Haydalma qatlam tuzilishi va uning ahamiyati. Tuproqning qattiq
qismi hajmining ular orasidagi kapillyar va nokapillyar kovakliklar
hajmlariga nisbati haydalma qatlam tuzilishi deyiladi. Tuproqdagi
kovaklarning diametri 1-2 mm dan kichiklarini kapillyar, 2 mm dan
kattalarini nokapillyar kovaklik deyiladi. Nokapillyar kovakliklardan
suv faqat pastga harakat qiladi. Kapillyar kovakliklar ko'paysa, ya’ni
tuproq zichlashsa, suvning yuqoriga harakati tezlashadi. Kapillyar va
nokapillyar kovakliklar nisbati 1:1 bo ‘lganda tuproqning suv, havo
va oziq rejimi eng qulay bo‘ladi. Tuproqning havo, suv, oziq va issiqlik
rejimlari haydalma qatlam tuzilishiga bog'liq bo‘ladi.
Tuproqning haydalma qatlam tuzilishi m uhim unumdorlik ko‘r-
satkichi hisoblanadi. Tuproqning nokapillyar va kapillyar kovakliklar
hajmining nisbati uning suv o ‘tkazuvchanligiga, suv ko'taruv-
chanligiga, nam sig‘imiga, nam bug‘lanishiga, havo almashinuviga
va mikroorganizmlaming faoliyatiga ta ’sir etadi.
Tadqiqotchi olim larning m a ’lum otlariga qaraganda, ekinlar
uchun qulay haydalma qatlam tuzilishi umumiy kovaklik tuproqning
yalpi hajmiga nisbatan 50- 60% ni, shundan nokapillyarligi 12,5 -
30%, kapillyar kovakligi esa 37,5 — 30% ni tashkil etganda namoyon
bo'lishi aniqlangan.
Tuproqqa ishlov berish yordam ida haydalma qatlamga kerakli
tuzilish beriladi. Turli o ‘simliklar tuproq zichligiga har xil talab
qo‘yadi. Ko‘pgina o ‘simliklar tuproq zichligi 1,2 - 1,3 g/sm3 bo'lganda
yaxshi o‘sadi.
2.
T u p ro q u n u m d o rlig i d e g an d a , o ‘sim lik n i b u tu n v e g e ta t
siya d a v o m id a suv va oziq e le m e n tla ri b ila n t a ’m in lash xusu-
siy ati tu s h u n ila d i.
Tuproq unumdorligi yerga oqilona ta ’sir etganda yaxshilanib boradi,
no to ‘g‘ri ishlov berilganda esa, aksincha, pasayib boradi.
Tuproq unum dorligi tabiiy va sun’iy turlarga bo‘linadi.
Tabiiy unum dorlik tabiiy omillar ta ’sirida paydo bo ‘ladi ham da
tuproq hosil bo ‘lish sharoitiga, uning organik, mineral tarkibiga,
kimyoviy va biologik xossalariga qarab yuqori yoki past bo‘lishi mumkin.
Sun’iy unum dorlik inson tom onidan yaratiladi. Fan va texnika
y u tu q la rid a n foydalanib inson tu p ro q n in g tabiiy xossalarini
o'zgartiradi. Dehqonchilikda qo'llanilayotgan yerga ishlov berish,
sug‘orish, o‘g‘itlash, almashlab ekishni joriy etish, sho‘mi yuvish,
sizot suvlar sathini pasaytirish kabi agrotexnik tadbirlar tuproqning
sun’iy unum dorligini paydo qiladi.
Tuproq unumdorligi potensial va samarali unumdorlikka ham
b o ‘linadi. Potensial unum dorlik tuproqdagi oziq elementlarining
umumiy miqdorini ko'rsatadi. Samarali unumdorlik tuproqdagi o‘simlik
o ‘zlashtira oladigan oziq moddalar miqdori bilan belgilanadi.
0 ‘s im lik n i o 's is h i va riv o jla n is h i u c h u n q u lay s h a ro it
yaratilgan, zararli organizm lardan tozalangan tuproq m adaniy
lashgan tu p ro q deyiladi. T up ro q biologik, kimyoviy va flzikaviy
usullarda madaniylashtiriladi.
Biologik usul-bunda tuproqdagi organik moddalarning sintezla-
nishi va chirishini boshqarish, serhosil, navdor, kasallik va zararku-
nandalarga chidam li, mahalliy sharoitga moslashgan ekin navlarini
ekish, almashlab ekishni joriy etish, bakterial o‘g‘itlami qo‘llash
kabi tadbirlar amalga oshirilishi lozim.
Kimyoviy usul - bunda tuproqlarga h ar xil mineral, bakterial
o ‘g‘itlar solinadi, ohak, gips va boshqa m oddalar qo'llanilib,
tuproqda o'simlik oson o ‘zlashtiradigan holatdagi moddalar miqdori
ko‘paytiriladi.
Fizikaviy usul - bunda yerga fizik - mexanik ta ’sir etiladi, ya’ni
yerga har xil ishlovlar beriladi, tuproqning strukturali bo‘lishi va uning
havo, issiqlik, suv va boshqa omillarini boshqarishda o‘tkaziladigan
tadbirlar majmuasi amalga oshiriladi.
Tuproq unum dorligi va madaniylik darajasi undagi chirindi,
mikroorganizmlar miqdori, tuproq muhiti, donadorligi, tuzilishi,
haydalma qatlam qalinligi va boshqa ko'rsatkichlarga qarab aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |