9--ma’ruza mashg’uloti mavzusi: Introduktsiya usullari. Mashg’ulot rejasi


Introduktsiya usullari; Ekointrodutsion, ekotarixiy va turkum kompleks usullari. Ularning nazariy va amaliy asoslari



Download 194 Kb.
bet7/7
Sana06.01.2022
Hajmi194 Kb.
#321834
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
9-mavzu. Introduktsiya usullari

3.Introduktsiya usullari; Ekointrodutsion, ekotarixiy va turkum kompleks usullari. Ularning nazariy va amaliy asoslari.

«Ekologiya» atamasini birinchi marta E. Gekkel 1866-yilda «Obshaya morfologiya organizraov» («Organizmlaming umumiy morfologiyasi») deb nomlangan asarida qo'llagan edi. U ekologiyani organizmlarning uni qurshab olgan tashqi muhitga bo'lgan munosabati to'g'risidagi fan sifatida ta'riflagan. Ekologiya fani grekcha «oikos», «oykos» so'zidan olingan bo'lib, «yashash muhiti», «yashash joyi» degan ma'noni bildiradi. Tirik organizmlarning atrof-muhitga munosabati qadim zamonlarda ham ma'lum bo'lgan. O'simliklarning yashash sharoitiga munosabati haqidagi ma'lumotlarni eramizgacha bo'lgan 372-378-yillarda Teofrast va yangi eraning 23-79-yillarida Katta Pliniy keltirib o'tgan edi. Teofrast Aleksandr Makedonskiy bilan birgalikdagi yurishlarida yiqqan materiallarini ishlab chiqib, Osiyo, Afrika va Yevropa o'simliklarini o'zaro taqqosladi, keyin o'simliklarning shakli va o'sishi iqlim, tuproq sharoitiga hamda o'stirish usullariga bog'liqligini qayd qilib o'tdi. Keyinchalik Albert ekologik masalalarga to'xtalib, o'simliklar qishki tinim davrining sabablari, ular oziqlanishi, tuproq sharoitiga, quyosh issiqligiga bo'liq holda o'sishi va ko'payishi to'g'risidagi fikrlarai bayon qildi. XVI-XVIII asrlarda o'sha davrning ko'zga ko'ringan botaniklari hisoblangan Chezalpino, Turnefor, Djon Rey, KXinney va boshqalarning ishlarida ekologiyaga doir ko'plab ma'lumotlarni uchratish mumkin. Akademik I.I.Lepexin (1740-1802) mo'tadil iqlim zonalari, tropik va cho'llar landshafti o'simliklarini ta'riflagan, o'simliklarning tarqalishi iqlimga bog'liqligini va baland tog' hamda tundra o'simliklarining o'xshashligini ko'rsatib o'tgan. Agronom A.G.Bolotov (1738-1833) mevali daraxtlarning urug' ko'chatiga ta'sir ko'rsatish usullarini ishlab chiqdi va o'simliklar hayotida mineral tuzlarning rolini ko'rsatdi.

XIX asrning boshlarida o'simliklarning tarqalishida iqlim omillariga (issiqlik, yog'ingarchilikka) asosiy e'tibor berilgan, lekin o'xshash bo'lgan alohida regionlarni o'rganishda edafik omil katta ahamiyatga ega bo'lgan. O'tgan asrning o'rtalarida o'simliklar hayotida tuproqning fizik xususuyatini yoki kimyoviy xususiyati ahamiyatga ega ekanligi haqida keng munozara boshlangan. Shunda ekologlar asta-sekin tuproqning sho'rlanishiga qor qatlamining qalinligi, doimiy muzliklar, tuproq aeratsiyasi, tuproq suvi kabi omiliarga e'tibor bera boshladilar. 1910-yilda Bryusselda III Xalqaro botanika kongressida ekologiya botanikaning mustaqil sohasi deb rasmiy ravishda e'lon qilingan bo'lsa-da, E. Varling o'simliklar ekologiyasining otasi hisoblanadi. U ayniqsa, o'simliklarning hayoti birgalikda (guruh-guruh bo'lib) o'tadi va ularning o'zi muhitga ta'sir ko'rsatadi deb ta'kidlaydi.

Hozirgi sharoitda ekologiya tabiatdagi boyliklardan ongli ravishda foydalanish, uni muhofaza qilish va ko'paytirish to'g'risidagi nazariy tushunchalarni berib qolmasdan, balki kelajakda tabiat bilan inson o'rtasidagi munosabat masalasini, kelajagini ko'rsatib beradi. Shunday qilib, o'simliklar muhit omillarining bir vaqtda ta'sir ko'rsatadigan murakkab komplekslari tufayli o'sadi va rivojlanadi. Abiotik tabiatning tirik bo'lmagan omillari - (iqlim, yorug'lik, issiqlik, namlik, havo, tuproq) tuproqning mexanik va fizik xossalari, ximizmi va tuproq mikrobiologiyasi, orografik (yonbag'irning dengizdan balandligi, qiyaligi ularning shakli va ekspozitsiyasi) omiliarga bo'linadi.

Biotik omillar - tirik organizmlarning o'zaro ta'siri.

Fitogen - o'simliklarning o'zaro bir-biriga bevosita ta'siri.

Zoogen - hayvonlarning, hasharotlarning, mikroorganizmlarning o'simliklarga ta'siri.

Antropogen omillar - insonlarning tabiatga ta'siri bo'lib, unga kishilarning o'simliklarga, o'simliklar qoplamiga va ular yashab turgan muhit sharoitiga turli shakldagi ta'sir omillari kiradi. O'simliklar bilan ularni qurshab olgan muhit o'rtasida doimiy ravishda moddalar va energiya almashinuvi boradi. Bulardan tashqari o'simliklar tanasining o'zida ham doimiy ravishda hujayralararb va o'simlikning organlari hamda qismlari o'rtasida o'zaro moddalar almashinuvi ro'y beradi.

O'simliklarning o'zi (birga o'sadigan o'simliklar guruhida) fotosintez jarayonida kislorod ajratishi, nafas olishda karbonat angidrid chiqarishi transpiratsiya jarayonida suv bug'lantirishi mumkin. Hayot faoliyati natijasida efir moylari va boshqa moddalar chiqishi o'zi tomonidan ajratilgan va tuproqda bo'lgan o'simlik qoldiqlarining chirishi natijasida tuproqni boyitib, atrof muhitga katta ta'sir ko'rsatadi.

Yer yuzidagi o'simliklar qoplamining bir butunli izdan chiqqan hollarda muhitga ta'sir qilingan o'zaro munosabat ham buziladi. Birga o'sadigan yashil o'simliklar dunyosi joyning suv rejimiga ta'sir ko'rsatadi, chunki, transpiratsi>a jarayoni va barglar sathidan suv bug'lanishi mazkur joydan sarflanayotgan suv miqdorini tartibga solish imkonini beradi, bunda bug'lantirilgan suvning ko'p qismi tezda sovub qoladi va kondensatlanadi. O'rmonda daraxtlarni yoppasiga kesish iqliraning va edafik sharoitning keskin o'zgarishiga sabab bo'ladi. Buloq va soylar yo'qolib ketadi. Daryolar sayozlashib havonng namligi pasayib ketadi. Cho'llarda chang-to'zon ko'tariladi va tuproq eroziyasi sodir bo'ladi.

Yorug'lik yashil avtotrof o'simliklar uchun eng muhim omil hisoblanadi, chunki bu omil o'simliklardan boradigan fotosintez jarayonida, ya'ni o'simliklarning o'sishi va rivojlanishi uchun zarur bo'lgan organik moddalar hosil bo'lishida ishtirok etadi.

Qishloq xo'jalik yoki o'rmon xo'jaligi xodimlarini o'simliklarda boradigan fotosintez jarayonining mahsuldorligi qiziqtiradi.

Yorug'likka bo'lgan talabiga qarab o'simliklar uch guruhga: a) yorug'sevar o'simliklar (gelofitlar), b) soyasevar yoki soyada o'suvchi o'simliklar (ssiofitlar), yorug'likka chidamli o'simliklar yoki yorug'lik kam tushadigan sharoitga moslasha oladigan o'simliklarga bo'linadi. Yorug'da o'sadigan o'simliklar bir gr bargi tarkibida 1,5 - 3 mg xlorofil bo'lgan.

Soyada o'sadigan o'simliklarning 1 gr bargi tarkibida 4-6 mg va hatto 7-8 mg xlorofil borligi tajribada aniqlangan. Suv bilan ta'minlanishiga yoki namlik sharoitiga moslashishiga ko'ra quyidagi ekologik guruhlarga bo'linadi:

  1. Gidatofitlar.

  2. Gidrofitlar.

  3. Gigrofitlar.

  4. Mezofitlar.

  5. Kserofitlar.

Gidatofitlar - hayoti doim suvda o'tuvchi o'simliklar bo'lib, ular asosan suvo'tlaridan iborat.

Gidrofitlar - tanasining bir qismi suvdan tashqarida, qolgan qismi suv qatlamida joylashgan bo'ladi. Bu guruhga suv nilufari, gichchak, skagittariya, suv ayiqtovoni, o'q barg va boshqa suvda o'suvchi gulli va sporali yuksak o'simliklar kiradi.

Gigrofitlar - sernam tuproqda va suv yetarli bo'ladigan muhitda yashovchi o'simliklar guruhidir. Ularni daryo va ko'l bo'ylaridagi botqoqliklarda va boshqa joylarda uchratish mumkin. Gigrofitlar o'rmonning sernam va soya joylarida va tog'li tumanlarda ham ko'p uchraydi. Ularga savag'ich, qamish, qiyoq, sholi, qo'g'a va boshqalar kiradi.

Mezofitlar - o'rtacha namlik sharoitida o'suvchi o'simliklar hisoblanib, bu ekologik guruhga ko'pchilik raadaniy va yowoyi o'simliklar kiradi. Mezofitlar ildiz tizimi yaxshi rivojlangan, barglari yirik, yassi, yumshoq, etsiz, to'qimalari o'rtacha rivojlangan bo'ladi.

Kserofitlar - qurg'oqchil sharoitda o'sishga moslashgan o'simliklardir. Ular odatda cho'l, chala cho'l va dasht zonalarida keng tarqalgan. Barcha kserofitlar sklerofitlar va sukkulentlar deb ataladigan guruhchalarga bo'linadi.

Sklerofitlar - qurg'oqchil sharoitda o'sishga moslashgan ko'p yillik, poyasi dag'al, barglari kuchli reduksiyalangan yoki tikanlarga, tangachalarga aylangan. Qalin kutikulali va yaxshi rivojlangan mexanik to'qimaga ega. Ularga saksovul yantoq, shuvoq, betaga, chalov va boshqalar kiradi. Markaziy Osiyoning qumli cho'llarida yashovchi sklerofitlar tanasidagi umumiy suv miqdorini 50 foizga kamaytirish mumkin. Hujayra shirasining osmotik bosimi ancha yuqori bo'ladi.

Sukkulentlar - tanasi sersuv, etli poyasi yoki bargida suvni zaxira holda to'playdigan ko'p yillik o'simliklardir. Poyasida suv saqlovchi turlarning barglari tikanlarga yoki tangachalarga aylangan. Bularga kaktus, qorasho'ra, ba'zi sutlamalar kiradi. Bargida suv saqlovchi turlarning (agava, aloe, semizak) poyalari kuchsiz rivojlangan.

Tajriba maydonining xo’jalik tarixini bilish bilan shu yer maydoni hakida to’liq ma’lumotga ega bo’lish mumkin emas,bu ma’lumotni to’ldirish uchun, ya’ni yer sharoiti, tuproq unumdorligini o’rganish uchun yuqorida aytilganidek rekognostsirovkalik tajriba o’tkazib ko’riladi.

Bunda yer maydoni mayda-mayda do’ngliklarga bo’linib hisob olib boriladi. Bunday ekin ekilgan maydonda yuqoriroq bo’lgan darajadagi agrotexnik tadbirlar o’tkaziladi. Bu usul bir necha yil takrorlanib yer maydonining unumdorligi bir sharoitga yaqinlashtiriladi.
4.Introdutsentlarni tashqi omillarga bo’lgan munosabatirini aniqlash.
O‘simliklarning foydali ekanligi ko‘p jihatdan ularning kimyoviy tarkibiga bog‘liq, dorivor o‘simliklarda esa biologik faol moddalar (BFM) kompleksi asosiy o‘rinni egallaydi. BFMni hosil bo‘lishi va to‘planishi dinamik jarayon bo‘lib, ontogenezda (yoki o‘simlikning o‘sish sikli) bilan belgilanadi hamda tashqi muhit omillariga (faktor) bog‘liq. Farmatsevtlar bu jarayonni bilishlari zarur, chunki BFM to‘planishi bilmiga asoslangan holda, dorivor o‘simlik mahsulotlarini sifatiga qo‘yilgan asosiy talablarga javob beruvchi dorivor o‘simlik mahsulotlarni yig‘ish, quritish va saqlash qoidalarini ishlab chiqiladi. YOvvoyi holda o‘suvchi dorivor o‘simliklarni (DO‘) ekologik o‘ziga xosligini bilish ham, zarur bo‘lib, bu bilimlarsiz (DO‘) larni madaniylashtirish mumkin emas.

O‘simliklarni tarkibidagi modda almashinuvi va tashqi sharoit o‘rtasida bog‘liqligi aniq. Bu joyda o‘simliklarni nafas olishi va fotosinteziga to‘xtalmaydi, chunki bu o‘simliklarni fiziologiyasi faniga tegishlidir. Bu uchun esa ikkilamchi metabolitlar hisoblangan (BFM) hosil bo‘lish yo‘lini bilish, aniqlash muhimdir.

Ekologik faktorlarni ko‘p qirrali va kompleks bo‘lishiga qaramasdan, qator hollarda o‘simlikni kimyoviy tarkibiga ta’sir qiluvchi asosiylarini aniqlanadi. Masalan, u yoki bu o‘simlik tarkibidagi ikkilamchi metabolitlarni tarkibi va miqdorini har xil geografik mintaqalardagilarni taqqoslab, geografik faktorlar to‘g‘g‘risida fikr yuritish mumkin, vaholanki bu faktor geografik kenglik, iqlim, erning mineral tarkibi, yorug‘lik sharoitlari bilan uzviy bog‘liq. Misol tarqasida O‘zbekistonda o‘smaydigan, Rossiyada keng tarqalgan, ilmiy tibbiyotda qo‘llaniladigan Botqoq ledumi o‘simligini keltiramiz (sababi, O‘zbekistonda shunday o‘rganilgan o‘simlik yo‘q).

Botqoq ledumi tarkibidagi efir moyini o‘rganishda, u o‘sadigan 3 ta geografik tuman (rayon)ga ajratildi: shimoliy, o‘rta va janubiy (jadval 4).

Jadvaldan ko‘rinib turibdiki botqoq ledumi barglaridagi efir moyi miqdoriga geografik faktor aniq ta’sir qiladi: efir moyi o‘rta rayonda o‘suvchi botqoq ledum tarkibida maksimal to‘planar ekan. SHu bilan parallel yorug‘lik va erning kislotali muhitini ham ta’siri o‘rganiladi. Kimyoviy tarkibini o‘zgaruvchanligi bunda murakkabroq ketishi aniqlandi. Demak turli rayonlarda o‘suvchi o‘simlikning optimal (mo‘‘tadil) efir moyini to‘planishiga o‘sadigan joyi va yorug‘lik sharoitlari ko‘p ta’sir o‘tkazar ekan. Masalan, janubda baland daraxtlar bor o‘rmonlarda, o‘rta rayonlar esa ochiq joylar, va shimoldagi o‘rmonlarda (yorug‘lik 30% tashkil qiladi). Bunday tekshirishlar, sifatli mahsulotni tayyorlash uchun katta hamiyatga ega. Tajribada Rossiyani shimoliy-g‘arbiy qismini ochiq yorug‘lik joylaridan botqoq ledumi bargini yig‘ish mumkin. Janubiyroq rayonlardan (soya joylarda) yig‘ilgan mahsulot tarkibida efir moyi kam saqlanishi aniqlandi. So‘ngi tundra o‘rmonlaridagi botqoq ledumi bargi tarkibidagi efir moyi juda kam (minimum)ligi aniqlandi.
Jadval 1

O‘simliklarni turli geografik (zonalarda) rayonlarda o‘suvchi botqoq ledumini tarkibidagi efir moylarini miqdori



O‘simliklarni zona va rayonlari

Efir moyi miqdori

Tundra o‘rmonlari

SHimoliy taygani ninabargli o‘rmonlari

O‘rta taygani o‘rmonlari

Janubiy taygani ninabargli o‘rmonlari

Kengbargli ninabargli tayga o‘rmonlari

Kengbargli o‘rmonlar

SHimoliy rayon (60o shimoliy kenglik)

O‘rta rayon (56o-60o shimoliy kenglik)

Janubiy rayon (56o dan janubdagi)


0,52

0,95


1,90

1,61


1,50

1,18


1,17

1,61


1,25

Ma’lumki ko‘plab dorivor o‘simliklardagi kimyoviy tarkib o‘zgaruvchanligi, bir arealni har xil joylarida ham kuzatiladi. U o‘simliklarni morfologik belgilarida farq sezilmaydi. Bunday hollarda “Xemoras” tushunchasi, ya’ni bir xil o‘simlikni, bir joyda guruh bo‘lib o‘sadiganlarini aniq areali bo‘lib, ularni kimyoviy tarkibi boshqacha bo‘lishi bilan farqlanadi. Bir areal ichida o‘suvchi botqoq ledumini 3 ta xemorasga (1,2,3) bo‘linishi mumkin, ular bir-biridan efir moyini miqdori va undagi ledolni miqdori bo‘yicha farq qiladi (jadval 5).

Jadvaldagi 1 chi va 2 chi xemoraslarda efir moyni ko‘pligi, ammo ledolni miqdori 2 chi xemorasda kamligi ko‘rinib turibdi. 3 chi xemorasda esa efir moyi ham ledolni miqdori ham kamligi aniqlandi.

Ayrim hollarda nisbatan katta bo‘lmagan hududlarda (teritoriya) ham kimyoviy tarkibini o‘zgaruvchanligi kuzatiladi, masalan, yassi bargli senetsio (Senecio platiphylloides). Bu tur asosan Kavkazda tarqalgan bo‘lib Kavkaz orti mintaqasida ma’lum bir o‘ramlarda (orol kabi) uchraydi. Ushbu o‘simlik tarkibida alkaloid saqlovchilardan bo‘lib, platifillin, senetsifillin va sarratsin saqlaydi. Bunda o‘simlikning ayrim guruhlarini g‘arbiy uchastkalaridagisi tarkibida ko‘p miqdorda sarratsin saqlaydi va platifillin, senetsifillin saqlamaydi (rasm 1).

Bu guruh o‘simliklarni alohida kimyoviy boshqa bir turga ajratilgan chemovar Sarracinifera. Boshqa o‘simliklar esa sarratsin saqlamaydi.

