84
3-Laboratoriya ishi.
Mavzu: «Nafas olishda ko‘krak qafasining
harakatini kuzatish”. “Nafas bilan
chiqadigan havodagi karbonat angidridni
aniqlash»
Ishning maqsadi:
Nafas olish harakatlarini hisoblashni
o‘rganish. Sifat reaksiyasi yordamida nafas chiqarish
vaqtida ajralgan karbonat angidrid
miqdorini aniqlashni
o‘rganish. Sifat reaksiyasi yordamida karbonat ioni
mavjudligini aniqlashni o‘rganish.
Kerakli jihozlar:
Sekundomerli soat, o‘lchov tasmasi, probirka, ohakli va
distillangan suv, naycha, shtativ.
Texnika xavfsizligi:
Laboratoriya ishini bajarishda ketma-ketlikga e’tibor bering va tinchlikni saqlang.
Ishni bajarish tartibi:
1-Ish.
Nafas olishda ko‘krak qafasining harakatini kuzatish.
1. O‘quvchi kiyimining beldan yuqorisini yechadi va stulga o‘tiradi.
2. Tinch nafas olayotgan o‘quvchining ko‘krak qafasi va qornining holati, bir daqiqada nafas olish
soni aniqlanadi.
3. O‘quvchi o‘rnidan turib, tinch holatda nafas olganida va nafas chiqarganida uning ko‘krak
qafasining aylanasi orqa (kurakning ostidan) va oldingi (ko‘krak bezi usti) tomonidan o‘lchanadi.
4. O‘quvchi chuqur nafas olganida va chuqur nafas chiqarganida ko‘krak
qafasining aylanasi
o‘lchanadi.
5. Tinch nafas olganida va nafas chiqarganida, chuqur nafas olganida va nafas chiqarganida
ko‘krak qafasining aylanasi o‘rtasidagi farqni aniqlang va 1-jadvalga yozing.
1-jadval.
1 daqiqada tinch
holatda nafas olish
soni
Tinch nafas olganda
va nafas chiqarganda
ko‘krak qafasining
aylanasi
Chuqur nafas
olganda va nafas
chiqarganda ko‘krak
qafasining aylanasi
Tinch nafas
olganda va nafas
chiqarganda, chuqur
nafas olganda va
nafas chiqarganda
ko‘krak qafasining
aylanasi o‘rtasidagi
farq
Video va boshqa
materiallar
8-sinf 3-Laboratoriya ishi.
85
2-Ish.
Nafas bilan chiqadigan havodagi karbonat angidridni aniqlash.
1. Bitta probirkaga 4-5 ml distillangan suv, ikkinchisiga ohakli suv soling. Har
ikkala probirkani
shtativga joylashtiring.
2. Chuqur nafas olgandan so‘ng distillangan va ohakli suv solingan probirkalarga navbat bilan
puflang.
3.
Chuqur nafas olishni va puflashni 8-10 marta takrorlang.
4. Probirkadagi ohakli suvning rangi loyqalanib qolishi, distillangan suv solingan probirkada esa
hech qanday o‘zgarish bo‘lmasligi lozim.
5. Ohakli suv rangining o‘zgarishi o‘pkadan chiqayotgan havo tarkibidagi karbonat adgidrid (
СО
2
)
ning ohakli suv
tarkibidagi kalsiy ishqori
Са(ОН)
2
bilan reaksiyaga kirishib ohaktosh
СаСО
3
hosil qilgani bilan tushuntiriladi.
Xulosa:
Nafas olish – fiziologik jarayonlar yig‘indisi bo‘lib, to‘qima va hujayralarga doimiy ravishda kislorod
yetkazib beradi. Kislorod oksidlanish jarayonida ishtirok etib energiya hosil qiladi. Metabolizm
natijasida ajralgan karbonat angidrid va suv nafas olish organlari orqali tashqariga chiqarib
yuboriladi. Biz nafas olayotgan atmosfera havosi ko‘p
miqdorda kislorodga, kam miqdorda
karbonat angidridga ega. Nafas chiqarayotgan havo tarkibida aksincha kislorod kam, karbonat
angidrid ko‘p bo‘ladi. Alveolyar havodagi kislorod miqdori 14% ni tashkil qiladi.
Nazorat savollari:
1. Nafas olish nima?
2. Nafas olish qanday jarayonlardan iborat?
3. Nafas olish va nafas chiqarish qanday sodir bo‘ladi?
4. Nafas olish jarayonini boshqarish markazi qayerda joylashgan?
5. Nafas olish va nafas chiqarishdagi havo tarkibi qanday farqlanadi?
6. Tashqi muhit va o‘pka o‘rtasida gazlar almashinuvi qanday sodir bo‘ladi?
7. O‘pka alveolalari va to‘qimalar o‘rtasida gazlar almashinuvi qanday sodir bo‘ladi?
8. Nima uchun ohakli suv rangi loyqalandi?
1-rasm. Karbonat
angidridni aniqlash
uchun sifat reaksiyasi.
Distillangan suv - Nafas
chiqarishda karbonad
angidrid (СО
2
) ning
ohakli suv tarkibidagi
kalsiy ishqori Са(ОН)
2
bilan reaksiyaga kirishib
ohaktosh СаСО
3
hosil
qilishi.
8-sinf 3-Laboratoriya ishi.