9-labaratoriya ishi Operatsion kuchaytirgich parametrlarini tadqiq etish Ishning maqsadi: Operatsion kuchaytirgichlar bilan tanishish.Inverslaydigan va inverslanmaydigan operatsion kuchaytirgich ishlash prinsipini o’rganish va LM324 (N) mikrosxemasi yordamida parametrlarini tadqiq etish.
Integral ko’rinishda bajarilgan operatsion kuchaytirgich (OK) – bu universall analog mikrosxemadir. U ikki kirishli differensial kuchaytirgichda bajarilgan keng polosali o’zgarmas tok kuchaytirgichi bo’lib, chiqishida shakllanayotgan signal kirishdagi signallarning farqiga teng bo’ladi.
2.1. Laboratoriya ishini bajarish. Ilovadan tadqiq etilayotgan OK shartli belgisini chizib oling (chiqish raqamlari va tahrirlash elementi bilan), chegaraviy qiymatlarini yozib oling. 9.5– rasmdagi inverslamaydigan OK sxemasi Multisim dasturiy muhitidan foydalangan holda yig‘ing. Generatorni sozlashda chastota E va R kafedrasi assistenti X.N. Teshaboyev qiymatini 1 kHz, amplitudasini 100 mV qilib o‘zgaruvchan signalga sozlang (qo‘llanma ohirida Multisim dasturiy muhiti yig‘ilgan sxema keltirilgan). Berilgan variant bo‘yicha R1 qarshilik qiymatidan foydalangan holda OK kuchaytirish koeffitsiyenti K = (1 +𝑅2/𝑅1) ni hisoblang va 9.1-jadvalga R2 qiymatlariga mos holda kiriting.
9.5 – rasmda keltirilgan sxemani yig‘ing va berilgan variant bo‘yicha parametrlarini sozlang. R2 qarshilik qiymatini 9.1-jadvalga mos ravishda o‘zgartirib kirish va chiqish kuchlanishlarini o‘lchash orqali OK kuchaytirish koeffitsiyenti K = (𝑈chiq/𝑈kir) ni hisoblang va 9.1-jadvalga R2 qiymatlariga mos holda kiriting. Ossilogammalarini chizib oling.
Berilgan variant bo‘yicha R1 qarshilik qiymatidan foydalangan holda OK kuchaytirish koeffitsiyenti K = −(𝑅2/𝑅1) ni hisoblang va 9.2-jadvalga R2 qiymatlariga mos holda kiriting. 9.6 – rasmda keltirilgan inverslaydigan OK sxemasi Multisim dasturiy muhitidan foydalangan holda yig‘ing. Generatorni sozlashda chastota qiymatini 1 kHz, amplitudasini 100 mV qilib o‘zgaruvchan signalga sozlang (qo‘llanma ohirida Multisim dasturiy muhiti yig‘ilgan sxema keltirilgan). va berilgan variant bo‘yicha parametrlarini sozlang. R2 qarshilik qiymatini 9.2-jadvalga mos ravishda o‘zgartirib kirish va chiqish kuchlanishlarini o‘lchash orqali OK kuchaytirish koeffitsiyenti K = (𝑈chiq/𝑈kir) nihisoblang va 9.2-jadvalga R2 qiymatlariga mos holda kiriting. Ossilogammalarini chizib oling.