Geografik omil (faktor) Bupleurum multinerue o‘simligi flavonoidlar tarkibiga ta’sir qiladi. Tabiiy sharoitda ushbu o‘simlik Sibirni janubida (Oltoy) o‘sadi, va Ukrainada esa o‘ram – o‘ram (orol) holida uchastkalar hosil qiladi. Oltoyda va Ukrainada o‘sadigan o‘simliklar tarkibidagi flavonoidlarni qiyosiy o‘rganilganda (taqqoslanganda), Oltoyni janubiy-sharqida o‘sadiganlari tarkibidagi flavonoidlar miqdori, Ukrainadagilardan Novosibirskiyda o‘sadiganlaridan, hamda Moskva viloyatida ekiladiganlaridan ham 2-5 barobar ko‘p saqlashi aniqlandi. Undan tashqari Ukrainada o‘sadiganlari Oltoydagilardan sifat jihatdan ham farq qilishi, tarkibida qo‘shimcha kversetin va izoramnetinlarni hosilalari ham saqlanishi aniqlandi.

Malina (Rubus idaeus) mevasini kimyoviy tarkibini turli ekologik zonalardan yig‘ib o‘rganilganda kalsiy, fosfor va sink elementlarini malina mevalarida va erda bo‘lishi ijobiy ta’sir etar ekan. SHunda malina mevasida ular ta’sirida fruktoza ko‘p bo‘lar ekan.

Dorivor o‘simliklar ekologiyasini bilish ularni tabiiy zahiralaridan oqilona, samarali foydalanishidan tashqari ularni madanaiylashtirilgan holda ekib hosil olishda ham katta ahamiyatga ega. Misol uchun alkaloid saqlovchi sariq glatsium (Glaucium falvum) o‘simligini keltirish mumkin. Bu o‘simlik O‘rta er dengizini qirg‘oqlari, Qrimda, Kavkazni Qora dengiz bo‘ylariga yaqin joylarda tarqalgan. Sariq glatsium taglaridan suv bemalol silijb oqadigan, dengizni qumloq qirg‘oqlarida, hamda toshloq tog‘ yon bag‘irlarida o‘sadi. Tabiiy sharoitda ko‘p, katta maydonlarni tashkil qilmaydi. SHuning uchun uni madaniylashtirib Krasnodar o‘lkasida ekiladi. Sariq glatsium o‘simligini asosiy alkaloidi-glautsindir. Kavkaz va Qrimdan yig‘ilgan o‘simliklarni tahlil qilinganda, Qrimni quruqroq joylarida o‘stirilgan o‘simliklarda glautsin alkaloidi kavkazdagilardan ko‘ra ko‘p saqlashi aniqlandi. Demak Qrimdan yig‘ilgan o‘simlikni quruqroq sharoitda o‘stirish (madaniylashtirish) maqsadga muvofiq bo‘ladi.

SHunday misollar ham borki geografik muhit kimyoviy o‘zgaruvchanligiga ta’sir qilmaydi. Masalan oddiy bo‘ymadaron o‘simligi Rossiyani 33 mintaqasidan yig‘ib tekshirilganda tarkibidagi proxamazulenlar suv bug‘i yordamida haydalganda xamazulenga aylanadi, ammo uning miqdori 0 dan 170 mg/100g gacha miqdori turlicha bo‘lishi aniqlandi. Bunda o‘simlik morfologik belgilari bo‘yicha bir-biridan farq qilmasligi ham ma’lum bo‘ldi.

SHoxkuya zamburug‘ini alkaloid tarkibi o‘rganilganda geografik muhitni sezilarli ta’siri borligi aniqlanmadi. Ammo zamburug‘ni javdar (roj)da parazit holida tarqalganda ko‘proq ergotamin alkaloidi to‘planishi boshqa donli o‘simliklardagisi esa ergokristin alkaloidini to‘planishi ma’lum bo‘ldi. SHu bilan birga shoxkuyani alkaloidlar saqlaymaydigan xillari (rasa) ham bor bo‘lib, aralash, kengbargli o‘rmonlarda, Sibir, Uzoq SHarqdagi shoxkuyani alkaloid saqlaydiganlari 60-80%ni tashkil qilishi, janubiy mintaqalarda (Rossiya) va Qozog‘istonda alkaloid saqlovchi shoxkuya guruhlari ko‘pchilikni tashkil qiladi.

Turli geografik zonalarda o‘suvchi ayrim o‘simliklarda kimyoviy tarkibi bir-biriga yaqin kimyoviy moddalar ham bo‘ladi. Masalan dorivor valeriana o‘simligini VILRda etishtirilganda ildizpoya va ildizidagi biofaol moddalar bir xilligi aniqlandi. YAna shuni ham aniqlandiki efir moyi ildiz tarkibida ildizpoyadan ko‘p saqlaydi, valepotriatlar (iridoidlar) esa ildizpoyada deyarli 2 barobar ildizdan ko‘p saqlaydi. Bu ma’lumotlar mahsulotni tahlilida o‘rtacha namuna olishda katta ahamiyatga ega bo‘ladi. YAna shuni ham aniqlanganki valeriana o‘simligini klimandjarada o‘sadigan turini er ostki va ustki qismida valepotriatlar borligi, hatto ildizpoyadan ko‘ra bargida ko‘pligi aniqlangan.

Ko‘pchilik biologik faol moddalar, alkaloidlar, flavonoidlar va boshqalar hujayra shirasida erigan holda bo‘ladi, shuning uchun ularga tashqi muhit ta’sirini o‘rganish uchun o‘simlikning shu qismidan o‘sha moddalarni ajratib olinadi. Ammo shunday birikmalar ham borki, masalan mono- va seskviterpenlar bo‘lib, ular efir moylari tarkibida saqlanadi va efir moyli bezlarda to‘planadi. Ekologik sharoitlar o‘simlik organlaridagi bezlarni ko‘p yoki kam bo‘lishiga ta’sir ko‘rsatar ekan. Lavanda dorivor marmarak (Salvia officinalis) va oq yasnotka (Lamium album) o‘simliklaridagi bezlar, o‘simlikni dengiz sathidan qancha balandlikda o‘sishiga qarab soni ko‘p yoki kam bo‘lar ekan. Jadval 6 dan ko‘rinib turibdiki, o‘simlik dengiz sathidan balandlashgan sari bezlar soni oshib borar ekan. YAsnotkadoshlar (Lamiaceae) oilasiga mansub o‘simliklar ma’lumki ko‘pchiligi efir moyiga boy o‘simliklar hisoblanadi va ularni ko‘pchiligi quruq joylarda o‘sadiganlari bargni 1 xil qismi (edinitsa)dagi bezlari, etarli darajadagi namlik ko‘p joylarda o‘sadigan xillaridan ko‘p bezlar saqlashi ma’lum bo‘ldi.



XULOSA

Dorivor o’simliklar mamlakatimizning hamma hududlarida (sug`oriladigan,


lalmi) ekiladi. Shu tufayli, bu o’simliklar ustida dala, ishlab chiqarish tajribalari
qo’yish, tuproq, o’simlik namunalari olish tartiblari, ziroatlarni parvarishlash
agrotadbirlari tizimi - (ekish muddatlari, urug` sarfi, ko’chat qalinligi, suv-oziqa
(NPK) me`yorlari, sug`orish tartibi, sup qaysi muddatda berilishi, o’simlikning
o’sishi, rivojlanishi fenologik kuzatuv, fazalarining o’tish jadalligi, unib chiqishi,
tuplashi, naychalash, boshoqlash, gullash, sut pishish, mum pishish, to’liq pishishi)
bo’yicha ilmiy tadqiqotlar olib borishni taqozo etadi.
NAZORAT SAVOLLARI:

1.Introduktsiya moxiyati nima?.

2.Introduktsiyada ilmiy tadqiqot ishlari qanday turlarini bilasiz?

3. Fenologik kuzatuvlar qanday o’simliklarda o’tkaziladi?



4. Fenologik kuzatuvlarda qanday belgilar o’rganiladi
Download 194 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish