16-rasm. Atsetilen gidratatsiya reaksiya jihozining sxemasi: a) simobli katalizator yordamida suyuq fazada boriladigan jarayon; b) simobsiz geterogen katalizator yordamida gaz fazasida sodir bo' ladigan jarayon.
Simobsiz katalizatorlar yordamida gidratatsiya olib borish. Yuqorida ko'rilgan usulning eng katta kamchiliklaridan biri, katalizator sifatida zaharli va qimmat simob tuzlarini qo'llash hisoblanadi. Shuning uchun uzoq vaqtlar davomida simobsiz katalizatorlar qo'llash ustida ishlar olib borildi va natijada fosfat kislota, magniy, rux, kaliy fosfatlar katalizator vazifasini bajarish mumkinligi aniqlandi. Ushbu katalizatorlarni simob tuzlariga nisbatan faolligi ancha past bo'lib, ular geterogen katalizatorlariga o'xshab faqat yuqori temperaturada ishlaydi. Ular orasida CdHPO4, Ca3(PO4)2 aralashmasi amaliyotda o'z o'rnini topdi, chunki u davriy sistemada simob qatori metallar qatoriga tegishli bolib, kislota xususiyatini namoyon qiladi.
Degidratatsiya jarayonlari. To'yinmagan birikmalar hosil bo'lishi bilan sodir bo'ladigan degidratatsiya. Ilgari bu usul yordamida tegishli spirtlardan past olefinlar olinar edi, bunda suyuq fazada 100— 160° C sulfat kislota katalizi qo'llanilgan yoki A12O3 katalizatori ishtrokida 350-400° C da gaz fazasidagi jarayon olib borilgan. Kreking va piroliz gazlaridagi S4-fraksiyalardan izobutenni ajratishda yuqoridagi usuldan foydalaniladi. Unda bu usulning bir bosqichi sulfat kislota yoki sulfokationlar katalizida uchlamchi butanolni degidratatsiyalashdan iborat. Boshqa ko'rinishda esa uchlamchi butanoldan izobuten olinadi:
(CH3)2COH→ (CH3)2C=CH2 + H2O
-
Bu holatda va degidratatsiya bilan to'yinmagan moddalar olish usulidan sanoatda ko'pchilik monomerlar olishda foydalaniladi. Masalan, metilfenilkarbinolni degidratatsiyalab stirol ishlab chiqarish mumkin:
C6H5-CHOH-CH3 → C6H5-CH=CH2+H2O
Izobuten va formaldegiddan izopren sintez qilish usuli diol va to'yimagan spirtlarni degidratatsiyasi bilan bog'liq:
Dioldan suv molekulasi ajralishi natijasida turli xil to'yinmagan spirtlar aralashmasi hosil bo'ladi, lekin ularning degidratatsiyasi natijasida izopren olinadi, bunda reaksiya qo'sh bog'ni siljishi bilan sodir bo'ladi:
To'yinmagan birikmalar olishning yana bir usuli aldol kondensatsiyasi va kyingi degidratatsiya reaksiyalari bilan vinil guruhi kiritishni quyidagi nitroetilen, vinilmetilketon va 2-vinilpiridin olish jarayonlari misolida ko'ramiz:
Degidratatsiya reaksiyalari bilan metakril kislotasi efirlari, ba'zi bir birlamchi spirtlar, masalan, n-butanol:
2-etilgeksanol, metilizobutilketon va ko'pgina boshqa moddalar olish mumkin.
Mavzu bo'yicha savollar
1.Olefinlar gidratatsiyasi.
2.Olefinlarni sulfat kislotali gidratatsiyasi.
3.Olefinlarni to'g'ri gidratatsiyasi.
4.Etanol ishlab chiqarish.
Do'stlaringiz bilan baham: |