a) b)
rasm.
2–masala. Umumiy vaziyatdagi AB(A′B′,A″B″) kesma H tekislikka perpendikulyar vaziyatga keltirilsin (3.4–rasm).
Yechish. Dastlab AB kesmani harakatlantirib, V tekislikka parallel A1B1(A′1B′1,A1″B1″) vaziyatga keltiramiz. So‘ngra ixtiyoriy B2″ nuqta tanlab olamiz va bu nuqtadan b2″⊥Ox to‘g‘ri chiziq o‘tkazamiz va unga A2″B2″=A1″B1″ kesmani o‘lshab qo‘yamiz. Kesmaning gorizontal proyeksiyasi b1′chiziq bo‘yisha harakatlanib, A2″≡B2″≡ b2″ bo‘lib proyeksiyalanadi.
rasm.
3–masala. Umumiy vaziyatda berilgan P(PH, PV) tekislik H tekisligiga perpendikulyar vaziyatga keltirilsin (3.5–rasm).
Yechish. P tekislikning ixtiyoriy f(f′, f″) frontali o‘tkaziladi. So‘ngra Ox o‘qida ixtiyoriy nuqtadan f1″⊥Ox qilib o‘tkazamiz va chizmada ko‘rsatilgan masofada tekislikning frontal izi P1V⊥Ox (yoki P1V∥f1″) qilib o‘tkazamiz. Tekislikning P1H gorizontal izi P1x va f 1′ nuqtalardan o‘tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |