9- Mavzu. To’qimalar klassifikatsiyasi. Bir va ko’p qavatli epiteliylar
Tayanch iboralar:
epiteliy, tayanch-trofik, mushak, muskul, nerv,
differentsiallanish, regeneratsiya, bazal membrana, bazal va apikal qutblar,
mezoteliy, mikrovorsinkal, jiyak
,
bazal qavat, tika-naksimon hujayralar qavati,
donador, yaltiroq va muguz qavat, oraliq va yopqich qavat, sekretor, chiqaruv nay,
merokrin, apokrin va golokrin bezlar
Mashg‘ulot rejasi:
1.
Tо‘qimalar klassifikatsiyasi va regeneratsiyasi.
2.
Epiteliy tо‘qimasi va klassifikatsiyasi.
3.
Bir qavatli epiteliy tо‘qimalari
4.
Ko‘p qavatli epiteley
5.
О‘zgaruvchan epiteliy
6.
Bez xillari va tuzilishi.
Evolyusion taraqqiyot davomida tirik organizmlarning turli shakllari vujudga
kelgan. Hayvon organizmining takomili, ularning evolyusiyasi yangi vazifalar va
shu vazifalarni bajarish uchun hosil bо‘lgan tuzilmalar rivojiga bog‘liq.
Tо‘qimalar evolyusiyasini о‘rganuvchi fanga evolyusion gistologiya deyiladi.
Evolyusion gistologiyaga Rossiyada I.I.Mechnikov asos solgan. Uning g‘oyalarini
A.A. 3avarzin va N.G.Xlopin ilgari surdi, rivojlantirdi. Masalan, A.A.Zavarzin
tо‘qimalar klassifikatsiyasiga hayot jarayonining asosiy tomonlarini ochib beruvchi
funksional prinsiplarni asos qilib oldi. U tо‘qimalarni himoya funksiyasini о‘tovchi
chegara tо‘qimaga, modda almashinuvi va tayanch-mexanik vazifani bajaruvchi
ichki muhit tо‘qimasiga, qisqarishni ta’minlovchi muskul tо‘qimasiga va impuls
о‘tkazuvchi nerv tо‘qimasiga bо‘ldi.
Odatda, tо‘qimalarning takomili ularning organizmda bajaradigan vazifasi
bilan belgilanadi. Turli hayvonlarda tо‘qimalar ba’zi belgilari bilan ajralib tursada,
juda ham kо‘p mavjudotlarda muayyan tо‘qima turlarini ajratish mumkin.
Binobarin, tо‘qima evolyusiyasi butun organizm evolyusiyasining xususiy
kо‘rinishidir.
Tо‘qima tarixiy (filogenetik) taraqqiyot jarayonida vujudga kelib umumiy
tuzilishga ega bо‘lgan, ma’lum funksiyani bajarishga ixtisoslashgan hujayralar va
hujayra bо‘lmagan tuzilmalar majmuasidan iborat.
Tarixiy taraqqiyot natijasida 4 xil tо‘qima vujudga kelgan.
1. Epiteliy tо‘qimasi. 2. Ichki muhit tо‘qimasi. 3. Muskul tо‘qimasi. 4.
Nerv tо‘qimasi.
Bulardan epiteliy va biriktiruvchi tо‘qima eng qadimiy hisoblanadi.
Rivojlanishining sо‘nggi bosqichlarida hayvonlar tuzilishining murakkablashishi
bilan birga muskul va nerv tо‘qimalari takomillashadi. Muskul tо‘qimasi harakat
funksiyasini bajarishda ishtirok etsa, nerv tо‘qimasi hamma tо‘qimalarni о‘zaro
bog‘lab turadi. Tо‘qimalarning hosil bо‘lish jarayoni gistogenez deb yuritiladi.
Bu jarayon davomida har bir kurtakning hujayralari va hujayra shakliga ega
bо‘lmagan strukturalari turli tomonga differensiallashadi, hamda bir tо‘qimaga xos
bо‘lgan maxsus tuzilmalarni va xususiyatlarni о‘zida mujassamlashtiradi.
Tо‘qimalar differensiallashishida 4 davr tafovut etiladi. 1) ootipik; 2) blastomer; 3)
kurtak; 4) tо‘qima differensiallanish davrlari.
Ootipik differensiallanish davrida bо‘lg‘usi kurtaklar prezumtiv (lat.
presumptio – ehtimol) – ehtimoliy qismlar holida tuxum hujayra sitoplazmasida yoki
zigotada о‘z ifodasini topadi. Masalan, amfibiylarda bо‘lg‘usi xordomezoderma
tuxum hujayra sitoplazmasining kulrang о‘roqchasi qismida joylashadi.
Blastomer differensiallanishda bо‘lg‘usi tо‘qima kurtaklari maydalanayotgan
blastula hujayralarining shu tо‘qima rivojlanishini belgilaydigan blastomerlari
differensiallanishi sifatida kо‘rinadi. Kо‘pchilik hayvonlarda maydalanishning ilk
davridayoq bir-biridan farq qiladigan blastomerlar hosil bо‘ladi. Blastula davrida
blastula tubi, tomi va qirg‘oq qismlari blastomerlari bir-biridan farqlanadi.
Kurtak differensiallanishida bir xil bо‘lgan birlamchi homila varaqlarida
alohida tuzilishga ega bо‘lgan chegaralangan qismlar hosil bо‘ladi. Chunonchi,
ektodermadan nerv sistemasi kurtagi bо‘lgach nerv naychasining ajralib chiqishi
bunga misol bо‘la oladi.
Tо‘qima differensiallanish davrida tо‘qima kurtaklari tо‘qimaga aylanadi.
Kurtakning tо‘qimaga aylanishi – gistogenez davrida har bir kurtakning hujayra va
hujayra bо‘lmagan tuzilmalari turli yо‘nalishda ixtisoslashib, har bir tо‘qima uchun
xos bо‘lgan tuzilmalarni, fiziologik va ximiyaviy xususiyatlarni hosil qiladi.
Tо‘qima takomilining determinatsiyasi (lat. determinare – belgilash) asosan
avloddan-avlodga о‘tuvchi irsiy belgilar bilan bog‘liqdir. Irsiy omillar organizm
takomilining umumiy yо‘nalishini belgilaydi. Bu esa homila о‘sish davrida turli
ta’sirlar natijasida (ichki va tashqi) yangi xususiyatlar hosil bо‘lishini inkor etmaydi.
Davom etayotgan differensiallanish va о‘sish davrida hujayralararo ta’sirlar
orta borib organizmning integratsiyasi (lat. integer – butun) vujudga keladi.
Integratsiya iborasi organizm alohida qismlarining bir butunga birlashishini kо‘zda
tutadi. Hamma a’zolar asosan 4 xil tо‘qimadan: epiteliy, biriktiruvchi, muskul va
nerv tо‘qimalaridan tashkil topgan. Parenximatoz a’zolarning asosi – biriktiruvchi
tо‘qimadan, parenximasi (asosiy ishni bajaruvchi qismi) esa epiteliydan tashkil
topgan. A’zo tarkibiga kirgan tо‘qimalarning faoliyati shu a’zoning umumiy yoki
asosiy funksiyasini bajarishga qaratilgan.
Tо‘qimalarning fiziologik va reparativ regeneratsiyasi. Tо‘qima va
organlarda о‘layotgan hujayralar hamda hujayra shakliga ega bо‘lmagan tuzilmalar
doim, butun hayot davomida qaytadan tiklanib turadi. Bu jarayon fiziologik
regeneratsiya deb atalib, turli tо‘qimalarda turlicha kechadi. Mitoz bо‘linish
xususiyatiga ega bо‘lgan, differensiallashgan hujayralarga boy tо‘qimalarda
fiziologik regeneratsiya juda aniq kо‘rinadi. Masalan, teri va ichak epiteliysida, qon
shaklli elementlari hosil bо‘lishida, biriktiruvchi tо‘qima hujayralarida, muskul
tо‘qimasida fiziologik regeneratsiya ancha tez boradi. Nerv tо‘qimasida fiziologik
regeneratsiya bо‘lish-bо‘lmasligi tо‘liq aniqlanmagan. Sо‘nggi yillardagi
ma’lumotga kо‘ra nerv tо‘qimasida fiziologik regeneratsiya jarayoni kechsada, lekin
muskul tо‘qimasidagiga nisbatan sustroq kechadi. Tо‘qimalarning shikastlangandan
sо‘ng qaytadan tiklanishi reparativ regeneratsiya deyiladi. Reparativ regeneratsiya
hamma tо‘qimalarga xos jarayondir. Reparativ regeneratsiya bir necha yо‘l bilan
boradi.
1.
Regeneratsion gipertrofiY.
Bu yо‘l bilan boruvchi regeneratsiyada a’zoning
massasi hujayralarning bо‘linishi yoki ularning gipertrofiyasi (kattalanishi)
natijasida qayta tiklanadi. Bu tipdagi regeneratsiya yuqori tabaqali hayvonlarning
jigar, buyrak va ayrim boshqa a’zolariga xosdir.
2.
Hujayra proliferatsiyasi
. Bu xil yо‘l bilan boradigan regeneratsiyada
organning shikastlangan joyi hujayralar bо‘linishi hisobiga qayta tiklanadi. Masalan,
me’da- ichak yо‘li epiteliysi bunga misol bо‘la oladi.
3.
Hujayra ichi regeneratsiyasi
. Bu tipdagi regeneratsiyada hujayra
organoidlarining hajmi va soni ortishi hisobiga hujayra hajmi ham ortadi va natijada
organ yoki tо‘qimaning ham hajmi qayta tiklanadi. Masalan, yurakning muskul
qavati, neyronlarda.
Epiteliy, biriktiruvchi va silliq muskul tо‘qimalari juda tez qayta tiklanadi.
Kо‘ndalang-targ‘il muskul tolalari esa ma’lum sharoitdagina qayta tiklanishi
mumkin. Nerv tо‘qimasida qayta tiklanish juda ham sust boradi.
Tо‘qimalarning о‘zgaruvchanligi
. Har bir tо‘qima о‘ziga xos tuzilishga,
xususiyatlarga ega va shu bilan boshqa tо‘qimalardan farq qiladi. Tо‘qimalarning
о‘z xususiyatlarini saqlab turishi determinatsiya deb yuritiladi. Modda
almashinishlarining о‘zgarishi tо‘qimalariing maxsus funksiyalarining va morfo-
funksional xususiyatlarining о‘zgarishiga yoki patologik о‘zgaruvchanlikka olib
keladi. Bu jarayonda tо‘qima о‘zining maxsus xususiyatlarini yо‘qotadi va shu
tо‘qimaga xos bо‘lmagan tuzilmalar hosil bо‘ladi. Tо‘qimalardagi bunday
о‘zgarishlar metaplaziya deyiladi. Metaplaziya turli patologik holatlarda va
eksperimentlar ta’sirida paydo bо‘lishi mumkin.