9-amaliy nazorat savollari:
1. Agrar inqirozlar deb nimaga aytiladi?
2. Agrar inqirozlarning o‘zoq vaqt davom etishining asosiy sabablari
3. XIX asr oxiri XX asr boshlarida jahon ishlab chiqarish hajmi o`sishi nimalarga
bog`liq?
4. Ilmiy-texnika taraqqiyoti deb nimaga aytiladi?
5. Ikkinchi ilmiy-texnika inqilobi va jahon ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi
Javoblar:
1.Qishloq xo‘jaligida ortiqcha ishlab chiqarish inqirozi agrar inqiroz deyiladi. Agrar inqiroz ham sanoat inqirozlarini asosini tashkil etuvchi kapitalizm qarama-qarshiliklari natijasida paydo bo‘ladi.Shu bilan birga agrar inqirozlar bir qancha xususiyatlarga ega: ular asosan sanoat inqirozlariga nisbatan uzoqroq davom etadi.XIX asr oxirgi choragidagi agrar inqiroz G‘arbiy Yevropa mamlakatlari, Rossiya va AQShni qamrab olgan holda 70-yy.larning
birinchi yarmida paydo bo‘lib 90-yy.lar o‘rtalariga qadar davom
etdi.Bu inqiroz dengiz transportini rivojlanishi va temiryo‘l
tarmog‘ini kengayib borishi natijasida Yevropa bozorlariga Amerika, Rossiya va Hindistondan arzon va ko‘p hajmda bug‘doy va non kirib kelishi natijasida yuzaga keldi.
2.Agrar inqirozlarning o‘zoq vaqt davom etishining asosiy sabablari:
● Birinchidan, yerga xususiy mulk monopoliyasi ijrachilarni agrar inqirozlar davrida ham shartnoma bilan belgilangan ijara haqini to‘lashga majburlaydi. Qishloq xo‘jaligi tovarlari narxlarini pasayishi yer rentasi ish haqini pasayishi, hamda foyda va ba’zan ijarachilarning avanslangan kapitali hisobiga amalga oshiriladi.
Natijada takomillashgan texnika va ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish yo‘li bilan inqirozdan chiqish murakkablashadi.
● Ikkinchidan, kapitalizm sharoitida qishloq xo‘jaligi sanoatga nisbatan qoloq tarmoq hisoblanadi. Yerga xususiy mulkchilik, feodal munosabatlar qoldiqlari, yer egalariga absolyut va
differensial rentani to‘lash zarurati – bularning barchasi qishloq xo‘jaligiga kapitalni erkin oqib kirishiga to‘siq bo‘ladi, ishlab chiqarish kuchlari rivojini sekinlashtiradi. Bu tarmoqda texnika o‘ta qoloq edi. Qishloq xo‘jaligida kapitalning organik tuzilishi sanoatdagidan ko‘ra pastdir; sanoat inqirozlarining moddiy asosi hisoblangan asosiy kapital sanoatdagiga nisbatan qishloq xo‘jaligida kam rol o‘ynaydi.
● Uchinchidan, mayda tovar ishlab chiqaruvchilar – dehqonlar inqirozlar davrida juda og‘ir mehnat, kam ovqat iste’mol qilish, yer va uy hayvonlaridan vahshiylarcha foydalanish evaziga o‘z yerlarida yoki ijaradagi yerlarida qolishlari maqsadida ishlab chiqarishning oldingi hajmini saqlab qolishga intiladilar. Bu qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ko‘p ishlab chiqarishni kuchaytiradi.Shunday qilib, agrar inqirozlarning uzoq davom etadigan xarakterining umumiy asosi bo‘lib yerga xususiy mulk monopoliyasi, u bilan bog‘liq feodal sarqitlari va kapitalistik mamlakatlarda qishloq xo‘jaligining o‘ta qoloqligi xizmat qiladi.
3.XIX asr oxiri XX asr boshlarida jahon ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi o‘ta yuqori sur’atlarda amalga oshdi, natijada jahon sanoat ishlab chiqarishi hajmi o‘sdi.
Bu o‘sish shu davrda amalga oshgan ilmiy-texnik inqilobi (ITI) bilan bog‘liq.
4. Ikkinchi ITI o‘z xarakteriga ko‘ra XVIII-XIX asrlardagi sanoat to‘ntarilishi (inqilobi)dan farq qilar edi. Uning natijalari – ishlab chiqarish texnikasi va texnologiyasidagi o‘zgarishlar, mashina industriyasining qayta ta’mirlanishi, fanni “kichik fan”dan “katta fan”ga aylanishi. Shu sababdan uni sanoat inqilobi emas ilmiy texnika inqilobi deb ataladi
5.lkkinchu ilmiy texnika inqilobi. XIX-XX asrlar chegarasida ilmiy tafakkur asoslari mutlaq o‘zgardi; tabiatshunoslik yuksaldi, fanning yagona tizimini yaratish boshlandi. Bunga elektron va radioaktivlikni ixtiro qilinishi sababchi bo‘ldi. XIX asr oxiri XX asr boshlarida fanning ishlab chiqarish bilan aloqasi yanada mustahkamlanib tizimli xarakterga ega bo‘ldi, fanning texnika bilan o‘zaro aloqasi o‘rnatildi, fan jamiyatning bevosita ishlab chiqarish kuchiga aylandi.Elektr. Elektr asosida sanoat va transportning yangi energetik asosi yaratildi, ya’ni yirik texnik muammo echildi. 1867 yilda Germaniyada V.Simens tomonidan elektromagnit generatori ixtiro qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |