9-amaliy mashg’ulot
O’zbekiston Respublikasi Davlat MT to’g’risidagi Nizom (2 soat )
Reja:
1.Davlat talablarining vazifalari, sohalari va yo’nalishlari
2.Davlat talablarining qoidalari
1. Davlat talablarining vazifalari, sohalari va yo’nalishlari
3. Quyidagilar Davlat talablarining vazifalari hisoblanadi:
bolalarni maktabda o’qishga tayyorlash;
bolalarning sog’lom va har tomonlama kamol topib shakllanishini ta’minlash hamda unda o’qishga intilish hissini uyg’otish;
bolalarning har tomonlama rivojlanishi uchun integral ta’limni tashkil etish;
shaxsga yo’naltirilgan ta’lim-tarbiyani amalga oshirish;
bolalarni xalqimizning boy madaniy-tarixiy merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash uchun shart-sharoitlar yaratish;
bolalarni maktabda o’qishga tayyorlashda ularning ota-onalari bilan o’zaro hamkorlik qilish hamda ota-onalarga amaliy jihatdan ko’maklashish;
bolalarda ijtimoiy-kommunikativ, axloqiy, estetik, intellektual, jismoniy sifat va salohiyatlarni uyg’otish hamda rivojlantirish;
bolalarni sog’lom turmush tarzi bilan tanishtirish;
bolalarda mustaqillik, mas’uliyatlilik, tashabbuskorlik xislatlarini shakllantirish;
bolalarga dunyo haqida tushunchalar berish va tasavvurlarini kengaytirish;
bolalarning yoshi, individual, psixologik va jismoniy xususiyatlari hamda qobiliyatini inobatga olgan holda ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilish.
4. Davlat talablari quyidagi sohalar bo’yicha belgilanadi:
jismoniy rivojlantirish va madaniy-gigienik ko’nikmalarni shakllantirish;
ijtimoiy-kommunikativ rivojlantirish;
nutq, savod, o’qish va chet tillarining o’rgatilishiga tayyorlash;
bilish jarayonini rivojlantirish;
badiiy adabiyotlar bilan tanishtirish va badiiy estetik rivojlantirish.
5. Jismoniy rivojlantirish va madaniy-gigienik ko’nikmalarni shakllantirish sohasi quyidagi yo’nalishlarga bo’linadi:
yirik motorikani rivojlantirish;
mayda motorikani rivojlantirish;
sensomotorikani rivojlantirish;
madaniy-gigienik ko’nikmalarni shakllantirish.
6. Ijtimoiy-kommunikativ rivojlantirish sohasi quyidagi yo’nalishlarga bo’linadi:
ijtimoiylashuv, muloqot va odob-axloq qoidalarini shakllantirish;
bolaning oila va jamiyatda o’zini tutishi;
bolada mehnat tarbiyasini shakllantirish;
xavfsizlik asoslarini shakllantirish.
7. Nutq, savod, o’qish va chet tillarining o’rgatilishiga tayyorlash sohasi quyidagi yo’nalishlarga bo’linadi:
nutqni rivojlantirish;
savod va o’qishga tayyorlash;
chet tillarining o’rgatilishiga tayyorlash.
8. Bilish jarayonini rivojlantirish sohasi quyidagi yo’nalishlarga bo’linadi:
dunyo haqida bilim va tushuncha berish;
elementar matematik tasavvurlarini shakllantirish.
9. Badiiy adabiyotlar bilan tanishtirish va badiiy estetik rivojlantirish sohasi quyidagi yo’nalishlarga bo’linadi:
badiiy adabiyotlar bilan tanishtirish;
badiiy estetik qobiliyatlarini rivojlantirish;
musiqiy qobiliyatlarini rivojlantirish.
10. Davlat talablari sohalarining yo’nalishlari bo’yicha:
2 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun Davlat talablari sohalarining yo’nalishlari bo’yicha bajarilish indikatorlari mazkur Davlat talablarining 1-ilovasiga muvofiq;
2 yoshdan 3 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun Davlat talablari sohalarining yo’nalishlari bo’yicha bajarilish indikatorlari mazkur Davlat talablarining 2-ilovasiga muvofiq;
3 yoshdan 4 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun Davlat talablari sohalarining yo’nalishlari bo’yicha bajarilish indikatorlari mazkur Davlat talablarining 3-ilovasiga muvofiq;
4 yoshdan 5 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun Davlat talablari sohalarining yo’nalishlari bo’yicha bajarilish indikatorlari mazkur Davlat talablarining 4-ilovasiga muvofiq;
5 yoshdan 6 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun Davlat talablari sohalarining yo’nalishlari bo’yicha bajarilish indikatorlari mazkur Davlat talablarining 5-ilovasiga muvofiq;
6 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun Davlat talablari sohalarining yo’nalishlari bo’yicha bajarilish indikatorlari mazkur Davlat talablarining 6-ilovasiga muvofiq belgilanadi.
Davlat talablari sohalari yo’nalishlarining bajarilish indikatorlari yosh davri bo’yicha o’sib boruvchi tartibda ko’rsatiladi.
11. Bolalarning bilim, ko’nikma va malakalari, ularning har tomonlama rivojlanishi hamda maktab ta’limiga tayyorgarlik darajalari mazkur Davlat talablarining 7-ilovasida nazarda tutilgan mashg’ulot va faoliyatlarni o’tkazish jarayonida mazkur Davlat talablarining 1 — 6-ilovalarida ko’rsatilgan indikatorlarning bajarilishini kuzatish, o’rganish, tahlil qilish va baholash orqali aniqlanadi.
12. Mashg’ulotlar o’quv yili hamda sog’lomlashtirish davrida oy va hafta kesimida mazkur Davlat talablarining 8-ilovasida ko’rsatilgan davriylikda o’tkaziladi. Bunda mashg’ulotlar qisqa muddatli guruhlarda mazkur Davlat talablarining 9-ilovasida ko’rsatilgan davriylikda o’tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |