9- ma’ruza. Mоdda va matеriallarning yonish-p


Mansabdor shaxslarning yong’in xavfsizligini ta’minlashdagi vazifalari



Download 2,01 Mb.
bet18/55
Sana25.06.2022
Hajmi2,01 Mb.
#704734
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   55
Bog'liq
9-MARUZA. MОDDA VA MATЕRIALLARNING YONISH-PОRTLASH ХAVFI TAVSIFI.

Mansabdor shaxslarning yong’in xavfsizligini ta’minlashdagi vazifalari:
Korxona va tashkilotdagi barcha muhandis texnik xodimlar, xizmatchilar va ishchilar tomonidan yong’in xavfsizligi qoidalarining o’rganilishi va bajarilishini tashkil qilish, korxona va tashkilotning yong’in xavfsizligini ta’minlash sohasidagi ishlarga umumiy rahbarlik qilish, korxona va tashkilotning yong’in xavfsizligini yaxshilashga yo’naltirilgan kompleks tadbirlarni ishlab chiqish va bajarishni amalga oshirishni ta’minlaydilar. Korxona va tashkilotning qat’iy va ta’sirli yong’inga qarshi rejimni o’rnatish va korxonalarda qurilish, modernizatsiya qilish va kundalik ekspluatatsiya davrida yong’in xavfsizligining me’yor va qoidalarining barcha buzilishlarini oldini olish, yong’inga qarshi yo’riqnoma va yong’in-texnik minimumi bo’yicha mashg’ulotlar o’tkazilishini tashkil etishni amalga oshiradilar.
Davlat yong’in nazoratining yozma ko’rsatmalari, takliflari, dalolatnomalarini va yuqori turuvchi tashkilotlarning, shuningdek boshqa nazorat organlarining yong’in xavfsizligini ta’minlashga yo’naltirilgan talablarini o’z vaqtida bajarilishini amalga oshirish bilan birga, korxona va tashkilotni ko’rgazmali targ’ibot materiallari, zarur bo’lgan yong’in o’chirish va aloqa vositalari, yong’inga qarshi suv ta’minoti, yong’in avtomatikasi tizimlari bilan ta’minlash va ularga o’z vaqtida texnik xizmat ko’rsatishni tashkil etishni ta’minlaydilar.
Yong’in o’chirish komandalarining yuz berishi mumkin bo’lgan yong’inlarni bartaraf etishda taktik harakatlarni muvaffaqiyatli bajarishi uchun zarur sharoitlarni ta’minlash, idoraviy qo’riqlash xizmatini yong’in o’chirish texnikalarini saqlash va xizmatdagilarni joylashtirish uchun xizmat xonalari bilan ta’minlash hamda ularga qo’riqlash xizmatini samarali olib borishlari uchun sharoitlar yaratishni, ishlab chiqarishning yong’in xavfini pasaytirish hamda yong’in ro’y berganda odamlar va moddiy boyliklarning xavfsizligini ta’minlashga yo’naltirilgan innovatsion texnik yechimlarni ishlab chiqish va joriy etishni ta’minlash, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 28 martdagi ““Yong’in xavfsizligi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi 89-sonli qaroriga muvofiq yong’in-texnik komissiyani va ko’ngilli yong’indan saqlash drujinalarini tashkil etilishi masalasini oldindan ko’rib chiqib ular faoliyatini tashkil etadilar.
Yong’in xavfsizligini oshirishga yo’naltirilgan yillik va istiqbolli dasturlarni ishlab chiqishni, shuningdek tasdiqlangan tadbirlarga kerakli mablag’larni ajratish orqali ularning bajarilishini ta’minlash, barcha muhandis-texnik xodimlar, ishchilar va xizmatchilar bilan yong’inga qarshi yo’riqnomalar (kirish, birlamchi, takroriy, maqsadli va rejadan tashqari) va yong’in-texnik minimumi bo’yicha mashg’ulotlar o’tkazilishi tartibini o’rnatish va o’tkazilishini tashkillashtirish, kamida 5 yilda bir marta muhandis-texnik xodimlarning (MTX) yong’in xavfsizligi sohasidagi malakalarini oshirishni ta’minlash, ishlab chiqarish, ma’muriy, omborxona, yordamchi va boshqa binolarda yong’inga qarshi qat’iy tartib o’rnatish (chekish uchun, ishlab chiqarish texnologiyasi bo’yicha talab etilgan elektr isitish asboblaridan foydalanish uchun joylarni aniqlash va jihozlash, xom ashyolar va tayyor mahsulotlarni bir vaqtda saqlash uchun joylarni va ularning ruxsat etiladigan miqdorni aniqlash, olovli ishlarni o’tkazishning aniq tartibini, ishlar tugaganidan keyin binolarni ko’zdan kechirish va yopish tartibini va shu kabilarni belgilash) va doimo unga barcha ishchilar va xizmat ko’rsatuvchi xodimlarning qattiq rioya etishlarini nazorat qilishni tekshirib uning ijrosini ta’minlaydilar.
Har bir ishlab chiqarish uchastkasi va binosi bo’yicha yong’in xavfsizligi uchun javobgar shaxslarni tayinlash, jihozlar, yong’inga qarshi suv ta’minoti, yong’inni aniqlash va o’chirish qurilmalari, shuningdek boshqa yong’in o’chirish vositalari va yong’in o’chirish texnikasining texnik holati, ta’mirlanishi va ulardan normal foydalanish ustidan doimiy nazoratni ta’minlash uchun sexlar o’rtasidagi xizmat ko’rsatish hududlarining chegaralarini belgilash. Ishlab chiqarish, yordamchi va omborxona binolarining kirish eshiklariga yong’inga qarshi holat uchun javobgar shaxsning F.I.SH., portlash-yong’in jihatidan xavfliligi bo’yicha toifasi, elektr qurilmalari tuzilish qoidalari (EQTQ) (ПУЭ) bo’yicha hududlarning sinflari ko’rsatilgan yozuvlar o’rnatilgan bo’lishi kerak;

  • ob’yektning yong’in xavfsizligi holatini, yong’inga qarshi kurashishning texnik vositalari mavjudligini va ularning ishga yaroqliligini, ob’yektlarning yong’indan saqlash xizmati hamda ko’ngilli yong’indan saqlash drujinalarining jangovarligini davriy ravishda tekshirish va ularning ishlarini yaxshilash uchun zarur choralarni ko’rish;

  • ob’yektning portlash-yonish xavfliligi toifasidan kelib chiqqan holda, korxonaning yong’inga qarshi holatini yaxshilash bo’yicha qilinadigan ishlar yuzasidan yong’in-texnik komissiya (YoTK) raisining fikrlarini davriy ravishda, ammo yiliga 2-4 martadan kam bo’lmagan holda eshitish;

  • jihozlarni ta’mirlash, rekonstruksiya qilish va qurilish-montaj ishlarini o’tkazishda payvandlash va boshqa yong’in jihatidan xavfli ishlarni tashkil qilish va olib borishning muayyan tartibni aniqlash;

  • ish kunining yakunida MTX tarkibiga kiruvchi javobgar shaxslar tomonidan yordamchi xonalarning yong’inga qarshi holati (ularni yopishdan oldin) ko’zdan kechirilishi va ko’zdan kechirish natijalarini tegishli tuzilmaviy bo’linmaning maxsus jurnaliga yozilishi tartibini aniqlash;


  • Download 2,01 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish