9-Amaliy mashg`ulot Mavzu: Yong`inni o`chirish modda va vositalari. Ishning maqsadi



Download 35,16 Kb.
bet3/4
Sana22.04.2020
Hajmi35,16 Kb.
#46348
1   2   3   4
Bog'liq
9 amaliy

Takrorlash uchun savollar
O`t o`chirish qurilmalari nima maqsadda qo`llaniladi?
O`t o`chirish moslamalari necha turga bo`linadi?
OUB-3 o`t o`chirish qurilmasining ishlash prinsipi nimaga asoslangan?


5.3. Portlash hodisasi, uning xususiyatlari, unga qarshi chora-tadbirlar.

Har bir sanoat korxonasi uning ishlab chiqarish texnologiyasi, ishlatadigan xomashyosi chiqaradigan mahsuloti va joylashgan binosining konstruksiyasiga ko`ra yong`in chiqishga, portlashga va yong`in chiqqan taqdirda uning tarqalishiga, shuningdek, yong`inning asoratiga asoslangan holda yong`inga va portlashga xavflilik darajasi belgilanadi.


Albatta, har bir sanoat korxonasida yong`in xavfi birinchi navbatda u yerda ishlatilayotgan xomashyoning va chiqarilayotgan mahsulotning yong`inga xavfliligi darajasi bilan o`lchanadi.
Shuning uchun ham sanoat korxonalarini kategoriyalarga ajratganda ishlatilayotgan moddalarning fizika-kimyoviy xususiyatlari albatta hisobga olinadi. Mana shu xususiyatlarni hisobga olgan holda qurilish norma va qoidalari asosida hamma sanoat korxonalari, skladlar yong`in va portlashga xavfi bo`yicha beshta kategoriyaga bo`linadi.
A toifa—yong`inga va portlashga xavfli sanoat korxonalari. Bularga suv, kislorod va bir-biri bilan birikishi natijasida portlashi va yonishi mumkin bo`lgan

moddalarni ishlatiladigan sanoat korxonalari; alangalanish quyi chegarasi xonadagi havo hajmiga nisbatan 10 foiz miqdorni tashkil qilishi mumkin bo`lgan yonuvchi gazlar ishlatiladigan sanoat korxonalari; xona hajmiga nisbatan 5 foiz miqdorni tashkil qilishi mumkin bo`lgan va bug`larining alangalanish harorati 28 °C gacha bo`lgan suyuqliklar bilan ish olib boriladigan sanoat korxonalari. Bu toifaga oltingugurtli uglerod, efir, atseton va boshqa shunga o`xshash moddalar olinadigan sanoat korxonalari kiradi.


B toifa—portlash va yong`inga xavfli toifadir. Bu toifaga quyi alangalanish chegarasi havo hajmiga nisbatan 10 foizdan ortiq bo`lgan yonuvchi gazlar bilan ish olib boriladigan, shuningdek, chaqnash harorati 28 dan 61 °C gacha bo`lgan suyuqliklar hamda ishlab chiqarish jarayonida chaqnash haroratigacha yoki undan ortiq darajada qizdirilgan suyuqliklar bilan ishlaydigan va pastki alangalanish chegarasi 65 g/m3 dan kichik bo`lgan chang va tolalar bo`lgan va mazkur gazlar, suyuqliklar va changlar xona hajmining 5 foizdan ko`proq miqdorda to`planib, portlovchi aralashma hosil qilishi mumkin bo`lgan sanoat korxonalari kiradi. Mana shunday sanoat korxonalari sirasiga ammiak haydovchi compressor stansiyalari, detallarni kerosin bilan yuvib tozalash korxonalari mansubdir.
V toifa—yong`inga xavfli toifa. Bu toifaga bug`larining chaqnash harorati 61 °C dan yuqori bo`lgan suyuqliklar, quyi alangalanish chegarasi 65 g/m3 dan ortiq bo`lgan yonuvchi changlar va tolalar, shuningdek, bir-biri bilan, havodagi kislorod bilan va suv bilan birikkan holda yonuvchi moddalar va qattiq yonuvchi jismlar bilan ish olib boriladigan sanoat korxonalari kiradi. Ko`mir kukuni hosil qilish va yog`ochsozlik sanoat korxonalari shular jumlasidandir.
G toifa—yong`inga xavfli toifa. Bu toifaga yonmaydigan jism va materiallarga, qizdirib, cho`g`lantirib va eritib ishlov beradigan va ishlov berish davomida nurli issiqlik, uchqun va alangalar chiqish mumkin bo`lgan, qattiq, suyuq va gazsimon moddalar yoqilg`i sifatida ishlatiladigan sanoat korxonalari kiradi. Qozonxonalar, eritish va quyish sexlari, marten sexlari ana shu: toifadagi korxonalardandir.
D toifa—yong`inga xavfsiz toifa. Bunga yonmaydigan jismlar va materiallarga sovuq ishlov beradigan sanoat korxonalari kiradi. Mashinasozlik

sanoat korxonalari, qurilish sanoat korxonalari shular sirasiga kiradi.


Omborlar va ba'zi tashqariga o`rnatilgan hajmli idishlarni yong`inga hamda portlashga xavflik toifalari ularda saqlanayotgan moddalar turiga qarab u yoki bu toifaga kiritish mumkin. Odatda, omborlarning yong`inga va portlashga xavfligi uni loyihalash va ishga qabul qilish vaqtida har bir vazirlik tasdiqlagan ro`yxat bo`yicha aniqlanadi.
Bundan tashqari ba'zi bir sanoat korxonalarini ularda ishlatilayotgan gaz, yengil alangalanuvchi suyuqlik va changlar tarkibiga qarab ham yong`inga xavflilik toifasini aniqlash mumkin.
Shuningdek, yonuvchi gaz va suyuqliklar bilan bog`liq bo`lgan sanoat korxonalarining yong`inga xavflilik toifalarini belgilaganda xuddi shu moddalar sanoat korxonasi xonasi hajmining 5 % dan ortiq qismida portlashga xavfli aralashma hosil qila oladimi-yo`qmi ekanligini aniqlash kerak.

Download 35,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish