Viloyatga boʻysunuvchi tuman va shaharlar (sh.)
Andijon
|
Oyim, Oltinkoʻl, Andijon, Baliqchi, Voroshilov, Jalolquduq, Izboskan, Lenin, Marhamat, Paxtaobod, Stalin, Xoldevonbek, Xoʻjaobod, Chinobod, Andijon sh., Leninsk sh.
|
Buxoro
|
Olot, Buxoro, Vobkent, Gʻijduvon, Kogon, Qorakoʻl, Konimex, Karmana, Qiziltepa, Romitan, Sverdlov, Tomdi, Shofirkon, Buxoro sh., Gʻijduvon sh., Kogon sh.
|
Qashqadaryo
|
Beshkent, Gʻuzor, Dehqonobod, Qamashi, Qarshi, Koson, Kitob, Koʻkbuloq, Miroqi, Chiroqchi, Shahrisabz, Yakkabogʻ, Qarshi sh., Shahrisabz sh.
|
Namangan
|
Kosonsoy, Namangan, Norin, Pop, Toʻraqoʻrgʻon, Uychi, Uchqoʻrgʻon, Chust, Yangiqoʻrgʻon, Namangan sh., Chust sh.
|
Samarqand
|
Oqdaryo, Bulungʻur, Gʻallaorol, Jomboy, Jizzax, Zomin, Ishtixon, Qoradaryo, Qoraqishloq, Kattaqoʻrgʻon, Komsomolskiy, Qoʻshrabot, Mitan, Narpay, Nurota, Payariq, Pastdargʻom, Paxtakor, Samarqand, Urgut, Forish, Xatirchi, Samarqand sh., Jizzax sh., Kattaqoʻrgʻon sh.
|
Surxondaryo
|
Boysun, Denov, Jarqoʻrgʻon, Sariosiyo, Termiz, Uzun, Sherobod, Shoʻrchi, Termiz sh.
|
Toshkent
|
Oqqoʻrgʻon, Ohangaron, Bekobod, Boʻka, Yuqorichirchiq, Kalinin, Qorasuv, Mirzachoʻl, Quyichirchiq, Orjonikidze, Parkent, Piskent, Oʻrtachirchiq, Sirdaryo, Toshkent, Xovos, Chinoz, Yangiyoʻl, Toshkent sh., Angren sh., Bekobod sh., Chirchiq sh., Yangiyoʻl sh.
|
Fargʻona
|
Oltiariq, Oxunboboyev, Bagʻdod, Buvayda, Vodil, Gorskiy, Kaganovich, Kirov, Qoʻqon, Quvasoy, Quva, Kuybishev, Molotov, Soʻx, Toshloq, Fargʻona, Frunze, Fargʻona sh., Qoʻqon sh., Margʻilon sh.
|
Xorazm
|
Gurlan, Qoʻshkoʻpir, Mangʻit, Urganch, Xazorasp, Xonqa, Xiva, Shovot, Yangiariq, Urganch sh., Xiva sh.
|
Qoraqalpogʻiston ASSR
|
Qoraoʻzak, Kegeyli, Qipchoq, Kuybishev, Qoʻngʻirot, Moʻynoq, Taxtakoʻpir, Toʻrtkoʻl, Xoʻjayli, Chimboy, Shabboz, Toʻrtkoʻl sh., Nukus sh., Xoʻjayli sh., Chimboy sh.
|
1950-60 yillarda Oʻzbekiston SSR chegaralarining oʻzgarishi
SSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1956-yil 13 fevraldagi Qozogʻiston SSR va Oʻzbekiston SSR oʻrtasidagi chegaraning qisman oʻzgartirilishi toʻgʻrisidagi Qaroriga (ruscha: Указ Президиума ВС СССР от 13.02.1956 о частичном изменении границы между Казахской ССР и Узбекской ССР) muvofiq Qozogʻiston SSRdan Mirzachoʻl (qozoqcha: Мырзашөл) choʻlining va Boʻstondiq (qozoqcha: Бостандық, hozir Oʻzbekistonda – Boʻstonliq) tumanining bir qismi Oʻzbekiston SSR tarkibiga qoʻshildi. 1963-yil SSSR Oliy Soveti Prezidiumining qaroriga muvofiq Chimkent (qozoqcha: Шымкент) va Qiziloʻrda (qozoqcha: Қызылорда) viloyatlarining 36,6 ming km² hududi Oʻzbekiston SSR tarkibiga qoʻshib berildi. 1960-yil 25 yanvarda Qashqadaryo va Namangan viloyatlari bekor qilindi. Qashqadaryo viloyatining hududlari Surxondaryo viloyati tarkibiga qoʻshildi. Namangan viloyati esa Andijon va Fargʻona viloyatlari oʻrtasida boʻlib berildi. 1963-yil 16 fevralda Samarqand va Toshkent viloyatlarining qishloq xoʻjaligi uchun unumlashtirilgan yerlari ajratib olinib, yangi Sirdaryo viloyati tuzildi (ma’muriy markazi avval Yangiyer boʻlgan, 1963-yil noyabr oyida Gulistonga oʻzgartirilgan). 1964-yil 7 fevralda Qashqadaryo, 1967-yil 18 dekabrda esa Namangan viloyatlari qayta tuzildi[9]. 1971-yilning 28 iyunida Sirdaryo viloyatining uncha katta boʻlmagan Jetisoy, Kirov va Paxtaorol tumanlari Qozogʻiston SSRning Chimkent viloyatiga qoʻshib olindi[12]. 1973-yil 29 dekabrda Sirdaryo viloyatining bir qismidan Jizzax viloyati tashkil etildi. 1982-yil 20 aprelda Buxoro va Samarqand viloyatlarining ayrim hududlaridan Navoiy viloyati tashkil etildi[9]. Natijada, 1987-yil 1 yanvar holatiga koʻra Oʻzbekiston SSRning ma'muriy-hududiy boʻlinishi quyidagi koʻrinishga keldi[13]:
Do'stlaringiz bilan baham: |