9-amaliy ish. Power Electronics – kuch elektronikasi elementlari



Download 0,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana05.12.2022
Hajmi0,5 Mb.
#879530
  1   2
Bog'liq
9-amaliy ish. Power Electronics – kuch elektronikasi elementlari



9-amaliy ish. Power Electronics – kuch elektronikasi elementlari
Ishni bajarishdan maqsad: MATLAB tizimining Sim Powers System paketidagi 
kuch elektronikasi elementlari bilan tanishish hamda ulardan modellashda 
foydalanishni o‘rganish. 
Boshlang'ich ma'lumotlar 
Kuch diodining modeli
Diode 
 
Piktogrammasi:
Diodning modeli ketma-ket ulangan rezistor R
on
, induktivlik L
on
, o‘zgarmas 
kuchlanish manbasi V
f
va kalit SW dan iborat (1-rasm). Kalitning ishlashini 
mantiq bloki boshqaradi. Diodda musbat kuchlanish bo‘lganda (V
ak
- V
f
) kalit 
ulanadi va pribordan tok o‘ta boshlaydi. Kalitning (diodning) uzilishi dioddan 
o‘tayotgan tok I
ak
nolgacha pasayganda sodir bo‘ladi.
Diod modelining statik volt-amper xarakteristikasi 2-rasmda ko‘rsatilgan. 
Modelda diodga parallel dempfirlovchi ketma-ket RC – zanjir ulangan.
Diod parametrlarini berish oynasi 3-rasmda ko‘rsatilgan. 
Blokning parametrlari: 
Resistance Ron (Ohm)-[Ulangan holatdagi qarshiligi (Om)]; 
Inductance Lon (H)-[Ulangan holatdagi induktivligi (Gn)]; 
Forward voltage Uf (V)-[To‘g‘ri yo‘nalishdagi kuchlanish tushishi (V)]; 
Initial current Ic (A)-[Tokning boshlang‘ich qiymati (A)]. Agar uning qiymati 
nol bo‘lsa modellash diodning yopiq holatidan boshlanadi. Modellash diodning 
ochiq holatidan boshlanishi uchun tokning boshlang‘ich qiymati sifatida musbat 
qiymat berilishi kerak; 
Snubber resistance Rs (Ohm)-[Dempfirlovchi zanjirning qarshiligi (Om)]. 
Snubber capacitance Cs (F)-[Dempfirlovchi zanjirning sig‘imi (F)]. 
Blokning chiqish portida (m bilan belgilangan) ikki elementdan iborat vektor 
Simulink-signal shakllanadi. Birinchi element - anod toki, ikkinchi element esa - 
anod-katod kuchlanishi. 


 
1-rasm. Diodning modeli 
2-rasm. Diod modelining statik volt-amper xarakteristikasi 
3-rasm. Diod parametrlarini berish oynasi 
Misol: 
Aktiv-induktiv yuklamaga ishlovchi bitta yarim davrli to‘g‘rilagichning modeli
4
-rasmda ko‘rsatilgan.


 
4-rasm. Aktiv-induktiv yuklamaga ishlovchi bitta yarim davrli to‘g‘rilagichning modeli

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish