Tiristor Thyristor, Detailed Thyristor
Piktogrammasi:
Vazifasi:
Tiristorni modellaydi. SimPowerSystem bibliotekasida tiristorning ikkita
modeli mavjud: Thyristor (soddalashtirilgan model) va Detailed Thyristor
(aniqlashtirilgan model).
Tiristorning soddalashtirilgan modeli ketma-ket ulangan rezistor R
on
,
induktivlik L
on
, doimiy kuchlanish manbasi V
f
va kalit SW dan iborat (5-rasm).
Kalitning ishlashini mantiq bloki boshqaradi. Tiristorda musbat kuchlanish (V
ak
-
V
f
) va boshqaruvchi elektrodda (g) musbat signal bo‘lganda kalit ulanadi va
pribordan tok o‘ta boshlaydi. Tiristordan o‘tayotgan tok I
ak
nolgacha pasayganda
kalit uziladi (tiristor yopiladi).
Aniqlashtirilgan modelda boshqaruvchi impulsning davomiyligi tiristor
ulanayotgan vaqtda anod toki tiristorning ushlab turish tokidan (I1) katta bo‘lishi
uchun etarli bo‘lishi kerak. Aks holda tiristor ochilmaydi. Tiristor yopilayotgan
vaqtda manfiy anod-katod kuchlanishni qo‘yish vaqti tiristorning yopilish vaqtidan
(Tq) katta bo‘lishi kerak.
5-rasm. Tiristorning soddalashtirilgan modeli
Tiristor modelining ulangan va uzilgan holati uchun statik volt-amper
xarakteristikalari 6-rasmda ko‘rsatilgan.
6-rasm. Tiristor modelining
ulangan va uzilgan holati uchun
statik volt-amper xarakteristikalari
Modelda tiristorga parallel
dempfirlovchi funksiyani
bajaruvchi ketma-ket RC-zanjir
ulangan.
Parametrlarini kiritish
oynasi:
Blokning parametrlari
:
Resistance Ron (Ohm):
[Ulangan holatdagi
qarshilik (Om)],
Inductance Lon (H):
[Ulangan holatdagi induktivlik (Gn)].
Forward voltage Uf (V):
[To‘g‘ri yo‘nalishdagi kuchlanish tushushi (V)].
Initial current Ic (A):
[Tokning boshlang‘ich qiymati (A)]. Ushbu parametrning qiymati nolga teng
bo‘lsa modellash tiristorning yopiq holatida, musbat qiymat berilgan bo‘lsa
tiristorning ochiq holatida boshlanadi.
Snubber resistance Rs (Ohm):
[Dempfirlovchi zanjirning qarshiligi (Om)].
Snubber capacitance Cs (F):
[Dempfirlovchi zanjirning sig‘imi (F)].
Latching current Ii (A):
[Ushlab turish tokining qiymati (A)]. Ushbu parametr tiristorning
aniqlashtirilgan modelida beriladi.
Turn of time Tq (s):
[Uzilish vaqti (s)]. Ushbu parametr tiristorning aniqlashtirilgan modelida
beriladi.
Blokning chiqish portida (m bilan belgilangan) ikki elementdan iborat bo‘lgan
vektor Simulink-signal shakllanadi. Uning birinchi elementi - tiristorning anod
toki, ikkinchisi - tiristorning anod-katod kuchlanishi.
Misol:
Aktiv induktiv yuklamaga ishlovchi bitta yarim davrli to‘g‘rilagichning
modeli 7-rasmda keltirilgan. Tiristorni boshqaruvchi impulslar Pulse Generator
bloki yordamida shakllantiriladi, bunda tiristorni boshqarish burchagining qiymati
generatorning (Pulse Generator) fazaviy kechiktirish davomiyligi (Phase Delay)
bilan aniqlanadi.
7-rasm. Aktiv induktiv yuklamaga ishlovchi bitta yarim davrli to‘g‘rilagichning modeli
Do'stlaringiz bilan baham: |