ifloslanadi. Bu ishlab chiqarishdagi tashkiliy, texnik va boshqa sabablar tufayli sodir bo‘ladi. Masalan, meliorativ mashinalarni ta’mirlash korxonalarining detallarni yuvish, gaz va elektr payvandlash, temirchilik, akkumulyatorlarni zaryadlash va boshqa xonalarida neft mahsulotlari, kislotalar, ishqorlar bug‘lari va boshqa turli xil zararli gaz va bug‘lar hosil bo‘lib ishlovchilar sog‘lig‘i va ish qobiliyatiga salbiy ta’sir qiladi. Zaharli moddalar organizmga nafas olish organlari, oshqozon-ichak, teri va boshqa organlar orqali o‘tishi mumkin. Organizmga kirgan moddalar tezda tarqalib hayotiy zarur organlardan yurak, bosh miya, jigar va buyrakda to‘plana boshlaydi.
Zaharli moddalarning ta’siri natijasida ishlovchilarda o‘tkir yoki xronik zaharlanish holatlari yuzaga kelishi mumkin. Zaharlanish oqibati ishlovchining yoshiga, jinsiga, organizmning xususiyatlariga, ish og‘irligiga, zaharli moddaning kimyoviy tuzilishi va fizik xossalariga, havodagi miqdoriga (konsentratsiyasiga), ta’sir qilish davomiyligiga va mikroiqlim ko‘rsatkichlariga
bog‘liq.
Zaharli va zararli moddalar organizmga ta’sir qilish xususiyati bo‘yicha umumiy zaharlovchi (pestitsidlar, mineral o‘g‘itlar, dvigatellar qoldiq gazlari, benzin va kerosin bug‘lari, fosfor va simobning organik birikmalari), yallig‘lantiruvchi (kislotalar, ishqorlar, xlor, ftor, oltingugurt va azot birikmalari), sezgirlikni oshiruvchi (simob birikmalari, al’degidlar, erituvchilar, nitrolaklar va boshqa), konseragen (asbest changi, margimush, arezin, kalsiy arsenat va boshqa) va mutagen (qo‘rg‘oshin, marganets, etilenamin, nikotin va boshqa) ta’sir qiluvchi guruhlarga bo‘linadi.
Ko‘pgina zaharli moddalar haroratning ko‘tarilishi bilan suyuq holatdan bug‘simon holatga o‘tib nafas yo‘llari orqali organizmga o‘tadi. O‘pkaning nafas olish yuzasi 100 kv.m ga yaqin bo‘lib, uchuvchi moddalar u orqali havo bilan qonga so‘rilada. Keyin katta qon aylanish sistemasiga o‘tadi va ta’sir kuchi oshadi. Avtomobil benzini xona haroratida 1 kv.m yuzadan
400 g/sek tezlik bilan bug‘lanadi va boshqa neft mahsulotlariga qaraganda ko‘proq zaharlaydi. Benzinning havodagi 3-4 g/kub.m miqdori 2-
3 minutdan keyin yo‘talishni, ko‘zdan yosh oqishini, chayqalib yurishni keltirib chiqaradi, 30-40 g/kub.m miqdori esa 3-4 marta nafas olgandan keyin odamni zaharlab, xushidan ketkazadi.
Ayrim zaharli moddalarning bug‘lari va gazlarning havo bilan aralashmalarida portlash uchun xavfli pastki va yuqori konsentratsiya chegaralari mavjud. Masalan, hajmga nisbatan foiz hisobida, ammiakning pastki chegarasi 17, yuqori chegarasi 27, benzinning (qaynash temperaturasi 64...94 ºS bo‘lganiniki) pastki chegarasi 1,9, yuqori chegarasi 5,1, kerosinniki mos ravishda 0,64 va 7,0, atsetonniki mos ravishda 2,91 va 13, benzolniki mos ravishda 1,43 va 9,5 teng.
Hozirgi vaqtda zaharli va zararli moddalar bug‘larining havoga tarqalishini butunlay bartaraf qilish juda mushkul texnik vazifa bo‘lib, uni amalga oshirish katta moddiy xarajatlar bilan bog‘liqdir. Shunga ko‘ra, ishlab chiqarish sanitariyasida zaharli va zararli moddalarning havodagi eng yuqori
yo‘l qo‘yiladigan konsentratsiyalarini (EYUK), ya’ni bezarar miqdorlarini asoslash zarurati vujudga keladi. SN 245-71 va GOSТ 12.1.005-88 tomonidan ba’zibir moddalar bug‘larining va gazlarning havo tarkibidagi konsentratsiyalariga me’yorlar belgilangan (3-ilova). Bu moddalar havodagi eng yuqori yo‘l qo‘yiladigan konsentratsiyalari bo‘yicha ham 4 ta sinfga bo‘linadi: o‘ta xavfli sinf (EYUK <0,1 mg/m3); yuqori xavfli sinf (0,1 3); o‘rtacha xavfli sinf (1,0 < EYUK <10 mg/m3) va kam xavfli sinf (EYUK > 10 mg/m3).
Ishlab chiqarishda ishlovchilarning zaharlanishlarini, portlash hamda yong‘in chiqishining oldini olish uchun havo tarkibidagi zararli va zaharli moddalarning miqdorini nazorat qilib turish lozim. Buning uchun laboratoriya, chiziqiy–koloristik (tezkor uslub) va avtomatik tahlillash uslublaridan foydalaniladi.
Laboratoriya uslubida ifloslangan havodan nasos yordamida namuna olinadi va laboratoriya sharoitida uning kimyoviy tarkibi mukammal tahlil qilinadi. Bu uslub o‘zining aniqligi va mukammalligi bilan ajralib turadi. Lekin u maxsus jihozlangan laboratoriyani talab qiladi.
Chiziqiy–koloristik uslubda esa ko‘chma universal gaz tahlillagich (UG- 2) qo‘llaniladi (3.1-rasm). Bu uskuna yordamida, ishlab chiqarishning har qanday sharoitida, ish joyining o‘zida tezkor ravishda gaz va bug‘larning havodagi konsentratsiyalari aniqlanadi.
Avtomatik uslub esa maxsus avtomatik uskunalarni qo‘llashga asoslangan. Bu uskunalar bilan o‘ta xavfli sinfga (1-sinf) kiruvchi zararli va zaharli moddalarning havodagi konsentratsiyasi doimiy ravishda nazorat qilib turiladi.
Havodagi gazlar va zararli moddalar bug‘lari konsentratsiyasini o‘lchashning chiziqiy–koloristik uslubi
10>1>
Do'stlaringiz bilan baham: |