Ikkitadan kam bo’lmagan evakuatsiya chiqish yo’llari bo’lishi kerak: bir vaqtni uzida 10 dan ortiq odamni bo’lishi mo’ljallangan Ф1.1. sinfga mansub xonalardan, smenada ishlovchilarni eng ko’p soni 5 kishidan ortiq bo’lgan A va Б toifadagi Ф5 sinfga mansub, В toifadagi xonadan: 25 kishidan ko’p yoki maydoni 1000 kv m ortiq xonadan; bir vaqtni o’zida 6 tadan 15 odam bo’lishiga mo’ljallangan yerto’la va sokol qavatdagi xonalardan bunda ikkitadan bita chiqish 5.20 «d» band talabiga binoan nazarda tutishga yo’l qo’yiladi; bir vaqtda 50 dan ortiq odam bo’lishiga mo’ljallangan xonalardan; jihozlarga xizmat ko’rsatish uchun mo’ljallangan Ф5 sinfiga mansub xonalardagi ochiq javonlar va maydonchalardan, bunda yarus pol maydoni -100 kv.m. dan ortiq bo’lganda- A va Б toifadagi xonalar uchun va 400 kv.m. ortiq bo’lganda -ikkala toifadagi xonalar uchun. Ikki qavatda joylashgan Ф1.3. sinfga mansub xonalar (xonadonlar), yuqori qavat 15 m dan baland joylashganda, har birqavatdan evakuatsiya chiqish joyiga ega bo’lishi lozim. Qavatlari kamida ikki evakuatsiya chiqish joylariga ega bo’lishi kerak: ШНК; 2.01.02-04ga muvofiq Ф1.1; Ф1.2; Ф2.1; Ф2.2; Ф3; Ф4. sinfga mansub binolar; qavatdagi kvartiralar umumiy maydonidan kelib chiqib Ф1.3. sinfga mansub binolar, seksiya turdagi binolar uchun seksiya qavatida -500 kv.m. dan ortiq bo’lsa; maydoni kam bo’lganda (qavatdan bita evakuatsiya chiqish yo’li bo’lganda) 15 metrdan ortiq, balandlikda joylashgan xar bir kvartira ШНК; 2.01.02-04 5.20-bandi bo’yicha evakuatsiya chiqish joyidan tashqari, avariya holati chiqish joyiga ega bo’lishi kerak; ШНК; 2.01.02-04ga muvofiq A va Б toifasi mavjud Ф5 sinfiga mansub binolar, bunda ishlovchilar soni eng ko’p smenada 5 tadan ortiq odamni tashqil qilsa, B toifada 25 ta odamni tashkil qilsa; Yerto’la va sokolqavatlari maydoni 300 kv. m. dan ortiq bo’lganda, yoki bir vaqtni o’zida 15 tadan ortiq odam mavjud bo’lishi uchun mo’ljallanganda 2 tadan kam bo’lmagan evakuatsiya chiqish yo’llariga ega bo’lishi kerak. ШНК; 2.01.02-04ning 2-jadvaliga asosan balandligi 15 metrdan ortiq bo’lmagan Ф1.2; Ф 3 va Ф4.3. sinfiga mansub va maydoni 300 kv.metrdan ortiq bo’lmagan, hamda odam soni 20 tadan ortiq bo’lmagan hamda zina katagiga chiquvchi 2-turdagi eshik bilan (2-chi jadval buyicha) jihozlagan bino qavatlaridan (yoki qavatning boshqa qismidan yong’ingaqarishi tusiq bilan ajratilgan qavat qismidan) bitta evakuatsiya chiqish yo’li o’rnatishga ruxsat beriladi.