9.6. Jadidchilik mazmun-mohiyati va maqsadlari
“Jadid” arabcha soʻz boʻlib, “yangi” degan ma’noni bildiradi. Ismoilbek Gaspirali gʻoyalarini qabul qilgan yangilik tarafdorlari “jadidlar”, uning gʻoyalari esa jadidchilik nomini oldi. Ismoilbek Gaspirali darslik yaratdi, oʻzining “Tarjimon” (1883-1914) gazetasini tashkil etib, jadidchilikni turkiy xalqlar orasida targʻib qildi. Bu gazeta Turkiston oikasi shaharlarida, shuningdek Buxoro amirligi va Xiva xonligida ham tarqala boshladi.
1892- yilda Ismoil Gaspirali Turkistonga tashrifi ham jadidchilik gʻoyalarining keyingi rivojiga ta’sir korsatdi. U chor ma’murlari hukmdorlari va Buxoro amiri Abdulaxadxon qabulida boʻldi. U Buxoro amirini qiyinchilik bilan amirlik poytaxtida yangi usul maktabi ochishga kondirishga erishdi. Bu maktabga "Muzaffariya" nomi berildi. 1899- yilda Andijonda Shamsuddin domla, 1901- yilda Qoʻqonda Salohiddin domla, Toshkentda Munavvarqori Abdurashidxonov va Samarqandda Abduqodir Shakuriylar birinchi boʻlib jadid maktablari ochdilar. 1903- yilga kelib birgina Turkiston oʻlkasida 100 dan ziyod boshlangʻich jadid usuli maktablari ochilgan edi.
Turkiston jadidlariga Mahmudxoʻja Bexbudiy, Abduqodir Shakuriy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy va boshqa onlab milliy ziyolilar rahnomolik qildilar. Jadidchilik harakatining yirik namoyandalari jadid maktablari uchun darsliklar ham yaratganlar. Xususan, Saidrasul Aziziyning “Ustozi avval” (1903), Munavvarqorining “Adibi avval” (1907), Abdulla Avloniyning “Birinchi muallim”, “Ikkinchi muallim” (1912) darsliklari alohida e’tiborga molikdir. Jadidlar yoshlarni chet ellarga oqishga yuborish tashabbusi bilan chiqdilar. Boy tabaqaning ilgʻor vakillari jadidlarning bu harakatini ma’qullab tegishli mablagʻ bilan komaklashdilar. Koʻpgina umidli yoshlar Germaniya, Misr, Turkiya va Rossiyaning markaziy shaharlariga oqishga yuborildi. 1910- yili Buxoroda mudarris Hoji Rafiy va boshqalar “Bolalar tarbiyasi” xayriya jamiyatini tashkil etib, 1911- yilda 15 ta, 1912- yilda 30 ta talabani Turkiyaga oqishga joʻnatdi. Jadidchilik Turkistonda madaniy-ma’rifiy harakat sifatida rivojlandi va asosiy maqsadi milliy hayotni zamonaviylashtirishga qaratildi. Bu jumladan quyidagilarni anglatar edi:
– xalq ta’limini isloh qilish;
– adabiyotni rivojlantirish;
– zamonaviy matbuotni yaratish;
– islom aqidaparastligi va mutaassibiikni rad etish;
– zamonaviy teatr va dramaturgiyani yaratish;
– tarix fanini rivojlantirish va oʻzbek xalqining yangi tarixini yozish.
Jadidlar etiqodli, izchil va chinaham musulmonlar boʻlib, hech mahal Turkistonda islom dini arkonlarini taftish qilishni istamaganlar. Jadidlar islomni har xil sohtaliklardan tozalab, haqiqiy dinni qaror toptirish va dunyoviy bilimlarni egallash yoli bilan jamiyatda uning ta’sirini mustahkamlashga erishmoqchi edilar. Jadidlarga mutaassib ruhoniylar qarshilik korsatdilar.
Jadidlarning xalqaro aloqalari keng qamrovli boʻlgan. Ular Rossiya, Turkiya, Misr va boshqa mamlakatlardagi jadidchilik oqimlari dasturlaridan xabardor boʻlganlar. Shu bilan birga, jadidlar milliy teatrga asos soldilar. Munavvar qori rahnamoligida 1913- yilda musulmon drama san'ati havaskorlari jamiyati – “Turon” truppasi tuzildi. 1914- yil 27- fevralda Toshkentdagi “Kolizey” teatri binosida oʻzbek milliy teatrining 1-rasmiy ochilish marosimi boʻldi. Oʻsha kuni sahnada Behbudiyning “Padarkush” pyesasi namoyish etildi.
Abduqodir Shukuriy, Mahmudxoʻja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Munavvar qori va boshqalar kuch-gʻayratlarini oʻz islohotchilik gʻoyalarini aholi orasida targʻib etishga qaratishdi. Qattiq qol senzuraga qaramasdan, ular oʻz gazeta va jurnallarini nashr eta boshlashdi. Turkistonda 1906-1908- yillarda jadidlarning “Taraqqiy”, “Shuxrat”, “Xurshid”, 1913-1917- yillarda “Sadoi Turkiston”, “Samarqand”, “Oyina”, “Turon”, “Buxoroi Sharif”, “Sadoi Fargʻona” va boshqa gazetalari bosmadan chiqa boshladi.
Mustamlakachi ma’murlar jadidlar harakatini jilovlash choralarini kordilar. Ular ustidan nazorat oʻrnatar, gazeta va jurnallarini man etib, nashriyotlarni buzib tashlar, kitob dokonlari, qiroatxonalarni yopib tashlar edi. Mustamlakachilarning jadidlarga nisbatan qoʻllagan zoravonlik choralari ularni ma’naviy-ma’rifiy islohotdan siyosiy qarshilik korsatish darajasiga kotarilishga olib keldi. Jadidlar boy tarixiy merosida milliy gʻoya va milliy mafkura alohida orin tutadi. Jadidchilik faqat madaniy hodisa boʻlib qolmasdan, u, avvalo, siyosiy hodisa ham edi. Milliy taraqqiyparvarlar oʻz faoliyatida davlat va uning qurilishidan tortib, jamiyat va uning ma’naviy hayotigacha boʻlgan barcha masalalarni qamrab olishgandi.
XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Turkistonda maydonga kelgan Jadidchilik madaniy-ma’rifiy, milliy, ijtimoiy-siyosiy harakat edi. U osib mustamlakachilarga qarshi kotarilgan milliy-ozodlik harakatining mafkurasiga aylandi. Xulosa qilib aytganda, XIX asrdagi parokandalik, uch xonlikdagi ozaro notinchlik va mahalliychilik yurtimizni jahongir davlatlar iskanjasiga soldi. Bosqinchilar uchun qulay zamin yaratdi. Natijada, XIX asrning ikkinchi yarmida Rossiya imperiyasi Turkiston xalqlarini asoratga soldi. U oʻlkani siyosiy-hududiy jihatdan zabt etibgina qolmay, balki erksevar, zahmatkash xalqni ma’naviy-ruhiy boysundirishga erishdi.
Rossiya imperiyasi oʻlkani Turkiston general-gubernatorligi, Buxoro amirligi va Xiva xonligidan iborat uch qismga boʻlib, tub aholi birligi va siyosiy qudratini sindirish yolida barcha vositalardan foydalandi. Mustamlakachilar Turkiston xalqlari turmushida nimaiki ularning istiqboliga toʻgʻanoq boʻlsa, ularni ozodlik uchun kurashdan chalgʻitsa, hammasini qoʻllab-quvvatlagan holda, istiqlolga xizmat qiluvchi barcha intilishlarning payini qirqdilar. Rossiya mustamlakachilarining ogʻir asorati sharoitida ham xalqimiz oʻzligini, milliy qadriyatlarini, ma’naviyatini, madaniyatini, urf-odatlari va turmush tarzini saqlab qola oldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |