9-amaliy mashg'ulot
Shukur Sa’dulla
Shukur Sa’dulla 1912-yilning yanvarida Jizzax shahrida xizmatchi oilasida dunyoga keldi,boshlang’ich ma’lumotini ona shahridagi Narimov nomli maktabda oldi.1924-yilda Samarqand pedagogika bilim yurtida tahsil ko’rdi,so’ngra A.Navoiy nomidagi O’zbekiston davlat universitetida o’qidi.
Shuku Sa’dulla kichkintoylarga katta estetik shavq-zavq bag’ishlaydigan zabardast she’rlari’yosh kitobxonni yaxshilikka o’rgatuvchi ertak-dostonlari,a’lo o’qishga ,davrimizga munosib kishi bo’lib kamol topishga da’vat etuvchi badiiy pishiq hikoyalar ,o’tmish hamda davrimiz bolalar hayotidan olib yozilgan pyesalari, yosh qalbalarni larzaga soluvchi qissalari bilan hamma yoshdagi bolalarning qadrdon va suyukli yozuvchisi bo’lib qoladi.
Uning birinchi she’rlar to’plami 1932-yilda “Hayqiriq” nomi bilan bosilib chiqdi.Qirq yildan ortiq hayotini ijodga bag’ishlagan san’atkorning”Uch ayiq”, “Ayyor chumchuq”(1935-1936)”Ikki sandiq”,”Sen nima qilding”(1942), “Shirin kun”(1946),”She’rlar”(1955),”Pyesalar”(1959),”Ism qo’yilmagan xat”, “Sening bayraming”,”Mening aziz bolalarim” va boshqa kitoblari bosilib chiqdi.Quvnoq va jo’shqin asarlar kuychisi bo’lgan Shukur Sa’dulla o’zining juda ko’p she’r,qo’shiq, ertak,pyesalarini kichik maktab yoshidagi bolalarga bag’ishlangan.Shukur Sa’dulla tabiat kuychisi sifatida e’zozlanadi.Shoir so’lim bahorni ko’pgina she’rlarda qalamga olib,yosh bolalarni hayot bilan tanishtiradi.
Odatda,boychechak juda erta ochiladi.U qor erib-erimasidanoq ko’zga tashlanadi.Buni ko’rgan odamlar:”Ha, bahor yaqinlashib qolibdi “,deydilar. Shoir “Boychechak”asarida xuddi shu fikrni lo’nda qilib chizib beradi:
Ochildimi boychechak,
Endi har yon gul demak,
Chunki bahor elchisi-
Shu mitti gul-boychechak.
Albatta,boychechak paydo bo’lganidan keyin bahor boshlanadi,chunki bahorning ilk elchisi boychechak hisoblanadi. Yomg’ir ustiga yomg’ir yog’adi.Yomg’ir tabiat husniga husn qo’shadi,odamlar ruhini ko’taradi.
U “Yomg’ir yog’aloq”she’rida bahor yomg’iriga muhabbat bilan munosabatda bo’ladi.Bu yomg’ir ona tabiatni gulga burkashi bilan birga ekin-tikinlar uchun ham koni foyda ekanligini yosh kitobxon qalbiga yetib boradigan darajada quvnoq va sho’x misralarda yaratadi:
Yomg’ir yog’aloq
Yam-yashil o’tloq
Endi ekinlar
Chiqarar quloq…
Yomg’irdan foyda
Maysaga, donga
Yurt serob bo’lar,
Oq bug’doy,donga.
Do'stlaringiz bilan baham: |