9-Amaliy mashg‘ulot yaxshi ishlab chiqarish amaliyoti (gmp)


Ishlab chiqarish jarayoni



Download 337,87 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/14
Sana06.01.2022
Hajmi337,87 Kb.
#323131
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
2 5188222344975356132

Ishlab chiqarish jarayoni  

Texnologik jarayon tayyor mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlash maqsadida 

me’yoriy-texnik hujjatlarning  barcha  talablariga  muvofiq va texnologik  reglament 

asosida  olib  borilishi  kerak.  Ishlab  chiqarish  jarayonini  takomillashtirish  va 

modernizatsiya qilish masalalariga alohida e’tibor berish kerak.  

Texnologik  jarayon  operatsiyalari  malakali  xodimlar  tomonidan  zarur 

jihozlar va asbob-uskunalardan foydalangan xolla, Shu maqsadlar uchun ajratilgan 

maxsus xonalarda bajarilishi hamda nazorat qilinishi lozim.  

Xom ashyo, yordamchi materiallar, birlamchi o’rov materiallariga va tayyor 

mahsulotlarga  ishlov  berish  hamda  foydalanishning  barcha  turlari,  Shu  jumladan 

qabul  qilib  olish,  karantin,  namunalar  tanlab  olish  va  tahlil  qilish,  saqlash, 

markalash  va  o’rash  ishlari  yozma  yo’riqnomalar  va  korxona  standarti  asosida 

bajarilishi hamda ro’yxatdan o’tkazilishi zarur. Texnologik jarayondagi har qanday 

chetga  og’ishlar  korxonada  o’rnatilgan  tartibda  ro’yxatga  olinishi  kerak.  Ishlab 

chiqarish  operatsiyalarini  bajarishda  har  qanday  chetga  og’ishlar  qayd  qilib 

borilishi lozim.  

Texnologik  jarayonlarni  bajarish  sharoitlari  quyidagilarni  ta’minlashi  zarur:  -

texnologik jarayonning uzluksizligini ta’minlashi;  

-barcha  texnologik  jihozlarning  bir  maqomda,  havfsiz  va  avariyasiz  ishlashini 

hamda optimal tarzda ish bilan ta’minlanishi;  

-ishlayotgan  xodimlarning  jihozlarga  hizmat  ko’rsatish  jarayonida  va  ishlab 

chiqarish  operatsiyalarini  bajarayotgan  vaqtda  xom  ashyo,  yordamchi  materiallar 

birlamchi  o’ram  va  tayyor  mahsulotlar  bilan  juda  kam  munosabatda  bo’lishini 

ta’minlash;  

-texnologik  jarayoning  barcha  bosqichlarini,  moddiy  balans  tuzishni  qo’shgan 

xolda qatiy hujjatlashtirishni;  

-xosil bo’lgan chiqindilarni qayta ishlashni;  

-texnologik  jarayonlarni  avtomatlashtirish,  kompYuterlash,  yordamchi  va 

yuklashtushirish ishlarini mexanizatsiyalash.  

Vakolat  berilgan  sex  xodimi  mahsulotning  har  bir  seriyasini  tayyorlash 

uchun  tarozida  tortilgan  va  yoki  o’lchangan  xom  ashyoni  qo’shishni  yozma 

yo’riqnomaga  asosan  amalga  oshiradi.  Xom  ashyo  qo’shishni  xodimning  birgina 

o’zi  boshqa  xodim  nazorati  ostida  olib  boradi.  Tayyor  mahsulotdagi  yorliqda 

ko’rsatilgan  ta’sir  etuvchi  moddaning  miqdori  100%  kam  bo’lmasligini  xisobga 

olib ishlatiladigan komponentlar miqdorini hisoblash kerak.  

Yarim  tayyor  mahsulotlarni  saqlash  sharoitlari  va  yo’l  qo’yilishi  mumkin 

bo’lgan  talablar  texnologik  reglamentlar  va  boshqa  ishlab  chiqarish  hujjatlarida 

ko’rsatilishi va belgilanishi kerak.  




Steril  dori  vositalari  ishlab  chiqarish  jarayoniga  alohida  e’tibor  berish  lozim,  uni 

tayyorlash  bo’yicha  ushbu  hujjatning  tegishli  bo’limlarida  yoritilgan  tadbirlar 

majmuasini  bajarish  kerak  (xonalarni,  ventilyasiyalangan  havoni,  jihozlar  hamda 

xodimlarni ishga tayyorlash).  

Dori  vositalarini  ishlab  chiqarishda  quyidagi  sterilizatsiya  uslublari 

qo’llaniladi:  

-qizdirish (bug’li va havoli);  

-kimyoviy (gazli);  

-radiatsiyali;  

-filtrbilansterilizatsiyalash.  

Sterilizatsiyalash  usuli  va  tartibini  tanlayotganda,  sterilizatsiya  qilinadigan 

modda  hamda  materiallarni  xossasi,  hajmi  yoki  og’irligi  hisobga  olinishi  zarur. 

Barcha issiqlikka chidamli moddalar uchun issiq sterilizatsiyalash eng qulay uslub 

hisoblanadi.  Sterilizatsiyalash  jarayonini  samaradorligi  nazorat-o’lchov  asboblari, 

kimyoviy  va  biologik  indikatorlar  yordamida  nazorat  qilib  turiladi.  Sterilizatsiya 

jarayoni  validatsiya  qilingan  bo’lishi  kerak.  Sterilizatsiyaning  boshqa  usullaridan 

foydalanish  mumkin  bo’lmagan  taqdirda  sterillovchi  filtrlash  usuli  qo’llaniladi. 

So’nggi sterilizatsiyalovchi filtrlash iloji boricha idishlarga quyish joyiga yaqinroq 

erda bajariladi. Filtr materiali mahsulot xususiyatiga ta’sir etmasligi darkor.  

Tarkibida  asbest  bo’lgan  filtrdan  ayrim  xollardagina,  teshikchalarining 

kattaligi  0,22  mkm  bo’lgan  membranali  filtrlarni  qo’llagan  xoldagina 

foydalanishga  ruhsat  etiladi.  Filtrlarning  butunligi  va  yig’ilgan  qurilmalariing 

zichligi tegishli usulda filtrlashdan avval va so’ngra tekshirib ko’riladi.  

Texnologik  jarayonni  tashkil  etish  va  o’tkazish  sterilizatsiyalangan  va 

sterilizatsiyalanmagan  mahsulotlarning  o’zaro  aralashib  ketishini  oldini  olish 

kerak.  Bunday-xolda  kirish  va  chiqish  yo’llari  ajratilgan,  alohida  xonalarda 

joylashtirilgan sterilizatsiyalash jihozlaridan foydalaniladi.  

Tirik  mikroorganizmlar  saqlovchi  preparatlar  boshqa  farmatsevtik 

preparatlar ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan zonalarda ishlab chiqarilishi va 

qadoqlanishn mumkin emas.   

Biroq. o’lgan mikroorganizmlar yoki bakteriyalardan olingan ajratmalar saqlovchi 

vaksinalar  inaktivatsiya  validatsiyasi  va  tozalash  jarayoni  validatsiyasi 

o’tkazilgandan  so’ng  boshqa  steril  farmatsevtik  preparatlar  kabi  o’sha  xonalarda 

qadoqlanishi va joylanishi mumkin.  

Birlamchi  o’ram,  va  qadoqlanmagan  mahsulotlar  uchun  sig’im  va  jihozlarni 

Yuvish, quritish va sterilizatsiyalash orasidagi vaqt, Shuningdek ularni sterillash va 

keyinchalik  ishlatish  orasidagi  vaqt  iloji  boricha  qisqa  va  vaqt  bo’yicha 

chegaralangan bo’lishi kerak.  

Eritmalarni  dastlab  tayyorlash  va  sterilizatsiyalash  yoki  filtrlash  usuli  bilan 

sterilizatsiyalash  orasidagi  vaqt  nixoyatda  qisqa  bo’lishi  kerak.  Har  bir  mahsulot 

turi uchun ularni tarkibi va tasdiqlangan caqlash usullarini nazarda tutib, eng ko’p 

ruhsat beriladigan oraliq. vaqt belgilangan bo’lishi kerak.  





Download 337,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish