O’yin uslubi. Jismoniy tarbiya uslublarining samarali shakllaridan biri o`yin uslubidir. Jismoniy tarbiyaning o`yin uslubi quyidagi ko`rinishlarda bo`ladi. Faoliyatni taqlid asosida tashkil etish, bunda vaziyatning doimiy va ko`proq darajada bexosdan o`zgarishi bilan maqsadga erishish. O`yin syujeti atrof-muhitdan olingan biror tomoni obrazli ifoda etishdan iborat bo`ladi yoki jismoniy tarbiya talablariga asoslanib o`ynovchilarning harakat qilishlarining maxsus syujeti shakllanadi. Bunday holat ko`proq sport va harakatli o`yinlarda uchraydi.
Musobaqa uslubi Jismoniy tarbiyada musobaqa-bellashuv usullari muhim ahamiyatga ega. Musobaqa keng tarqalgan ijtimoiy jarayon hisoblanadi. U hamma sohaga xos bo`lib faoliyat ko`rsatuvchilarni yuksak natijalarga erishishga chorlaydi. Jismoniy tarbiya jarayonida musobaqalashish uslubi mashg`ulot o`tkazishda ham mustaqil musobaqa shaklida ham tashkil etilishi mumkin.
Nutq va ko’rsatmalilik uslublari Ko`rsatmalilik uslubi jismoniy tarbiya jarayonida o`z ta'sir kuchiga ega bo`lib asosiy vositalardan biri hisoblanadi. Ko`rsatmalilikning bavosita usulida mashg`ulotlar davomida plakatlar, rasmlar, sxemalar, kino va videofilmlar namoyish qilish bilan tashkil etiladi. Shuningdek, bavosita ko`rsatmalik uslubida odam gavdasi modellari har xil mulyajlar, maketlar, elektr yordamida harakatlanadigan nishonlar va boshqa texnik vositalar qo`llaniladi.
Tushuntirish uslubi mashq bajarish davomida mashqni bajarib turib bajariladi. Ko`rsatma, buyruq berish og`zaki ta'sir etish shakllaridan bo`lib unda fikr lo`nda buyruq shaklida ifodalanadi. Suhbat uslubida shug`ullanuvchilar bilan o`rganilayotgan jismoniy mashq va harakatlar yoki umumiy jismoniy tarbiya va sport bo`yicha suhbat savol va javob shaklida muhokama qilinadi. Suhbatlar keng va yakka tartibda ham tashkil etiladi.
Talabalar jismoniy tayyorgarligni to’g’ri rejalashtirib, nazorat qilib borilganda unumli natija beradi. jismoniy tayyorgarligni rivojlantirish “Jismoniy tarbiya” fanining o`quv-uslubiy to`plami doirasida amalga oshiriladi va uni jismoniy tarbiya kafedrasi tuzadi.
Bir yillik reja ko`p yillik rejaga o`xshash, lekin uning mazmuni aniq va to`liqdir. jismoniy tayyorgarligni rejasi o`quv jarayonining xususiyatlarini hisobga olgan holda tuziladi. Talabalar jismoniy tayyorgarligini tekshirish va baholash, ularning jismoniy tayyorgarlik darajasini tekshirishdan maqsad tanlangan mutaxassisliklarga yordam berish. Tekshirish natijalarining xolisona bo`lishi jismoniy tarbiyaning u yoki bu vositalari odam organizmiga qanday ta'sir qilishini aniqlashga imkon beradi.
Ta'lim muassasalarida jismoniy tarbiya maqsadi-talabalar organizmini jismoniy rivojlantirish, sog`lomlashtirish, hayotga tayyorlash. Ta'lim muassasalarida jismoniy tarbiya tadbirlarining vazifasi-talabalarni jismoniy harakatlar va jismoniy mashqlarga o`rgatish. Jismoniy tarbiya tadbirlari shakllari - jismoniy tarbiya darslari, jismoniy tarbiyadan ishlar. Jismoniy tarbiyadan ishlar - sport to`garaklaridagi mashg`ulotlar, sport musobaqalari va bayramlari, sayrlar va turizm mashg`ulotlari.
Jismoniy sog‘lomlashtiruvchi uslublar va tizimlar tavsifida sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlarning turlari mavjud.
Sog‘lom turmush tarzi (STT) fenomenini dastlab tibbiyot fanining otasi Gippokrat o‘zining “Sog‘lom turmush tarzi risolasida” tibbiy nuqtai nazardan o‘rgangan. Risolada inson jismining salomatligini, tashqi muhitning omillari - iqlim, tuproq, suv, kishilarning hayot yo‘sini, jamiyat qonunlari, sog‘lom turmush tarzi uchun zaruriy sharoitlar bilan bog‘lagan (O‘rinboev N.).
Demokrit esa jamiyat a’zolarining moddiy ehtiyoji faqat turmush tarzini emas, jamiyat taraqqiyotida ro‘y beradigan barcha o‘zgarishlarni tub sababchisi bo‘lishi mumkin, degan fikrni ilgari surgan.
Yunonistonda tana maqomi davlat qonunlari doirasida inson jismi madaniyati talablariga muvofiq qat’iy muhokama qilinganligi, jismoniy barkamollikka intilish shaxs kamolotining eng asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblangan, avlod-ajdodining tana, qaddi-qomati qanchalik go‘zal bo‘lsa, uning o‘zi ham shunchalik komillashib boradi, degan g‘oya ustivor bo‘lgan.
Halqimiz, davlatchiligimizning o‘tmishga oid tarixi sahifalarining guvohlik berishicha, har doim ham yurtimiz farovonligi, uning rivojlanishi, doimiy ravishda bir tekis kechmaganligi, uning zafarli qadamlarining asosiy og‘irligi yoshlar, ularning jismoniy barkamolligi zimmasiga tushganligini ko‘rsatdi. Katta hunrezliklar, besamar qon to‘kilishini oldini olish, el-yurt, millat, xalq taqdirini hal qilish ikki raqib tomonning taniqli pahlavonlari, jismonan kamolotga erishgan erlarining jangdan oldingi uyushtirilgan yakkama-yakka mardonavor olishuvlari orqali hal qilinganligi ham tarixiy haqiqat. Qayd qilinganlarning barchasi millatimiz, xalqimiz jismoniy kamolotining darajasiga borib taqalgan.
“Erinchoqlik va irodasizlikni” akademik A.A.Mikulin o‘zining “Faol uzoq umr” kitobida inson uchun “Nixoyatda makkor va pinhoniy dushman” deb atagan. Yashashni va ishlashni bilish ulug‘ ma’rifat. Xayot ishni sifatli, sermaxsul, puxta bajaruvchilarni ardoqlaydi. «Mehnat qilsang - rohat topasan» degan maqol har bir kishining hayotiga nisbatan talabchanligini belgilaydi.
Hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti begalangan qoidalari bilan yashaydi, bunda mehnatsevarlik va ishbilarmonlik to‘g‘ri dam olish, tez va yaxshi hordiq, chiqarishni bilish dek nazariy bilimlar zarur. Qator ilmiy tadqiqotlar va biz o‘tkazgan sotsiologik tadqiqotlar orqali 200 dan ortiq Farg‘ona davlat universitetining hamda Qo‘qon davlat pedagogika institutining I-II-kurs talabalari sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlari natijalari orqali yuzaga keladigan “mushaklardagi xushhollik” (40%), ko‘tarinkilik kafyiyat (33,1%), yanan takrorriy shug‘ullanish uchun xohishni kuchayishi (12%), qaddi-qomatda yuzaga keladigan o‘zgarishlar (7%), harakatlari kooridansiyasini yaxshilanganligini sezmaganligini (8%) e’tirof etdilar. Demak, sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlari orqali jisomniy barkamollik darajasiga ko‘tarilishini ijobiy ta’siri haqidagi tasavvurlari kuchli emas.
Sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlari natijasida tanada faqat kuch ko‘payibgina qolmay, uning fikrlash imkoniyatlari ham kengayadi. Jismoniy va aqliy kamolot nihoyasiz, chegarasiz bo‘lib unga sekin yoki tez sur’at bag‘ishlash har kishining intilishiga, mehnatsevarligiga, sabru-toqatiga, irodasiga bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |