Allofonli ma’lumotlar bazasi. Kerak boʻlgan nutqiy material quyidagi kodlashtirish rejimida yozilgan: diskretlashtirish chastotasi 22 kGs boʻlib, u 16 bit razryadlilikga ega [11-15].
Kompilyasiyaning bazaviy elementlari sifatida allofonlar tanlangan, ularning optimal nabori akustik-fonetik sintez bazzasini namoyon etadi. Kompilyasiyaning bazaviy birliklari inventari oʻzida 1200 ta elementni saqlaydi va xotirada 7 MBayt joyni egallaydi. Koʻpgina holatlarda kompilyasiya elementlari oʻzida nutqiy toʻlqin segmentlarining fonemli oʻlchamini namoyon etadi. Kompilyasiyaning kerakli boʻlgan boshlangʻich birliklar bazasini olish uchun maxsus lugʻat tuzilgan edi, u barcha kontekstlarda allofonli soʻz va soʻz birikmalaridan tashkil topgan. U 1130 ta ishlatiladigan soʻzlardan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |