9. 5-§. Chang-havo aralashmalarining portlash va yonish chegarasini aniqlash



Download 13,51 Kb.
Sana26.02.2022
Hajmi13,51 Kb.
#470275
Bog'liq
хаводаги чанг


9.5-§. Chang-havo aralashmalarining portlash va yonish chegarasini aniqlash

Avvallari aerozol sistemada yonish jarayoni gomogen gazli aralashmaning yonishidek deb hisoblagan va alanga frontining o‘zgarish jarayoni issiqlik o‘tkazuvchanlik orqali alanga hududidan yonuvchi aralashmaga issiqlik beriladi deb tushuntirilgan. Ammo organik chang havo aralashmalari bo‘yicha alanga tarqalishining yuqori tezligini (10m/s dan yuqori) mazkur tasavvurlar nuqtai nazaridan tushuntirib bo‘lmas edi.


Keyinchalik chang havo aralashmalari bo‘yicha alanga tarqalishi asosiy tarzda alanga frontidan nur issiqlik oqimi sovuq aralashmani qizdirishi hisobiga hosil bo‘lishi haqida taklif ilgari surilgan va asoslangan. Qattiq zarrachalar nur oqimini yutib qiziydi, yonuvchi mahsulotlar (ular o‘z navbatida havo bilan yonuvchi aralashma hosil qiladi) hosil qilishi bilan parchalanadi. Mazkur alanga tarqalishi mexanizmining o‘ziga xosligi shundaki, nurli oqim bilan qattiq zarrachalarning qizdirish va parchalanishi chuqurligi ancha yuqori bo‘ladi. Buning natijasida alanga fronti oldida yuqori (qattiq fazaning parchalanish harorati bilan mos bo‘lgan) haroratgacha qizigan ko‘p miqdorda gaz bug‘ havo aralashmasi qatlami hosil bo‘ladi. Chang havo aralashmasi bo‘yicha yong‘in tarqalish jarayoniga alanga frontidan nurlanishning roli belgilovchi ahamiyat kasb etishini yuqori dispers tizimlarda yonishning tajribalar orqali o‘rnatilgan o‘ziga xosligi orqali kuzatish mumkin. Juda mayda zarrachalardan iborat aeromuallaq moddalar – yondirish manbai ta’siri hududida alangalanish oqibatida tez yonib ketadi. Lekin alanga hududining qalinligi shunchalik kichikki, bunda uning nurlanish jadalligi zarrachalarning parchalanishi uchun yetarli bo‘lmay qoladi va bunday aralashmalar bo‘yicha alanganing statsionar tarqalishi yuz bermaydi.
Yirik bo‘laklarni o‘z ichiga olingan aeromuallaq moddalar, statsionar yonishiga qodir emasligini ham ta’kidlab o‘tamiz. Biroq bu yerda uning sababi bir muncha boshqa. Ma’lumki, zarra o‘lchami (hajmi)ning oshishi bilan uning issiqlik almashinuvining solishtirma yuzasi kamayadi va uning parchalanish haroratiga qadar qizish vaqti oshadi. Agar alanga fronti oldida qattiq modda zarrachalarining parchalanishi hisobiga yonuvchi bug‘ gaz havo aralashmasi hosil bo‘lishi vaqti alanga fronti mavjud bo‘lish vaqtidan (alanga fronti qalinligining uning tarqalish tezligiga nisbati) kam bo‘lsa, u holda yonish yuz bermaydi. Demak, o‘lchami 0,1 0,18 mm bo‘lgan ko‘mir changidan tashkil topgan chang havo aralashma yonishga qodir emas.
Download 13,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish