9 -mavzu: Ishlab chiqarish resurslari va ulardan foydalanish samaradorligi Reja


Mahsulot ishlab chiqarish tannarxini kal`kulyatsiyalash



Download 30,21 Kb.
bet3/3
Sana30.04.2022
Hajmi30,21 Kb.
#595856
1   2   3
Bog'liq
9-мавзу

3. Mahsulot ishlab chiqarish tannarxini kal`kulyatsiyalash.
Tannarx rejani ko`rsatkichlari sistemasida kal`kulyatsiya muhim rol o`ynaydi. korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulot birligi tannarxi xarajatlarining alohida moddalar bo`yicha pulda ifodalanish mahsulot tannarxini kal`kulyatsiyalash deb ataladi.
Kal`kulyatsiya orqali ishlab chiqarish uchun belgilangan mablag`lar qanday maqsad va yo`nalishlarda sarflanganligi aniqlanadi, ya`ni harajatlar sarflangan quyidagi hamda mahsulot maqsadga bo`ladi yo`nalishdagi bo`yicha gruppalarga ajratiladi.
Ishlab chiqarish jarayonlariga xizmat ko`rsatish va ishlab chiqarish boshqarish bilan bog`liq bo`lgan harajatlar bilvosita harajatlar hisoblanadi. Bu turdagi xarajatlar mahsulot tannariga bevosita kiritmaydi, balki sexlar va korxona bo`yicha planlashtiriladi va hisoblanadi.
1-modda. Asosiy materiallar xarajati materialning hamma turi kiradi. Materiallar bo`yicha harajatlar uchun sarf normalari ulgurji baholari ko`paytmasiga teng.
2-modda. «Asosiy va ko`shimcha ish haqi». Mahsulot ishlab chiqarishda bevosita qatnashayotgan ishchilarning asosiy va ko`shimcha ish haqlari. Asosiy ish haqiga korxonaning hamma asosiy sexlarida mahsulot ishlab chiqarishda bevosita qatnashayotgan. ishchilarning ish haqi kiradi.
3-modda. «Sotsial straxovaniyaga ajratar». Belgilangan davlat miqadorida sotsial straxovanie fondiga ishlab chiqishda band bo`lgan ishchilarning asosiy va qo`shimcha ish haqidan ajratma aniqlanadi.
4-modda. Ishlab chiqarishni tayyorlash va o`zlashtirish harajatlari.
5-modda. Mehnat birjasiga ajratma.
6-modda. Med strax uchun ajratma,
7-modda. TSex harajatlari.
8-modda. Umumkorxona harajatlari.
Mahsulotning korxona tannarxi yuqorida keltirilgan 8 ta moddalar yigindisidan iborat.
9-modda. «Ishlab chiqarishdan tashqaridagi xarajatlar» mahsulotning korxona tannarxiga nisbatan protsent hisobida taqsimlanadi.
Mahsulotning to`la tannarxi mahsulotning korxona tannarxi va ishlab chiqarishdan tashqaridagi harajatlar yig`indisiga tengdir.
Foyda. Ulgurji narx. MDS. Sotish narxi.
Ishlab chiqarish xarajatlari smetasi korxonaning planlashtirilgan yilda mahsulot ishlab chiqarish bo`yicha davlat planini bajarishni ta`minlash uchun hamma moddiy energetik va mehnat xarajatlarni pulda ifodalangan yig`ma hujjatdir.
Ishlab chiqarish xarajatlari smetasi mahsulot tannarxining umumiy kal`kulyatsnyasi, moddiy-texnika ta`minoti plani, mehnat va kadrlar rejasi, kompleks harajatlari smetasi va boshqa rejali hisoblar asosida ishlab chiqiladi,
Ishlab chiqarish harajatlar smetasida ishlab chiqarish harajatlari quyidagi elementlar bo`yicha gruppalarga ajratiladi.

  1. Asosiy materiallar.

  2. Yordamchi materiallar.

  3. Yoqilg`i energiya.

  4. Ish haqi (asosiy va ko`shimcha)

  5. Sotsial straxga ajratma.

  6. Asosiy fondlar amortizatsiyasi.

  7. Bankga pul harajatlari.

Foyda va rentabellikni rejalashtirish. Korxona ishini xarakterlovchi muhim sifat ko`rsatkichlardan biri foyda va rentabellikdir.
Foyda – korxonaning hamma ishlab chiqarish xo`jalik faoliyati natijalarini umumlashtiruvchi ko`rsatkichdir.
Tovar mahsulotni sotishdan olingan foyda (F) realizatsiya qilinadigan tovar mahsulot korxona ulgurji baholarida boshlangan qiymatidan (TMulg) ish mahsulot to`la tannarxini (Tnt) ayirish yo`li bilan aniqlanadi
F = TMulg – Tnt.
Sanoat korxonalarining muhim moliyaviy ko`rsatkichlaridan biri rentabellikdir.
Ishlab chiqarishning rentabelligi korxona ishi samaradorligini tushuntiruvchi ko`rsatkichlardan biridir.
Korxona rentabellikni aniqlashda mahsulot rentabelligi va ishlab chiqarish rentabelligi qo`llaniladi.
Mahsulot rentabelligi (R) mahsulot realizatsiya qilishda olingan foyda summasining (F) uning tannarxiga (Tnt) nisbatan sifatida aniqlanadi.

Korxonalarda umumiy rentabellik va hisoblangan rentabellik ko`rsatkichlari aniqlanadi.
Korxona umumiy rentabelligi (Rum) balansdagi foyda (Fb) summasini asosiy ishlab chiqarish fondlari (Fas) normadagi oborot fondlarning (Fob.nor) qiymatiga bo`lish yo`li bilan aniqlanadi:

Hisoblangan rentabellik qo`rsatkichi (Rhis) kuyidagi formula bilan aniqlanadi.

Fhis – hisobdagi foyda.
Rentabellik darajasi ko`rsatkichi yuqori bo`lish korxona ixtiyoridagi asosiy va oborot fondlardan oqilona foydalanilayotganligini va korxona ma`lum miqdorda daromad olayotganligini ko`rsatadi. Olingan foyda summasining hajmi bog`liq ko`p bo`lsa, rentabellik darajasi ham shunga yuqori bo`ladi. Rentabellik darajasini ko`tarish uchun har bir korxona sotilgan mahsulot hajmini oshirishga mahsulot tannarxini kamaytirishga, ishlab chiqarishda yuqori sifat ko`rsatkichlarga erishishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish zarur.

Nazorat savollari.

  1. Tannarx, foyda va rentabellik rejasining tarkibi qaysi bo`limlardan iborat?

  2. Mahsulot tannarxi kal`kulyatsiyasi deganda. nimani tushunasiz?

  3. Kal`kulyatsiya moddalariga nimalar kiradi?

  4. Foyda deganda nimani tushunasiz?

  5. Mahsulot rentabelligi qanday aniqlanadi?

Download 30,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish