1987-yildan keyin[tahrir | manbasini tahrirlash]
1988-yil 6-sentabrda Jizzax va Navoiy viloyatlari bekor qilinib, Jizzax viloyati Sirdaryo, Navoiy esa, Samarqand viloyati tarkibiga qoʻshildi. 1989-yil mayida sobiq Navoiy viloyatining katta qismi Buxoro viloyatiga qoʻshildi. 1990-yil fevralda Jizzax viloyati, 1992-yil esa Navoiy viloyati qayta tiklandi[9]. Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan soʻng Qoraqalpogʻiston ASSR maqomi Qoraqalpogʻiston Respublikasiga oʻzgartirildi. 1990-yillar boshlarida shoʻroviy ideologik nomga ega tuman va shaharlarning nomlari oʻzgartirildi. Oʻzbekistondagi oxirgi (2012-yilgi holatga koʻra) yirik ma’muriy-hududiy oʻzgarish 1999-yilda qiligan boʻlib, unga koʻra, Sirdaryo viloyatining Yangirabot tumani Jizzax viloyati tarkibiga qoʻshildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |