9- MAVZU: ANTARKTIDA
#1. Antarktida materigining o‘rtacha balandligi qanchani tashkil etadi?
A) 2400 m B) 2540 m
C) 2000 m +D) 2040 m
#2. Antarktida muzsiz zaminning cho'kmasi bo’yicha birinchi o'rinda turadi. Bu muz tog’idagi Bentli cho‘kmasidir. U dengiz sathidan necha metr pastda joylashgan?
+A) -2555 m B) -2040 m
C) -2540 m D) -2550 m
#3. Yer yuzasining «sovuqlik qutbi» (-89,2°C) qayerda joylashgan?
A) Amundsen-Skott stansiyasida
+B) Vostok stansiyasida
C) SANAE stansiyasida
D) Maytri stansiyasida
#4. «Antarktida» so’zi qanday ma’noni bildiradi?
+A) Arktikaning teskari tomoni B) Janubiy yer
C) Janubiy Arktika D) Muzli mamlakat
#5. Antartikaning umumiy maydoni qancha?
A) 14 mln km² B) 18 mln km²
C) 36,9 mln km² +D) 52,5 mln km²
#6. Antarktida materigiga nechta dengiz tutashib turadi?
A) 10 ta B) 11 ta +C) 12 ta D) 14 ta
#7. Antarktida materigi qachon rasman kashf etildi?
A) 1820-yil 14-dekabr B) 1821-yil 16-yanvar
C) 1821-yil 14-dekabr +D) 1820-yil 16-yanvar
#8. Antarktida materigini kashf etgan Bellinsgauzen va M.Lazarevlar qaysi davlat dengizchilari edi?
A) AQSH B) Buyuk Britaniya
+C) Rossiya D) Norvegiya
#9. Janubiy qutbga birinchi bo’lib (1911-yil 14-dekabr) qadam qo'ygan shaxs kim?
A) R.Skott +B) R.Amundsen
C) M.Lazarev D) F.Bellinsgauzen
#10. Janubiy qutbni zabt etgan norvegiyalik R.Amundsen va ingliz R.Skott sharafiga qo'yilgan Amundsen-Skott ilmiy stansiyasi qaysi davlatga qarashli?
A) Norvegiya B) Rossiya
+C) AQSH D) Buyuk Britaniya
#11. Antarktidani keng ko'lamda o’rganish qaysi voqea munosabati bilan boshlandi?
A) Birlashgan Millatlar Tashikoti tashkil etilgandan so’ng
B) Davlatlararo okeanografik komissiya xalqaro tashkiloti tashkil topgandan so’ng
+C) Xalqaro geofizik yil dasturi joriy etilgandan so’ng
D) 11 mamlakat o'rtasida «Antarktida to‘g‘risida shartnoma» qabul qilinganidan so’ng
#12. Nechanchi yilda 11 ta mamlakat o'rtasida «Antarktida to'g'risidagi shartnoma» imzolangan?
A) 1967-yil +B) 1959-yil
C) 1969-yil D) 1957-yil
#13. Ayni paytda nechta mamlakat olimlari Antarktida tabiatini o'rganishmoqda?
+A) 16 ta B) 12 ta C) 11 ta D) 14 ta
#14. Transantarktida tog’ tizmasi qaysi burmalanish davrida ko’tarilgan?
A) gersin B) mezozoy C) kaledon +D) alp
#15. Antarktida qadimgi geologik tarixining qaysi davrida issiq, mo'tadil iqlimlar va qalin daraxtlar o'sgan?
A) kembriy +B) toshko’mir C) devon D) ordovik
#16. Antarktidada muz bosishi bundan necha million yil avval boshlangan?
A) 320 mln B) 200 mln
C) 250 mln +D) 360 mln
#17. Antarktidagi hozirgi muzliklar necha million yil muqaddam hosil bo’lgan?
A) 30 mln B) 25 mln +C) 20 mln D) 10 mln
#18. Antarktida materigi zaminidan qaysi foydali qazilmalar topilgan?
A) neft, gaz, grafit, slyuda, tog’ xrustali
B) mis, qo'rg'oshin, oltin, uran. toshko’mir
C) toshko’mir, neft, slyuda, olmos, grafit
+D) mis, qo'rg'oshin, toshko’mir, olmos, uran
#19. Tog’larning muzlardan chiqib turgan cho’qqilari fanda qanday ataladi?
A) toroslar +B) nunutaklar C) aysberglar D) riflar
#20. Antarktidada yoz oylari deganda yilning qaysi davri tushuniladi?
A) aprel-sentyabr B) noyabr-aprel
+C) oktyabr-mart D) noyabr-mart
#21. Antarktida materigida qanday foydali qazilmalar borligidan dalolat beruvchi belgilar aniqlangan?
+A) neft, gaz, grafit, slyuda, tog' xrustali
B) mis, qo'rg'oshin, oltin, uran, toshko’mir
C) toshko’mir, neft, slyuda, olmos, grafit
D) mis, qo'rg'oshin, toshko’mir, olmos, uran
#22. Antarktida materigi o'rtacha balandligi bo'yicha nechanchi o'rinda turadi?
+A) birinchi B) ikkinchi C) uchinchi D) to'rtlamchi
#23. Antarktidada muz qoplamining o'rtacha va maksimal qalinligi qanchani tashkil etadi?
+A) o'rtacha 2000 m. maksimal 4500 m
B) o'rtacha 2040 m, maksimal 4000 m
C) o'rtacha 2500 m, maksimal 4000 m
D) o'rtacha 2000 m, maksimal 5000 m
#24. Antarktida materigi muz tagi relyefining deyarli necha foizi dengiz sathidan pastda joylashgan?
A) 80 % B) 35 % +C) 70 % D) 60 %
#25. Antarktidaning eng past nuqtasi - Bentli cho’kmasi (-2555 m) qaysi hududda joylashgan?
+A) Berd tekisligida B) Vinson massivida
C) Elsuert yerida D) Sovetskoye platosida
#26. Antarktida materigi muz tagi relyefining o'rtacha balandligi necha metr?
A) 100 m B) 120 m C) 150 m +D) 110 m
#27. Antarktida materigining eng baland nuqtasi- Elsuert tog’ining Vinson massividir. Uning balandligi necha metr?
A) 5410 m B) 3794 m +C) 5140 m D) 5440 m
#28. Antarktida materigining maydoni qancha?
+A) 14 mln km² B) 18 mln km²
C) 12 mln km² D) 52,5 mln km²
#29. Transantarktida zanjirli tizma tog'lari qaysi tog’ning bevosita davomi hisoblanadi?
A) Kordilyera B) Alp +C) And D) Qoyali tog'lar
#30. Antarktida materigida nechta harakatdagi vulqon bor?
A) 5 ta B) 2 ta C) 4 ta +D) 3 ta
#31. Erebus vulqonining balandligi necha metr?
A) 3295 m B) 3749 m +C) 3794 m D) 3895 m
#32. Nunutaklar nima?
A) Tog’laming baland cho'qqilari
+B) tog’laming muzlardan chiqib turgan cho’qqilari
C) o’simlik o'sadigan va hayvonlar yashaydigan sohilbo'yi zonasi
D) Antarktidaga tegishli bo’lgan orollar
#33. Quyidagi ilmiy stansiyalarning nechtasi Buyuk Britaniyaga tegishli?
1) Mouson; 2) Signyu; 3) Syova; 4) Xalli; 5) Palmer; 6) Keysi; 7) Rotera
A) 4 ta B) 2 ta +C) 3 ta D) 5 ta
#34. «Keysi» ilmiy stansiyasi qaysi mamlakatga tegishli?
A) AQSH B) Buyuk Britaniya
C) Hindiston +D) Avstraliya
#35. Antarktida materigining o'zida emas, unga yaqin joylashgan orollarda barpo etilgan ilmiy stansiyani toping.
A) Belgrano II B) Mak-Merdo
+C) Signyu D) Xalli
#36. Quyidagi ilmiy tadqiqot stansiyalaridan qaysi biri Hindistonga tegishli?
A) SANAE B) Palmer +C) Maytri D) Syova
#37. Janubiy magnit qutbi yaqinida joylashgan ilmiy stansiyani belgilang.
+A) Dyumon-d’Yurvil B) Keysi
C) Mak-Merdo D) Vostok
#38. «Shamollar oqimi» nomi bilan mashhur bo’lgan kuchli shamollarning xususiyati to'g'ri berilgan javobni toping.
A) 600 - 800 km kenglikdagi hududda esadi,
tezligi 30 - 35, ba'zan 100 m/s gacha yetadi
B) 400 - 600 km kenglikdagi hududda esadi,
tezligi 20 - 25, ba’zan 80 m/s gacha yetadi
+C) 600 - 800 km kenglikdagi hududda esadi,
tezligi 30 - 35, ba'zan 90 m/s gacha yetadi
D) 400 - 600 km kenglikdagi hududda esadi,
tezligi 20 - 25, ba'zan 90 m/s gacha yetadi
#39. Yer yuzining «sovuqlik qutbi» hisoblangan ilmiy stansiya qaysi davlatga tegishli?
A) Argentina B) Buyuk Britaniya C) AQSH +D) Rossiya
#40. Antarktidaning ba’zi joylarida bo'ronli kunlar necha kun davom etishi mumkin?
+A) 340 kun B) 320 kun C) 350 kun D) 300 kun
#41. Qish oylarida o'rtacha havo harorati necha gradusni tashkil qiladi?
+A) -60°C B) -50°C C) -40°C D) -70°C
#42. «Vostok» ilmiy stansiyasida havo harorati necha gradusga pasayganligi kuzatilgan?
A) -82,5°C B) -89,7°С C) -87,5°C +D) -89,2°C
#43. Yoz oylarida muz-qor quyosh energiyasining necha foizdan ko'prog'ini qaytaradi?
A) 70 % +B) 80 % C) 85 % D) 90 %
#44. Yoz oylarida Antarktida materigi ichkarisida havo harorati necha gradusdan yuqori ko'tarilmaydi?
+A) -36°C B) -32°C
C) -28°C D) -38°C
#45. Antarktida materigi markazida yog'in miqdori necha millimetrga teng?
A) 50-70 mm B) 80-100 mm
+C) 30-50 mm D) 20-40 mm
#46. Materikning sohilbo'yi zonasida yog‘in miqdori necha millimetrni tashkil etadi?
A) 500 – 600 mm +B) 600 - 700 mm
C) 700 - 800 mm D) 400 – 500 mm
#47. Antarktida hududida nechta iqlim mintaqasini ajratish mumkin?
A) 1 ta +B) 2 ta С) 3 ta D) 4 ta
#48. Materikda chuchuk suvlarning necha foiz zaxirasi muz holatida to’plangan?
A) 85 % B) 90 % C) 95 % +D) 80 %
#49. Kril bu -...
A) planktonlarning bir turi
+B) mayda baliqlar
C) yotqiziqlarda yashaydigan organizmlar
D) kichik pingvin turi
#50. Antarktidada pingvinlarning nechta turi tarqalgan?
A) 12 ta B) 15 ta +C) 17 ta D) 19 ta
#51. Bo'yi 1 m atrofida, og'irligi 50 kg gacha bo'lgan pingvin turining nomi nima?
A) adeli pingvin B) magellan pingvini
+C) imperator pingvini D) oklend pingvini
#52. Antarktida sohilida o'ldirilgan ko'k kitning uzunligi... metr, og'irligi... tonna, sof yog'i... tonna atrofida bo'lgan. Nuqtalar o'rnida ko'k kitning o'lchamlariga mos keluvchi javobni toping.
+A) 33, 160, 20 B) 30, 160, 20
C) 30, 150, 20 D) 33, 150, 20
#53. Nechanchi yildan boshlab ko'k kitlarni ovlash taqiqlangan?
A) 1959-yil +B) 1967-yil
C) 1962-yil D) 1965-yil
Do'stlaringiz bilan baham: |