Sezgi organlari. Plastinkajabralilar suv tubidagi loyga ko`milib olib, passiv hayot kechiradi. Shuning uchun sezgi organlari yaxshi rivojlanmagan.
Jinsiy sistemasi. Juda ko`pchilik vakillari ayrim jinsli, lekin jinsiy dimorfizm ko`zga tashlanmaydi. Bir juft jinsiy organlari, tanasining oldingi qismida joylashgan. Tuxum va urug` yo`llari oyog`i asosida tashqariga ochiladi. Birmuncha sodda tuzilgan vakillarida tuxum va urug` yo`li bo`lmaganligi tufayli jinsiy bezlari buyrakka ochiladi.
Rivojlanishi. Tuxumi ko`pincha tashqi muhitda urug`lanadi. Lichinkasi troxofora. Chig`anog`i dastlab plastinka shaklida troxofora lichinkasi orqa tomonida shakllanadi; keyinroq o`rta chizig`idan bukilib, bu joyda ligament hosil qiladi. Troxofora bir qancha o`zgarishlardan so`ng hamma de ngiz mollyuskalan uchun xos bo`lgan yelkanli lichinka veligcrga aylanadi. Veliger ikkipallali chig`anog`i orasidan yelkanini chiqarib suzib yuradi. Veligeming tuzilishi voyaga yetgan mollyuskagajuda o`xshab ketadi. Uning bo shlang`ich oyog`i, mantiyasi, nerv gangliylari, oshqozoni, jigari va boshqa organlari nvojlangan; lekin ayirish sistemasi protonefridiylar shaklida bo `ladi. Vaqt o`tishi bilan lichinka suv tubiga cho`kib, turli predmetlarga yopishib oladi va voyaga yetgan mollyuskaga aylanadi.
Suv shillig`ining tuzilishi Suv shillig`ining tuzilishi ichki tuzilishi
Chig`anoqlilarning turli vakillari
Ignaterililar - ikkilamchi tana bo`shliqli hayvonlar, voyaga yetgan davrida tanasi radial simmetriyali bo`ladi. Ko`pchilik turlarining simmetriyasi besh nurli. Lekin ignaterililaming radial simmetriyasi ikkilamchi xususiyatgaega bo`lishi bilan bo`shliqichlilarning birlamchi simmetriyasidan farq qiladi. Ignaterililaming ajdodlari va lichinkalari ikki tomonlama simmetriyaga ega. Ignaterililar selomi yaxshi rivojlangan bo`lib, suyuqlik bilan to`lgan. Bu bo`shliqda ichki organlari joylashgan. Selomning murakkab tuzilishi va undan bir qator sistemalarning hosil bo`lishi bilan ignaterililar boshqa hayvonlardan keskin farq qiladi. Xususan, barcha ignaterililar uchun xos bo`lgan ambulakral (suv-tomir) sistemasi selomdan kelib chiqadi.
Ignaterililaming terisi ostidagi biriktiruvchi to`qimasida ohak plastinkalardan iborat skeleti joylashgan. Skelet plastinkalari tikan yoki nina- ga o`xshab tana sirtiga turtib chiqib turadi. Ignaterililaming qon aylanish sistemasi bor; nafas olish organlari kuchsiz rivojlangan; maxsus ayirish sistemasi bo`lmaydi. Nerv sistemasi sodda tuzilgan bo`lib, ko`pincha teri epiteliysi ichida yoki epiteliyning tana devoriga botib kirgan qismida joylashgan.
Ignaterililar ayrim jinsli hayvonlar. Ulaming tuxumidan erkin suzib yuradigan diplevrula lichinkasi chiqadi. Bu lichinka murakkab metamorfoz orqali voyaga yetgan hayvonga aylanadi.
Ignaterililar tipi 5000 dan ko`proq dengizlarda yashovchi hayvonlarni o`z ichiga oladi. Tip Pelmatozoylar va Eleuterozoylar kenja tiplariga ajra- tiladi. Birinchi kenja tipga dengiz nilufarlari sinfi va qirilib bitgan bir necha sinflar kiradi. Eleuterozoylar sinfiga esa hozirgi 4 sinf: dengiz yulduzlari, ofiuralar, dengiz tipratikanlari va goloturiyalar sinflari hamda bitta qirilib ketgan ofiosistalar sinfi kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |